Özbekiston Respublikasi davlat ramzlari

Özbekiston Respublikasi davlat bayroği

“Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği töğrisida”gi qonun 1991-yil 18-noyabrda Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining navbatdan taşqari ötkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxşilikni, donişmandlikni, halollikni, şon-şuhrat va sadoqatni bildiradi.

Bayroqdagi oq rang–muqaddas tinçlik ramzi bölib, u kun çaroğonligi va koinot yoritqiçlari bilan uyğunlaşib ketadi. Oq rang – poklik, beğuborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, içki gözallikka intilişning timsoli.

Yaşil rang – tabiatning yangilaniş ramzi. U köpgina xalqlarda navqironlik, umid va şodumonlik timsoli hisoblanadi.

Qizil çiziqlar – vujudimizda jöşib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

Oq rangdagi navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan boğliq. Ayni paytda u qölga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.

Davlat bayroğimizdagi oq rangdagi ön ikki yulduz tasvirini özbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, öz tuproğida saodatga intilişi ramzi sifatida tuşuniş lozim.

Özbekiston Respublikasi davlat gerbi

“Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi töğrisida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining X sessiyasida qabul qilingan.

Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi körinişga ega: toğlar, daryolar va söl tomoni buğdoy boşoqlaridan, öng tomoni esa çanoqlari oçilgan ğöza şoxlaridan iborat çambarga öralgan gullagan vodiy uzra quyoş zarrin nurlarini soçib turadi.

Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburçak tasvirlangan bölib, uning içki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi - qanotlarini yozgan Humo quşi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğini ifoda etuvçi çambar lentasining bantida “Özbekiston” deb yozib qöyilgan.

Özbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli körinişida: Humo quşi va daryolar - kumuş rangida; quyoş, boşoqlar, paxta çanoqlari va “Özbekiston” yozuvi - oltin rangida; ğöza şoxlari va barglari, toğlar vavodiy - yaşil rangda; çanoqlardagi paxta - oq rangda; lenta - Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining ranglarini aks ettiruvçi uç xil rangda; sakkiz- burçak - oltin zarhal bilan hoşiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangda tasvirlangan.

Özbekiston Respublikasi davlat madhiyasi

Abdulla Oripov sözi .......................................... Mutal Burhonov musiqasi

Serquyoş hur ölkam, elga baxt, najot,
Sen özing döstlarga yöldoş, mehribon!
Yaşnagay to abad ilmu fan, ijod,
Şuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon Özbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Uluğ xalq qudrati jöş urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bağri keng özbekning öçmas iymoni,
Erkin, yoş avlodlar senga zör qanot!
Istiqlol maş’ali tinçlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu böl obod!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon Özbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Uluğ xalq qudrati jöş urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!