Beşinçi bölim. Davlat hokimiyatining taşkil etilişi
XVIII bob. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
91-modda.
Özbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bölib, qonun çiqaruvçi hokimiyatni amalga oşiradi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunçilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senati vakolat muddati — beş yil.
92-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bölib, Senat a’zolaridan (senatorlardan) iborat.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar, tumanlar va şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegişli qöşma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yaşirin ovoz beriş yöli bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan teng miqdorda — tört kişidan saylanadi. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining töqqiz nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, işlab çiqariş sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boşqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bölgan hamda alohida xizmat körsatgan eng obröli fuqarolar orasidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Saylov kuni yigirma beş yoşga tölgan hamda kamida beş yil Özbekiston Respublikasi hududida muqim yaşayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputati, şuningdek Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi bölişi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qöyiladigan talablar qonun bilan belgilanadi.
Ayni bir şaxs bir paytning özida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputati va Senati a’zosi bölişi mumkin emas.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining deputati bir vaqtning özida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining, viloyatlar, tumanlar, şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bölişi mumkin emas.
93-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qiliş, unga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş;
2) Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qiliş, ularga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş;
3) xalqaro şartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qiliş;
4) Özbekiston Respublikasining referendumini ötkaziş töğrisida va uni ötkaziş sanasini tayinlaş haqida qaror qabul qiliş;
5) Özbekiston Respublikasi içki va taşqi siyosatining asosiy yönalişlarini belgilaş hamda davlat strategik dasturlarini qabul qiliş;
6) Özbekiston Respublikasi qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilaş;
7) Özbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qiliş va ularning Özbekiston Respublikasi tarkibidan çiqişi haqidagi qarorlarni tasdiqlaş;
8) bojxona, valyuta va kredit işlarini qonun yöli bilan tartibga soliş;
9) Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qiliş, unga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş;
10) Özbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilaş;
11) soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni joriy qiliş;
12) Özbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilişi masalalarini qonun yöli bilan tartibga soliş, çegaralarini özgartiriş;
13) tumanlar, şaharlar, viloyatlarni taşkil etiş, tugatiş, ularning nomini hamda çegaralarini özgartiriş;
14) davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etiş;
15) Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuziş;
16) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakilini va uning örinbosarini saylaş;
17) Özbekiston Respublikasi Prezidentining Özbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qiliş yuzasidan tuzilgan şartnoma majburiyatlarini bajariş zaruriyati tuğilganda uruş holati e’lon qiliş töğrisidagi farmonini tasdiqlaş;
18) Özbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qiliş, favqulodda holat joriy etiş, uning amal qilişini uzaytiriş yoki tugatiş töğrisidagi farmonlarini tasdiqlaş;
19) Özbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisidagi har yilgi milliy ma’ruzani eşitiş;
20) parlament tekşiruvini ötkaziş;
21) uşbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiriş.
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval Özbekiston Respubli
94-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi mutlaq vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijro etilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş;
2) Özbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini körib çiqiş;
3) Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri nomzodini körib çiqiş va ma’qullaş;
4) Özbekiston Respublikasi Boş vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirişning dolzarb masalalari yuzasidan, şuningdek Vazirlar Mahkamasi a’zolarining öz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eşitiş;
5) Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni körib çiqiş va ma’qullaş;
6) Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari böyiça har yilgi ma’ruzasini eşitiş;
7) davlat organlarining mansabdor şaxslariga parlament sörovini yuboriş va parlament nazoratining boşqa şakllarini amalga oşiriş;
8) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi Spikeri va uning örinbosarlarini, qömitalarning raislari va ularning örinbosarlarini saylaş;
9) Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etiş töğrisidagi masalalarni hal etiş;
10) öz faoliyatini taşkil etiş va palataning içki tartib-qoidalari bilan boğliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiliş;
11) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, şuningdek davlatning içki va taşqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiliş;
12) uşbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiriş.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi özini özi tarqatib yuboriş töğrisida deputatlar umumiy sonining kamida uçdan ikki qismidan iborat köpçilik ovozi bilan qaror qabul qilişi mumkin.
95-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini, Oliy sudini, Sudyalar oliy kengaşini, respublika korrupsiyaga qarşi kuraşiş organining rahbarini va respublika monopoliyaga qarşi organining rahbarini saylaş;
2) Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Boş prokurori va Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga nomzodlarni körib çiqiş hamda ma’qullaş;
3) Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taklif etilgan Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod yuzasidan maslahatlaşuvlar ötkaziş;
4) Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasining çet davlatlardagi va xalqaro taşkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boşqa vakolatxonalari rahbarlarini tayinlaş va ularni lavozimidan ozod etiş;
5) Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvining raisini tayinlaş va uni lavozimidan ozod etiş;
6) Özbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boşqa respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarini tuziş hamda tugatiş töğrisidagi farmonlarini tasdiqlaş;
7) Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya töğrisidagi hujjatlarni qabul qiliş;
8) Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining, Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvi raisining hisobotlarini eşitiş;
9) Özbekiston Respublikasining çet davlatlardagi va xalqaro taşkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boşqa vakolatxonalari rahbarlarining öz faoliyati masalalari böyiça hisobotlarini eşitiş;
10) davlat organlarining mansabdor şaxslariga parlament sörovini yuboriş va parlament nazoratining boşqa şakllarini amalga oşiriş;
11) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga öz faoliyatini amalga oşirişda kömaklaşiş;
12) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlarini, ular qonunçilik normalariga muvofiq bölmagan taqdirda, bekor qiliş;
13) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning örinbosarlarini, qömitalarning raislari va ularning örinbosarlarini saylaş;
14) Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etiş töğrisidagi masalalarni hal etiş;
15) öz faoliyatini taşkil etiş va palataning içki tartib-qoidalari bilan boğliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiliş;
16) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, şuningdek davlat içki va taşqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiliş;
17) Qonunçilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlarni qabul qilişga doir vakolatlarini bajariş, bundan Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar mustasno;
18) uşbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiriş.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati özini özi tarqatib yuboriş töğrisida senatorlar umumiy sonining kamida uçdan ikki qismidan iborat köpçilik ovozi bilan qaror qabul qilişi mumkin.
96-modda.
Vakolat muddati tugagaç, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senati tegişinça yangi çaqiriq Qonunçilik palatasi va Senati iş boşlaguniga qadar öz faoliyatini davom ettirib turadi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining birinçi majlislari tegişinça Qonunçilik palatasiga saylovdan keyin ikki oydan keçiktirmay va Senat tarkib topganidan keyin bir oydan keçiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan çaqiriladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi majlislari sessiyalar davrida ötkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentyabrning birinçi iş kunidan boşlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi iş kuniga qadar ötkaziladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uç marta ötkaziladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar ular işida barça deputatlar, senatorlar umumiy sonining yarmidan köpi iştirok etayotgan bölsa, vakolatli hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilişda barça deputatlar, senatorlar umumiy sonining kamida uçdan ikki qismi iştirok etişi şart.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senati majlislarida, şuningdek ularning organlari majlislarida Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Boş vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengaşi raislari, Boş prokuror, Markaziy bank boşqaruvining raisi iştirok etişlari mumkin. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va uning organlari majlislarida Senat Raisi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va uning organlari majlislarida Qonunçilik palatasi Spikeri iştirok etişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senati alohida-alohida majlis ötkazadilar.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlislari Özbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, Özbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, içki va taşqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq sözlaganda, çet davlatlarning rahbarlari nutq sözlaganda ötkaziladi. Palatalarning kelişuviga binoan qöşma majlislar boşqa masalalar yuzasidan ham ötkazilişi mumkin.
97-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senati öz vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining qarorlari Qonunçilik palatasi deputatlari yoki Senat a’zolari umumiy sonining köpçilik ovozi bilan qabul qilinadi, uşbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
98-modda.
Qonunçilik taşabbusi huquqiga Özbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpoğiston Respublikasi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatlari, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ega. Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Boş prokurori ham öz vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar böyiça qonunçilik taşabbusi huquqiga egadir.
Qonunçilik taşabbusi huquqi qonun loyihasini qonunçilik taşabbusi huquqi subyektlari tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga kiritiş orqali amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bölgan, yuz ming nafardan kam bölmagan fuqarolari, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman), Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunçilik takliflarini qonunçilik taşabbusi tartibida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga kiritişga haqli.
Qonun loyihalarini, qonunçilik takliflarini kiritiş va körib çiqiş tartibi qonun bilan belgilanadi.
99-modda.
Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangaç va qonunda belgilangan tartibda rasmiy manbalarda e’lon qilingaç, yuridik kuçga ega böladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan e’tiboran ön kundan keçiktirmay Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi.
Qonun Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan oltmiş kun içida körib çiqiladi va ma’qullangan taqdirda, imzolanişi va e’lon qilinişi uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentiga ön kundan keçiktirmay yuboriladi.
Agar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qonunni ma’qullaş yoki rad etiş töğrisida oltmiş kun içida qaror qabul qilmasa, Qonunçilik palatasi tomonidan qonun imzolanişi va e’lon qilinişi uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oltmiş kun içida imzolaydi va e’lon qiladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga qaytariladi.
Agar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonunni qayta körib çiqişda Qonunçilik palatasi deputatlar umumiy sonining uçdan ikki qismidan iborat köpçilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanişi va e’lon qilinişi uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunçilik palatasi tomonidan yuboriladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunçilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelişmovçiliklarni bartaraf etiş uçun Qonunçilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelişuv komissiyasini tuzişi mumkin. Palatalar kelişuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda körib çiqilişi kerak.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni öz e’tirozlari bilan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarişga haqli.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegişinça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uçdan ikki qismidan iborat köpçilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ön tört kun içida imzolanişi va e’lon qilinişi kerak.
Qonunlarning va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarning e’lon qilinişi ular qöllanilişining majburiy şartidir.
100-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi öz tarkibidan Qonunçilik palatasining Spikeri va uning örinbosarlarini saylaydi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi Spikeri va uning örinbosarlari yaşirin ovoz beriş orqali deputatlar umumiy sonining köpçilik ovozi bilan Qonunçilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Spikeri bölişi mumkin emas.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi Spikeri va uning örinbosarlari yaşirin ovoz beriş orqali Qonunçilik palatasi deputatlari umumiy sonining uçdan ikki qismidan köproğining ovozi bilan qabul qilingan Qonunçilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari çaqirib olinişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi Spikeri:
1) Qonunçilik palatasining majlislarini çaqiradi, ularda raislik qiladi;
2) Qonunçilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaşga umumiy rahbarlik qiladi;
3) Qonunçilik palatasi qömitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlaştirib boradi;
4) Özbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunçilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni taşkil etadi;
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oşiriş işlariga hamda xalqaro parlament taşkilotlari işi bilan boğliq Qonunçilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
6) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boşqa davlat organlari, çet davlatlar, xalqaro va boşqa taşkilotlar bilan özaro munosabatlarda Qonunçilik palatasi nomidan iş köradi;
7) Qonunçilik palatasi qarorlarini imzolaydi;
8) uşbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi Spikeri farmoyişlar çiqaradi.
101-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati öz tarkibidan Senat Raisi va uning örinbosarlarini saylaydi. Senat Raisi Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi örinbosarlaridan biri Qoraqalpoğiston Respublikasining vakili böladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning örinbosarlari yaşirin ovoz beriş orqali senatorlar umumiy sonining köpçilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi.
Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi bölişi mumkin emas.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning örinbosarlari yaşirin ovoz beriş orqali senatorlar umumiy sonining uçdan ikki qismidan köproğining ovozi bilan qabul qilingan Senat qaroriga binoan muddatidan ilgari çaqirib olinişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi:
1) Senat majlislarini çaqiradi, ularda raislik qiladi;
2) Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaşga umumiy rahbarlik qiladi;
3) Senat qömitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlaştirib boradi;
4) Özbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni taşkil etadi;
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oşiriş işlariga hamda xalqaro parlament taşkilotlari işi bilan boğliq Senat guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
6) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi, boşqa davlat organlari, çet davlatlar, xalqaro va boşqa taşkilotlar bilan özaro munosabatlarda Senat nomidan iş köradi;
7) Senat qarorlarini imzolaydi;
8) uşbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyişlar çiqaradi.
102-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi qonun loyihalarini tayyorlaş işini olib boriş, Qonunçilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda körib çiqiş va tayyorlaş, Özbekiston Respublikasi qonunlari hamda Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qiliş uçun öz vakolatlari muddatiga Qonunçilik palatasi deputatlari orasidan qömitalarni saylaydi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda körib çiqiş va tayyorlaş, Özbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qiliş uçun öz vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan qömitalarni saylaydi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senati, zarurat bölgan taqdirda, muayyan vazifalarni bajariş uçun deputatlar, senatorlar orasidan komissiyalar tuzadi.
103-modda.
Mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanişi asoslariga salbiy ta’sir körsatişi mumkin bölgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar va voqealarni örganiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma qarori bilan parlament tekşiruvi ötkazilişi mumkin.
Parlament tekşiruvini ötkaziş uçun Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari orasidan tenglik asosida maxsus komissiya tuzilib, u öz faoliyatini qonunga muvofiq amalga oşiradi.
104-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatlariga va Senati a’zolariga ularning deputatlik yoki senatorlik faoliyati bilan boğliq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.
Qonunçilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda işlovçi Senat a’zolari öz vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan taşqari haq tölanadigan boşqa turdagi faoliyat bilan şuğullanişlari mumkin emas.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputati va Senati a’zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular tegişinça Qonunçilik palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilişi, uşlab turilişi, qamoqqa olinişi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo çoralariga tortilişi mumkin emas.
XIX bob. Özbekiston Respublikasining Prezidenti
105-modda.
Özbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boşliğidir va davlat hokimiyati organlarining kelişilgan holda faoliyat yuritişini hamda hamkorligini ta’minlaydi.
106-modda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga öttiz beş yoşdan kiçik bölmagan, davlat tilini yaxşi biladigan, bevosita saylovgaça kamida 10 yil Özbekiston hududida muqim yaşayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi saylanişi mumkin. Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Özbekiston Respublikasining Prezidenti bölişi mumkin emas.
Özbekiston Respublikasining Prezidenti Özbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va töğridan töğri saylov huquqi asosida yaşirin ovoz beriş yöli bilan yetti yil muddatga saylanadi. Özbekiston Respublikasining Prezidentini saylaş tartibi qonun bilan belgilanadi.
107-modda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti öz vazifasini bajarib turgan davrda boşqa haq tölanadigan lavozimni egallaşi, vakillik organining deputati bölişi, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi mumkin emas.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining şaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.
108-modda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yiğilişida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boşlab öz lavozimiga kirişgan hisoblanadi:
“Özbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilişga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etişga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berişga, Özbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarişga tantanali qasamyod qilaman”.
109-modda.
Özbekiston Respublikasining Prezidenti:
1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilişining, Özbekiston Respublikasi suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligining kafilidir, milliy-davlat tuzilişi masalalariga doir qarorlarni amalga oşiriş yuzasidan zarur çora-tadbirlar köradi;
2) mamlakat içkarisida va xalqaro munosabatlarda Özbekiston Respublikasi nomidan iş köradi;
3) muzokaralar olib boradi hamda Özbekiston Respublikasining şartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan şartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilişini ta’minlaydi;
4) öz huzurida akkreditatsiyadan ötgan diplomatik hamda boşqa vakillarning işonç va çaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
5) Özbekiston Respublikasining çet davlatlardagi va xalqaro taşkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boşqa vakolatxonalarining rahbarlarini tayinlaş uçun nomzodlarni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
6) Özbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga mamlakat içki va taşqi siyosatini amalga oşirişning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qiliş huquqiga ega;
7) vazirliklarni va boşqa respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarini tuzadi hamda tugatadi, şu masalalarga doir farmonlarni keyinçalik Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdiğiga kiritadi;
8) Senat Raisi lavozimiga saylaş uçun nomzodni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
9) Özbekiston Respublikasi Boş vazirini, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi ma’qullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;
10) qömitalar, agentliklar va boşqa respublika davlat organlari rahbarlarini qonunçilikka muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
11) Özbekiston Respublikasi Boş prokurorini, Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisini Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;
12) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati bilan maslahatlaşuvlardan keyin Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini lavozimga tayinlaydi va uni lavozimidan ozod etadi;
13) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi, Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi tarkiblariga nomzodlarni, şuningdek Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvining raisi, respublika korrupsiyaga qarşi kuraşiş organining rahbari va respublika monopoliyaga qarşi organining rahbari lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
14) Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşining taqdimiga binoan viloyatlar va Toşkent şahar sudlari raislarini va rais örinbosarlarini, Özbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
15) viloyatlar hokimlarini va Toşkent şahar hokimini tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki hokim şa’ni va qadr-qimmatiga doğ tuşiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va şahar hokimlarini Özbekiston Respublikasi Prezidenti öz qarori bilan lavozimidan ozod etişga haqli;
16) respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarining va hokimlarning hujjatlarini töxtatadi, bekor qiladi; Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilişga haqli;
17) Özbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunni öz e’tirozlari bilan takroran muhokama qiliş va ovozga qöyiş uçun Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarişga haqli;
18) Özbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qiliş yuzasidan tuzilgan şartnoma majburiyatlarini bajariş zaruriyati tuğilganda uruş holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uç kun içida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdiğiga kiritadi;
19) alohida hollarda (real taşqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) fuqarolarning xavfsizligini ta’minlaşni közlab, Özbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uç kun içida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdiğiga kiritadi. Favqulodda holat joriy etiş şartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
20) Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining Oliy Boş qömondoni hisoblanadi, Qurolli Kuçlarning oliy qömondonlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, oliy harbiy unvonlar beradi;
21) Özbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorliği bilan mukofotlaydi, Özbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;
22) Özbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boşpana berişga oid masalalarni hal etadi;
23) amnistiya töğrisidagi hujjatlarni qabul qiliş haqida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnomalar kiritadi va Özbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan şaxslarni afv etadi;
24) Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşini tuzadi va unga boşçilik qiladi, öz vakolatlari amalga oşirilişini ta’minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini, şuningdek Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengaş organlarini va boşqa organlarni şakllantiradi;
25) uşbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti öz vakolatlarini bajarişni davlat organlariga yoki mansabdor şaxslarga topşirişga haqli emas.
110-modda.
Özbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etiş yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuçga ega bölgan farmonlar, qarorlar va farmoyişlar çiqaradi.
111-modda.
Qonunçilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvçi hal qilib bölmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir neça marta Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, şuningdek Qonunçilik palatasi bilan Senat örtasida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvçi hal qilib bölmaydigan ixtiloflar yuz berganda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi, Senati tarqatib yuborilişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi, Senati tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uç oy mobaynida ötkaziladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senati favqulodda holat amal qilişi davrida tarqatib yuborilişi mumkin emas.
112-modda.
Özbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti öz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtinça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uç oy muddat içida qonunga töliq muvofiq holda Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ötkaziladi.
113-modda.
Vakolati tugaşi munosabati bilan iste’foga çiqqan Özbekiston Respublikasi Prezidenti umrbod Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi lavozimini egallaydi.
XX bob. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
114-modda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvçi hokimiyatni amalga oşiradi. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Özbekiston Respublikasi Boş vaziri, uning örinbosarlari va vazirlardan iborat. Qoraqalpoğiston Respublikasi hukumatining boşliği Vazirlar Mahkamasi tarkibiga öz lavozimi böyiça kiradi.
Vazirlar Mahkamasi öz faoliyatini ijro etuvçi hokimiyat faoliyatining Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan asosiy yönalişlari doirasida amalga oşiradi.
115-modda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, soliq va budjet siyosati amalga oşirilişi, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, soğliqni saqlaşni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boşqa tarmoqlarini rivojlantirişga doir dasturlarning işlab çiqilişi hamda bajarilişi uçun javobgar böladi;
2) barqaror iqtisodiy ösişni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlaş, kambağallikni qisqartiriş, aholi uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, qulay investitsiyaviy muhitni yaratiş, hududlarni kompleks va barqaror rivojlantiriş böyiça çoralar köradi;
3) aholini, şu jumladan nogironligi bölgan şaxslarni ijtimoiy himoya qiliş tizimining samarali faoliyat körsatişini ta’minlaydi;
4) atrof-muhitni muhofaza qiliş, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-xillikni saqlaş, iqlim özgarişiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarşi kuraşiş hamda ularning oqibatlarini yumşatiş sohalarida yagona davlat siyosati amalga oşirilişini ta’minlaydi;
5) yoşlarga oid davlat siyosatining amalga oşirilişini ta’minlaydi, oilani qöllab-quvvatlaş, mustahkamlaş va himoya qiliş, an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlaş böyiça çoralar köradi;
6) fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlarini amalga oşiradi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş hamda ijtimoiy şeriklik dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşirişda ularning iştirok etişini ta’minlaydi;
7) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy hamda boşqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
8) Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyişlari ijrosini ta’minlaydi;
9) ijro etuvçi hokimiyat organlari işini muvofiqlaştiradi va yönaltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oşiradi;
10) ijro etuvçi hokimiyat organlarining işida oçiqlik va şaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlaş, ularning faoliyatida korrupsiya holatlariga qarşi kuraşiş, davlat xizmatlarining sifatini oşiriş va ulardan foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş böyiça çoralar köradi;
11) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzalarni taqdim etadi;
12) uşbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.
116-modda.
Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va qonunçilikka muvofiq Özbekiston Respublikasining butun hududidagi barça organlar, korxonalar, muassasalar, taşkilotlar, mansabdor şaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiy bölgan qarorlar va farmoyişlar çiqaradi.
Vazirlar Mahkamasi öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Özbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.
Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida öz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi şakllantirilguniga qadar Özbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq öz faoliyatini davom ettirib turadi.
117-modda.
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri:
1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini taşkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali işlaşi uçun şaxsan javobgar böladi;
2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;
3) xalqaro munosabatlarda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan iş köradi;
4) Özbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boşqa vazifalarni bajaradi.
118-modda.
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri nomzodi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor şaxslari saylangandan va organlari şakllangandan söng bir oy içida yoki Boş vazir lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud Boş vazir, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi iste’foga çiqqanidan keyin bir oy içida Qonunçilik palatasi körib çiqişi va ma’qullaşi uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barça siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlaşuvlar ötkazilganidan söng taqdim etiladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri nomzodini taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran ön kun içida körib çiqadi.
Boş vazir lavozimiga nomzod Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasida uning nomzodi körib çiqilayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga möljallangan harakat dasturini taqdim etadi.
Boş vazir nomzodi uning uçun Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan köpi tomonidan ovoz berilgan taqdirda ma’qullangan hisoblanadi.
Boş vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzod uç marta rad etilgan taqdirda, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Boş vazirni tayinlaydi va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasini tarqatib yuborişga haqli.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari ularning nomzodlari Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi tomonidan ma’qullanganidan keyin Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Boş vazirni, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibini yoki a’zosini iste’foga çiqarişga haqli.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosining öz faoliyatiga oid masalalar yuzasidan hisobotini eşitişga haqli. Vazirlar Mahkamasi a’zosining hisobotini eşitiş yakunlariga köra Qonunçilik palatasi uni iste’foga çiqariş töğrisidagi taklifni Özbekiston Respublikasi Prezidentiga körib çiqiş uçun kiritişga haqli.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari parlament sörovlariga va Qonunçilik palatasi deputatining, Senat a’zosining sörovlariga qonunda belgilangan tartibda javob berişi şart.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini taşkil etiş tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.
119-modda.
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi örtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunçilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uçdan bir qismi tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif böyiça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining muhokamasiga Boş vazirga nisbatan işonçsizlik votumi bildiriş haqidagi masala kiritiladi.
Boş vazirga nisbatan işonçsizlik votumi, agar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uçdan ikki qismi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Boş vazirni lavozimidan ozod etiş töğrisida qaror qabul qiladi. Bunda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Boş vazir bilan birga iste’foga çiqadi.
XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari
120-modda.
Viloyatlar, tumanlar va şaharlarda (tumanga böysunadigan şaharlardan taşqari) xalq deputatlari Kengaşlari davlat hokimiyati vakillik organlaridir.
Xalq deputatlari Kengaşiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boşçilik qiladi.
Viloyat, tuman, şahar hokimi lavozimini egallab turgan şaxs bir vaqtning özida xalq deputatlari Kengaşining raisi lavozimini egallaşi mumkin emas.
Xalq deputatlari Kengaşlarining vakolatlari muddati — beş yil. Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, şahar xalq deputatlari Kengaşining raisi etib saylanişi mumkin emas.
Xalq deputatlari Kengaşlari deputatlari saylovi va xalq deputatlari Kengaşlarining faoliyatini taşkil etiş tartibi qonun bilan belgilanadi.
Yangidan taşkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda xalq deputatlari Kengaşlariga saylov xalq deputatlari Kengaşlariga navbatdagi umumiy saylovlarga qadar qolgan davrdan oşmaydigan muddatga ötkaziladi.
121-modda.
Tegişli hududdagi ijro etuvçi hokimiyatga viloyat, tuman va şahar hokimi boşçilik qiladi.
Hokimlarning vakolatlari muddati — beş yil. Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, şaharning hokimi etib tayinlanişi mumkin emas.
Hokimlarning faoliyatini taşkil etiş tartibi qonun bilan belgilanadi.
122-modda.
Xalq deputatlari Kengaşlarining vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) tegişli mahalliy budjetlarni körib çiqiş va qabul qiliş, ularning ijro etilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş;
2) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va aholini ijtimoiy himoya qiliş dasturlarini tasdiqlaş;
3) hokimni lavozimga tasdiqlaş, uning faoliyati töğrisidagi hisobotlarni eşitiş;
4) uşbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiriş.
123-modda.
Viloyatlar, tumanlar, şaharlar hokimlarining vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oliy Majlis palatalarining qarorlarini, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari hamda farmoyişlarini, Vazirlar Mahkamasining, yuqori turuvçi hokimlarning va tegişli xalq deputatlari Kengaşlarining qarorlarini bajariş;
2) hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirişni ta’minlaşga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
3) mahalliy budjetni şakllantiriş va ijro etiş;
4) uşbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiriş.
124-modda.
Viloyat va Toşkent şahar hokimi Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Tuman va şaharlarning hokimlari viloyat, Toşkent şahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegişli xalq deputatlari Kengaşi tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanga böysunadigan şaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengaşi tomonidan tasdiqlanadi.
125-modda.
Viloyat, tuman va şahar hokimi öz vakolatlarini yakkaboşçilik asosida amalga oşiradi hamda özi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va harakatlari uçun şaxsan javobgar böladi.
Viloyat, tuman va şahar hokimi tegişli xalq deputatlari Kengaşiga viloyatni, tumanni, şaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi, uşbu hisobotlar böyiça xalq deputatlari Kengaşi tomonidan tegişli qarorlar qabul qilinadi.
126-modda.
Xalq deputatlari Kengaşi va hokim öz vakolatlari doirasida tegişli hududdagi barça taşkilotlar, şuningdek mansabdor şaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiy bölgan qarorlar qabul qiladi.
127-modda.
Şaharçalar, qişloqlar va ovullarda, şuningdek şaharlar, şaharçalar, qişloqlar va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning yiğinlari özini özi boşqariş organlari bölib, ular raisni saylaydi.
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanişning tarixiy öziga xos xususiyatlaridan, şuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib çiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravişda hal etişga haqli.
Davlat fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini amalga oşirişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oşirişida kömaklaşadi.
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari saylovi tartibi, ularning faoliyatini taşkil etiş va vakolatlari qonun bilan belgilanadi.
XXII bob. Saylov tizimi
128-modda.
Özbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylaş va saylaniş huquqiga egadirlar. Har bir saylovçi bir ovozga ega. Ovoz beriş huquqi, öz xohiş-irodasini bildiriş tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegişinça ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida ötkaziladi, bundan uşbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan muddatidan ilgari saylov ötkaziş hollari mustasno. Saylovlar umumiy, teng va töğridan töğri saylov huquqi asosida yaşirin ovoz beriş yöli bilan ötkaziladi. Özbekiston Respublikasining ön sakkiz yoşga tölgan fuqarolari saylaş huquqiga ega.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlaşga haqli.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar, tumanlar va şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegişli qöşma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan söng bir oy içida ular orasidan yaşirin ovoz beriş yöli bilan saylanadilar.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, şuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etiş joylarida saqlanayotgan şaxslar saylanişi mumkin emas.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, şuningdek oğir va öta oğir jinoyatlar sodir etganlik uçun sudning hukmiga köra ozodlikdan mahrum etiş joylarida saqlanayotgan şaxslar saylovda iştirok etiş huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilişi mumkin. Boşqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini töğridan töğri yoki bilvosita çeklaşga yöl qöyilmaydi.
Özbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning özida ikkidan ortiq davlat hokimiyati vakillik organining deputati bölişi mumkin emas.
Saylov ötkaziş tartibi qonun bilan belgilanadi.
129-modda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, viloyatlar, tumanlar, şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni, şuningdek Özbekiston Respublikasining referendumini taşkil etiş va ötkaziş uçun Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oşkoralik va adolatlilikdan iborat bölgan Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov komissiyalari tizimiga boşçilik qiladi, öz faoliyatini doimiy asosda amalga oşiradi hamda öz faoliyatida Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga amal qiladi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlarining tavsiyasi böyiça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan komissiya a’zolari orasidan beş yillik muddatga komissiya majlisida saylanadi. Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi etib saylanişi mumkin emas.
XXIII bob. Sud hokimiyati
130-modda.
Özbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun çiqaruvçi va ijro etuvçi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boşqa institutlaridan mustaqil holda iş yuritadi.
131-modda.
Özbekiston Respublikasida sud tizimi va sudlar faoliyatining tartibi qonun bilan belgilanadi.
Favqulodda sudlar tuzişga yöl qöyilmaydi.
132-modda.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun çiqaruvçi va ijro etuvçi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi töğrisidagi işlarni köradi.
Konstitutsiyaviy sud Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan, Qoraqalpoğiston Respublikasi vakilini qöşgan holda saylanadi.
Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylaniş huquqisiz ön yillik muddatga saylanadi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi öz tarkibidan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning örinbosarini beş yillik muddatga saylaydi.
133-modda.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:
1) Özbekiston Respublikasi qonunlarining va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyişlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, Özbekiston Respublikasi davlatlararo şartnomaviy va boşqa majburiyatlarining Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
2) Özbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — Özbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya qiliş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi qonunlari Özbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — Özbekiston Respublikasi xalqaro şartnomalarining Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
3) referendumga çiqarilayotgan masalalarning Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi töğrisida xulosa beradi;
4) Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasining Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpoğiston Respublikasi qonunlarining Özbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi töğrisida xulosa beradi;
5) Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga şarh beradi;
6) Özbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan işda qöllanilişi lozim bölgan normativ-huquqiy hujjatlarning Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi töğrisida sudlar taşabbusi bilan kiritilgan murojaatini körib çiqadi;
7) konstitutsiyaviy sudlov işlarini yuritiş amaliyotini umumlaştiriş natijalari yuzasidan har yili Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Özbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati töğrisida axborot taqdim etadi;
8) Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolati doirasida boşqa işlarni körib çiqadi.
Fuqarolar va yuridik şaxslar, agar sud orqali himoya qilişning boşqa barça vositalaridan foydalanib bölingan bölsa, sudda körib çiqilişi tugallangan muayyan işda sud tomonidan öziga nisbatan qöllanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi töğrisidagi şikoyat bilan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilişga haqli.
Konstitutsiyaviy sudning qarori rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.
Konstitutsiyaviy sudning qarori qat’iy va uning ustidan şikoyat qilinişi mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sudni taşkil etiş va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
134-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud işlarini yuritiş sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy hisoblanadi va Özbekiston Respublikasining butun hududida bajarilişi majburiydir.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib boriş huquqiga ega.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning örinbosarlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan beş yillik muddatga saylanadi. Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Özbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais örinbosari etib saylanişi mumkin emas.
135-modda.
Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi sudyalar hamjamiyatining mustaqil organi bölib, u sudyalar korpusining şakllantirilişini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilişini ta’minlaydi.
Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi raisi va uning örinbosari Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan beş yillik muddatga saylanadi. Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşining raisi, rais örinbosari etib saylanişi mumkin emas.
Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşini taşkil etiş va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
136-modda.
Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga böysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oşirişga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralaşişga yöl qöyilmaydi va bunday aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab böladi. Sudyalar muayyan işlar böyiça hisobdor bölmaydi.
Sudyalar daxlsizdir.
Davlat sudyaning va uning oila a’zolarining xavfsizligini ta’minlaydi.
Sudyani muayyan işning muhokamasidan çetlaştirişga, uning vakolatlarini bekor qilişga yoki töxtatib turişga, boşqa lavozimga ötkazişga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga köra yöl qöyiladi. Sudning qayta taşkil etilişi yoki tugatilişi sudyani lavozimidan ozod etiş uçun asos bölib xizmat qilişi mumkin emas.
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bölişi mumkin emas.
Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bölişi, siyosiy harakatlarda iştirok etişi, şuningdek ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan taşqari haq tölanadigan boşqa faoliyat turlari bilan şuğullanişi mumkin emas.
137-modda.
Hamma sudlarda işlar oçiq köriladi. Işlarni yopiq majlisda tinglaşga qonunda belgilangan hollardagina yöl qöyiladi.
138-modda.
Sud hokimiyatining hujjatlari barça davlat organlari va boşqa taşkilotlar, mansabdor şaxslar hamda fuqarolar uçun majburiydir.
139-modda.
Özbekiston Respublikasida sud işlarini yuritiş özbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi köpçilik aholi sözlaşadigan tilda yoxud qonunga muvofiq boşqa tilda olib boriladi. Sud işlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnaşuvçi şaxslarning tarjimon orqali iş materiallari bilan töla tanişiş va sud işlarida iştirok etiş huquqi hamda sudda ona tilida sözlaş huquqi ta’minlanadi.
140-modda.
Sudlarning faoliyatini moliyalaştiriş faqat Özbekiston Respublikasining Davlat budjetidan amalga oşiriladi hamda u odil sudlovni töliq va mustaqil amalga oşiriş imkoniyatini ta’minlaşi kerak.
XXIV bob. Advokatura
141-modda.
Jismoniy va yuridik şaxslarga malakali yuridik yordam körsatiş uçun advokatura faoliyat körsatadi.
Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va özini özi boşqariş prinsiplariga asoslanadi.
Advokaturani taşkil etiş va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
142-modda.
Advokat öz kasbiy vazifalarini amalga oşirayotganda uning faoliyatiga aralaşişga yöl qöyilmaydi.
Advokatga öz himoyasidagi şaxs bilan moneliksiz va xoli uçraşiş, maslahatlar beriş uçun şart-şaroitlar ta’minlanadi.
Advokat, uning şa’ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida böladi va qonun bilan muhofaza qilinadi.
XXV bob. Prokuratura
143-modda.
Özbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilişi ustidan nazoratni Özbekiston Respublikasining Boş prokurori va unga böysunuvçi prokurorlar amalga oşiradi.
144-modda.
Prokuratura organlarining yagona markazlaştirilgan tizimiga Özbekiston Respublikasining Boş prokurori boşçilik qiladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasining prokurori Özbekiston Respublikasining Boş prokurori bilan kelişilgan holda Qoraqalpoğiston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi.
Viloyatlarning prokurorlari, tuman va şahar prokurorlari Özbekiston Respublikasining Boş prokurori tomonidan tayinlanadi.
Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining, Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurorining, viloyat, tuman va şahar prokurorlarining vakolat muddati — beş yil.
Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Özbekiston Respublikasining Boş prokurori lavozimini egallaşi mumkin emas.
145-modda.
Özbekiston Respublikasining prokuratura organlari öz vakolatlarini boşqa davlat organlaridan, özga taşkilotlardan, mansabdor şaxslardan mustaqil ravişda, faqat Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga böysungan holda amalga oşiradi.
Prokurorlar öz vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni közlovçi boşqa jamoat birlaşmalariga a’zolikni töxtatib turadilar.
Prokuratura organlarini taşkil etiş, ularning vakolatlari va faoliyat körsatiş tartibi qonun bilan belgilanadi.
146-modda.
Özbekiston Respublikasi hududida jinoyatçilikka qarşi kuraş böyiça tezkor-qidiruv, tergov va boşqa maxsus vazifalarni mustaqil ravişda bajaruvçi xususiy taşkilotlar, jamoat birlaşmalari va ularning bölinmalarini tuziş hamda ularning faoliyat körsatişi taqiqlanadi.
Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilişda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga jamoat taşkilotlari va fuqarolar yordam körsatişlari mumkin.
XXVI bob. Moliya va kredit
147-modda.
Özbekiston Respublikasi özining yagona moliya, pul va bank tizimiga ega.
148-modda.
Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti respublika budjetidan, Qoraqalpoğiston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iboratdir.
Özbekiston Respublikasining Davlat budjetini şakllantiriş hamda ijro etiş tartib-taomillari oçiqlik va şaffoflik prinsiplari asosida amalga oşiriladi.
Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining şakllantirilişi hamda ijro etilişi ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiradi.
Fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining budjet jarayonida iştirok etişi tartibi va şakllari qonun bilan belgilanadi.
149-modda.
Özbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlarni joriy qiliş huquqi Özbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga tegişlidir.
150-modda.
Özbekiston Respublikasining pul birligi sömdir.
Söm Özbekiston Respublikasining butun hududida yagona çeklanmagan qonuniy tölov vositasidir.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki Özbekiston Respublikasining hududida qonuniy tölov vositalari sifatida pul belgilarini muomalaga kiritişda va ularni muomaladan çiqarişda mutlaq huquqqa egadir.
151-modda.
Özbekiston Respublikasining bank tizimi Özbekiston Respublikasi Markaziy bankidan va banklardan iboratdir.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit va valyuta siyosatini işlab çiqadi hamda amalga oşiradi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda banklar faoliyatini tartibga solişni amalga oşiradi, bank va tölov tizimlarining barqaror faoliyat körsatişini ta’minlaydi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki öz vazifalarini bajarişda mustaqildir.
Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini taşkil etiş tartibi qonun bilan belgilanadi.
XXVII bob. Mudofaa va xavfsizlik
152-modda.
Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Özbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinç hayoti va xavfsizligini himoya qiliş uçun tuziladi.
Qurolli Kuçlarning tuzilişi va ularni taşkil etiş qonun bilan belgilanadi.
153-modda.
Özbekiston Respublikasi öz xavfsizligini ta’minlaş uçun yetarli darajada Qurolli Kuçlariga ega.