Unib-ösib kelayotgan yoş avlodning iste’dodini har tomonlama kamol toptiriş va madaniy saviyasini yuksaltiriş, yoşlarimizning milliy va jahon musiqalari, tasviriy san’atining yuksak namunalaridan keng bahramand bölişi uçun zarur şaroitlar yaratiş, boşlanğiç musiqiy ta’lim tizimini tubdan takomillaştiriş, bolalar musiqa va san’at maktablarini rivojlantiriş hamda zamonaviy moddiy-texnik bazasini şakllantiriş, ularni musiqiy madaniyat va san’at sohasidagi yuqori malakali pedagog kadrlar va mutaxassislar bilan ta’minlaş maqsadida:
1. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
boşlanğiç musiqiy ta’limni taşkil etiş va uning rivojlanişini ta’minlaş, uşbu yönaliş böyiça mutaxassislar hamda pedagoglarning mahorati va malaka darajasini oşiriş;
bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim tizimini takomillaştiriş, ösib kelayotgan yoş avlodning madaniy saviyasini yuksaltiriş, ular orasida iste’dodlarni har tomonlama rivojlantiriş, yoşlarning milliy va jahon san’atining yuksak namunalaridan keng bahramand bölişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş;
R. Glier nomidagi va V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslaştirilgan musiqa akademik litseylarining moddiy-texnik hamda umumta’lim öquv bazasini rivojlantiriş va mustahkamlaşni, ularning samarali faoliyat körsatişi uçun zarur şaroitlar yaratilişini ta’minlaş.
R. Glier nomidagi va V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslaştirilgan musiqa akademik litseylarining kasbiy yönalişiga oid faoliyatini öquv-metodik jihatdan ta’minlaş vazifasi Özbekiston davlat konservatoriyasi zimmasiga yuklanişi belgilab qöyilsin.
2. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 7-yanvardagi F-2908-sonli farmoyişiga binoan tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan işlab çiqilgan Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va ularning faoliyatini yanada yaxşilaş böyiça 2009—2014-yillarga möljallangan, quyidagi masalalarni öz içiga olgan Davlat dasturi (keyingi örinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) tasdiqlansin:
2009—2014-yillarda bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, ularning faoliyatini yanada yaxşilaş tadbirlari 1-ilovaga muvofiq;
2009—2014-yillarda yangitdan quriladigan hamda kapital rekonstruksiya qilinadigan bolalar musiqa va san’at maktablarining asosiy parametrlari 2 va 3-ilovalarga* muvofiq.
Özbekiston Respublikasi “Davarxitektquriliş” qömitasi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bolalar musiqa ta’limi sohasidagi mutaxassis va pedagoglarni jalb etgan holda, bolalar musiqa va san’at maktablarining 1-tipi uçun 200 öquvçiga va 2-tipi uçun 150 öquvçiga möljallangan ikkita namunaviy loyiha işlab çiqilgani ma’lumot uçun qabul qilinsin.
Bolalar musiqa va san’at maktablarini kapital rekonstruksiya qiliş Özbekiston Respublikasi “Davarxitektquriliş” qömitasi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan 1-va 2-tipdagi namunaviy loyihalarga qat’iy muvofiq ravişda amalga oşirilişi lozimligi belgilab qöyilsin.
3. Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari:
uşbu qarorga binoan tasdiqlangan Davlat dasturida nazarda tutilgan çora-tadbirlar belgilangan muddatlarda samarali va sifatli bajarilişini ta’minlasin;
har yili Investitsiya dasturi loyihasini va qurilişlarning manzilli röyxatlarini şakllantirişida bolalar musiqa va san’at maktablarining aniq soni va röyxatini körsatgan holda, ularning yangilarini quriş va kapital rekonstruksiya qiliş, zarur asboblar, uskunalar va inventarlar bilan jihozlaş böyiça işlarni moliyalaştiriş hajmlarini belgilasin;
2009-2010-yillarga möljallangan Investitsiya dasturi loyihasi va Davlat budjeti parametrlarini şakllantirişda R. Glier nomidagi va V. Uspenskiy nomidagi akademik litseylarni kengaytiriş va rekonstruksiya qiliş uçun zarur budjet mablağlari, şuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş uçun mablağlarni nazarda tutsin.
4. Bolalar musiqa va san’at maktablarini yangitdan quriş uçun maydonlarni tanlaşda tasdiqlangan normativ va parametrlarga muvofiq ularning, qoida tariqasida, albatta respublika tuman va şaharlarining turar-joy massivlarida joylaştirilişi hisobga olinsin.
5. Quyidagilar belgilansin:
bolalar musiqa va san’at maktablarini quriş va kapital rekonstruksiya qiliş böyiça buyurtmaçi vazifasi Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi va uning joylardagi tuzilmalari zimmasiga yuklatiladi;
mahalliy şart-şaroitlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan namunaviy loyihalar va loyihaga tegişli qarorlardan har qanday çetga çiqişlarga faqat boş loyiha instituti bilan kelişilgan va Özbekiston Respublikasi “Davarxitektquriliş” qömitasi tomonidan tasdiqlangan taqdirdagina yöl qöyiladi;
yangitdan qurilgan hamda kapital rekonstruksiya qilingan bolalar musiqa va san’at maktablari obyektlarini foydalanişga qabul qiliş 4-ilovaga muvofiq tarkibdagi Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan sifat standartlari va namunaviy loyihalarga qat’iy muvofiq ravişda amalga oşiriladi;
bolalar musiqa va san’at maktablarining samarali faoliyat körsatişi, ularning har tomonlama töliq işlaşini ta’minlaş hamda malakali pedagog kadrlar bilan töldiriş mas’uliyati Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
6. Quyidagilar:
moliyalaştiriş manbalaridan qat’i nazar, namunaviy loyihalarga asoslanmagan hamda tasdiqlangan quriliş normalari va standartlariga mos kelmaydigan yangi bolalar musiqa va san’at maktablari quriş va ularni kapital rekonstruksiya qiliş;
yangitdan quriladigan va kapital rekonstruksiya qilinadigan bolalar musiqa va san’at maktablarida tiklaş işlarini amalga oşirişda 2 va 3-ilovalarda körsatilgan parametrlarga qattiq rioya qilinsin va ularni bir toifadan boşqa toifaga ötkaziş qat’iyan taqiqlansin.
7. Özbekiston Respublikasi “Davarxitektquriliş” qömitasi Xalq ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi bilan birgalikda:
bolalar musiqa va san’at maktablarini quriş va kapital rekonstruksiya qiliş uçun tasdiqlangan namunaviy loyihalar böyiça işlarni batamom tugatib topşiriş şarti bilan tanlov pudrat tender savdolarini ötkaziş öz vaqtida va aniq taşkil qilinişini ta’minlasin;
buyurtmaçi va pudratçi örtasidagi şartnoma majburiyatlari bajarilişi ustidan, jumladan, tasdiqlangan namunaviy loyihalarga, quriliş normalari va qoidalariga muvofiq bajarilgan loyiha va quriliş işlarining sifatiga qat’iy rioya etilişi ustidan qattiq monitoring örnatsin.
8. Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi, “Davarxitektquriliş” qömitasi rahbarlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari zimmasiga:
bolalar musiqa va san’at maktablari obyektlarini quriş hamda kapital rekonstruksiya qiliş manzilli dasturiga kiritilgan obyektlar böyiça tanlov pudrat tender savdolari öz vaqtida ötkazilişi;
bolalar musiqa va san’at maktablari obyektlaridagi quriliş-montaj işlarini amalga oşirişda namunaviy loyihalarga, şuningdek, tasdiqlangan quriliş norma va qoidalariga qat’iy rioya etilişi böyiça şaxsiy mas’uliyat yuklansin.
9. Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan Davlat dasturiga kiritilgan bolalar musiqa va san’at maktablarini rivojlantiriş va moddiy-texnik bazasini yaxşilaş, şu jumladan, ularni jihozlaş uçun imtiyozli şartlar asosidagi xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etiş borasidagi işlarni faollaştirsin.
10. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan röyxat böyiça Davlat dasturi doirasida bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş uçun olib kelinadigan musiqa asboblari va maxsus uskunalar 2015-yil 1-yanvargaça bölgan muddatda bojxona tölovlaridan ozod qilinsin (bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlari bundan mustasno).
11. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 7-yanvardagi F-2908-sonli farmoyişi asosida tuzilgan Respublika komissiyasiga Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan yangitdan quriladigan hamda kapital rekonstruksiya qilinadigan bolalar musiqa va san’at maktablarining har yili tasdiqlanadigan manzilli röyxatiga tasdiqlangan umumiy parametrlar doirasida özgartirişlar kiritiş huquqi berilsin.
13. Respublika komissiyasi (Ş.M. Mirziyoyev):
bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va ularning faoliyatini yanada yaxşilaş böyiça 2009—2014-yillarga möljallangan Davlat dasturining amalga oşirilişi ustidan tizimli monitoring olib borsin;
har yili yarim yil va kalendar yili yakunlari böyiça Vazirlar Mahkamasining majlislarida tasdiqlangan Davlat dasturini amalga oşiriş natijalarini muhokama qilib borsin.
14. Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi boşqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu qarordan kelib çiqadigan özgartiş va qöşimçalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Ş.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.