Mirzo Uluğbek tumani 20-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi xodimlarining ODOB-AXLOQ QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mirzo Uluğbek tumani 20-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi (keyingi örin1arda BMSMi) xodimlarining Odob-axloq qoidalari (keyingi örinlarda — Odob-axloq qoidalari) xodimlarning kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan taşqari vaqtda odob-axloqi, taşqi körinişi va kiyiniş uslubining namunaviy qoidalarini belgilaydi.
Odob-axloq qoidalari BMSMda yuksak kasbiy madaniyatni şakllantiriş, jamoatçilik ongida davlat xizmatiga bölgan hurmat va işonçni oşiriş hamda xodimlarning axloq qoidalariga zid bölgan xatti-harakatlarining oldini olişga qaratilgan.
2. Xodimlar öz kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oşirişi şart:
qonuniylik;
Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklangan funksional vazifalarini töliq bajariş, ijro intizomiga qat’iy rioya etiş;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;
adolatlilik, halollik va xolislik;
korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda böliş va qarşi kuraşiş;
xizmat sirini qat’iy saqlaş;
mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik;
manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaslik.
3. Xodimlar mehnat faoliyati davomida va işdan taşqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilişi lozim:
Xodimning obrösiga putur yetkazişi mumkin bölgan xatti-harakatlardan tiyiliş, axloq normalariga doimiy rioya qiliş;
mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik şiorga aylantiriş;
murakkab vazifalarni bajarişda hamkasblariga kömaklaşiş;
xuşmuomalalik, e’tiborlilik va huşyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan işonç va hurmat hissini uyğotiş;
oilasida soğlom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy ğamxör böliş, farzandlarida vatanparvarlik va boşqa yuksak axloqiy fazilatlarni şakllantiriş;
fuqarolarning ijtimoiy kelib çiqişi, iqtisodiy ahvoli va boşqa omillardan qat’i nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda böliş;
jamiyatda axloqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qiliş.
4. Xodimlar öz vakolatlarini amalga oşirayotganda Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuniga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyişlariga, Özbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyruqlariga va qarorlariga, Toşkent şahar madaniyat boşqarmasi boşliğining buyruqlariga, uşbu Odob-axloq qoidalariga va boşqa qonunçilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Xodimlar Odob-axloq qoidalariga rioya qiliş majburiyatiga, fuqarolar esa xodimlardan mazkur qoidalarga mos bölgan kasbiy madaniyatni talab qiliş huquqiga ega.
6. Xodimlarning Odob-axloq qoidalariga rioya etişi ularning faoliyati hamda xizmatdagi axloqini baholaşning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
Xodimlar tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya qilinişi holati ularni kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlaş va rahbar kadrlar zaxirasini şakllantirişda hisobga olinadi.
2-bob. Kasbiy madaniyatga oid umumiy odob-axloq qoidalari
7. Xodimlar:
fuqarolarning jinsi, irqi, millati, fuqaroligi, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, e’tiqodi, şaxsiy va ijtimoiy mavqeyi kamsitilişiga olib keluvçi ta’sir çoralari va harakatlar (harakatsizlik)ga yöl qöymasligi;
halol, adolatli va kamtar bölişi, fuqarolar bilan muloqotda xuşmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyiş qilişi;
jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlarni qabul qilişda qonuniylikni, adolatlilikni va şaffoflikni ta’minlaşi;
davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuvçi, davlat organlari va taşkilotlari faoliyati samaradorligini pasaytiradigan harakatlar (harakatsizlik)dan tiyilişi;
özining xatti-harakati va axloqi tufayli jamoatçilikning tanqidiga uçramaslik çoralarini körişi, tanqid uçun ta’qibga yöl qöymasligi, asosli va konstruktiv tanqiddan öz faoliyatidagi kamçiliklar hamda nuqsonlarni bartaraf etiş yölida foydalanişi;
davlat organlari va taşkilotlari, davlat xizmatçilari va boşqa şaxslarga öz xizmat mavqeyidan foydalangan holda şaxsiy masalalar yuzasidan ta’sir ötkazmasligi;
öz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik şaxslarning manfaatlarini közlab bajariş yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovğalar olmasligi;
davlat mulkining but saqlanişini ta’minlaşi, öziga işonib topşirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanişi;
xizmat intizomiga qat’iy rioya qilişi, iş vaqtidan oqilona va samarali foydalanişi;
aholining davlat xizmatlari iste’molçisi sifatidagi talablariga muvofiq doimiy ravişda faoliyat sifatini oşirib boriş çoralarini körişi;
qonun bilan intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan huquqbuzarlik va boşqa xatti-harakatlarga yöl qöymasligi;
kasb etikasi va işçanlik uslubiga rioya etişi;
siyosiy partiyalar, jamoat birlaşmalari va boşqa nodavlat taşkilotlari manfaatlari yölida xizmat mavqeyi va imkoniyatlaridan foydalanmasligi kerak.
8. Xodimlar öziga böysunuvçi xodimlardan ular mehnat vazifasini bajarayotgan paytda partiya nomidan siyosiy faoliyat bilan şuğullanişni talab qilişi, siyosiy partiyalar, jamoat birlaşmalari va boşqa nodavlat taşkilotlari faoliyatida iştirok etişga da’vat etişi yoki majburlaşiga yöl qöyilmaydi.
3-bob. Xizmat faoliyatiga oid odob-axloq qoidalari
9. Xodimlar xizmat faoliyati davomida quyidagilarga majbur:
Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boşqa qonunçilik hujjatlariga sözsiz rioya etişi;
mamlakat şa’nini e’zozlaş, davlat siyosatiga sodiq böliş;
taşqi siyosat sohasida davlat manfaatlarini qat’iy himoya qiliş;
öz xizmat vazifalarini vijdonan, halol va yuksak professional darajada bajariş, rasmiyatçilik, soxtakorlik va suiste’molçilikka yöl qöymaslik;
xizmat majburiyatlarini samarali bajariş uçun zarur bölgan bilim va könikmalarni doimiy asosda oşiriş;
yuqori davlat organlari va taşkilotlari hamda mansabdor şaxslarining öz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari hamda berilgan topşiriqlarni öz vaqtida va sifatli bajariş;
işlab çiqilayotgan normativ-huquqiy va boşqa hujjatlarga biron-bir şaxs, guruh yoki idoralar manfaati nuqtai nazaridan yondaşmaslik hamda ularning manfaatlari ifoda etilişiga yöl qöymaslik;
har qanday qonunbuzilişiga, ayniqsa, korrupsiya holatlariga qarşi murosasizlik bilan kuraşiş;
xizmat safarlari, nazorat tadbirlari davomida mehnat faoliyati bilan boğliq bölgan har qanday turdagi sarf-xarajatlarni boşqa şaxslar hisobidan amalga oşirmaslik;
davlat xizmatçilari yoki boşqa şaxslar tomonidan jinoyat yoki boşqa huquqbuzarlik sodir etişga undovçi murojaatlar haqida, şuningdek, hamkasblari tomonidan sodir etilgan yoki tayyorgarlik körilayotgan qonunbuzilişlar haqida özining rahbariga zudlik bilan ma’lum qiliş;
çet el fuqarolari bilan alohida belgilangan tartibga zid ravişda bevosita yoki boşqa şaxslar orqali muloqotga kirişmaslik;
öz xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boşqa şaxslarni kamsitmaslik, ularning ta’siridan saqlaniş, fuqarolar huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga oliş;
öz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarişga tösqinlik qilişi mumkin bölgan xatti-harakatlardan saqlaniş;
davlat siri, qonun bilan qöriqlanadigan va xizmatga oid boşqa ma’lumotlarning oşkor etilmasligini ta’minlaş yuzasidan barça çoralarni köriş, ulardan qonunga zid ravişda foydalanmaslik;
axborotlarni tarqatiş qoidalariga rioya qiliş, Internet jahon axborot tarmoği va axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanişda axborot xavfsizligini ta’minlaşning belgilangan tartibiga amal qiliş;
biriktirilgan xizmat kompyuteri hamda elektron taşuvçilaridagi xizmatga oid ma’lumotlarning xavfsiz saqlanişini ta’minlaş va ularni boşqa şaxslarga tarqatilişining oldini oliş çoralarini köriş;
ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va taşkilotlari hamda mansabdor şaxslar faoliyatini muhokama qilmaslik, axloqqa zid iboralarni işlatmaslik, mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda işonçsizlik kayfiyatini yuzaga keltirişi mumkin bölgan materiallarni joylaştirmaslik;
fuqarolar va hamkasblarining şa’ni va qadr-qimmatiga doğ tuşiruvçi ma’lumotlar, tuhmat, iğvo va uydirmalarni tarqatmaslik;
mehnat va ijro intizomi, içki tartib qoidalariga, şuningdek, telefonda sözlaşiş va kiyiniş madaniyatiga qat’iy rioya etiş;
öziga işonib topşirilgan mulkka va moliyaviy mablağlarga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda böliş;
jamoada soğlom ma’naviy muhitni saqlaş çoralarini köriş;
jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini qonunda belgilangan tartibda hamda muddatlarda qonuniy, asosli va adolatli hal qiliş;
mehnat jamoasida işçanlik muhitini şakllantiriş va uni mustahkamlaşga kömaklaşişi;
mehnat jamoasida hamkasblarining şa’ni va qadr-qimmatini obrösizlantiradigan şaxsiy va kasbiy fazilatlarini muhokama qilişdan tiyilişi kerak.
10. BMSM direktori quyidagilarga majbur:
böysunuvidagi xodimlarga professionalizm, halollik, xolislik va adolatlilikda örnak böliş;
jamoada soğlom ma’naviy muhit va işçan kayfiyatni şakllantiriş;
xodimlarni qonunga xilof xatti-harakatlarni amalga oşirişga undamaslik hamda ulardan bunday harakatlarni bajarişni talab qilmaslik;
kadrlarni mahalliyçilik, uruğ-aymoqçilik, taniş-bilişçilik yoki şaxsiy sadoqat belgilari böyiça tanlaş, tayinlaş yoki tavsiya etişga yöl qöymaslik;
jamoada guruhbozlik va favoritizm (ayrim xodimlarni yaqin oliş va qöllab-quvvatlaş) körinişlariga yöl qöymaslik, şuningdek, xizmat vazifalarini bajariş jarayonida boşqa salbiy omillarning oldini oliş;
xodimlarning faoliyatiga baho berişda qonuniy, asosli va adolatli qarorlar qabul qiliş;
xodimlar tomonidan korrupsiya va boşqa suiiste’molçiliklar sodir etilişining oldini oliş çoralarini köriş;
böysunuvidagi xodimlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qiliş çoralarini köriş;
vakolati doirasida şartnomalar tuziş, tanlovlar ötkaziş yoki rozilik beriş masalalariga xolis, adolatli va qonuniy yondaşiş.
11. BMSM direktori böysunuvidagi xodimlarga qöpol muomalada bölişi, haqorat qilişi, şaxsiyatiga tegişi, ularga asossiz tanbeh berişi yoki ayblaşi hamda kamsitişi mumkin emas.
4-bob. Xizmatdan taşqari odob-axloq qoidalari
12. Xodimlar işdan böş vaqtlarida umumqabul qilingan axloq normalariga rioya qilişlari va ularga zid bölgan xulq-atvor va xatti-harakatlardan özlarini tiyişlari şart.
13. Xodimlar işdan taşqari vaqtda quyidagilarga majbur:
milliy urf-odat, qadriyat va an’analarga hurmat bilan munosabatda böliş;
dabdababozlik, şuhratparastlik, guruhbozlik, maişatbozlik, içkilikbozlik va boşqa salbiy illatlarga yöl qöymaslik;
rasmiy e’lon qilingan ma’lumotlardan taşqari davlat xizmati faoliyatiga oid masalalarni muhokama qilmaslik;
jamoat joylarida (kafe, restoran va boşqa köngiloçar maskanlarda) özini tutiş qoidalariga rioya etiş, atrofdagilarning e’tiborini tortuvçi ortiqça va salbiy harakatlarga yöl qöymaslik;
jamoat tartibi va xavfsizligiga qarşi qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etmaslik, mazkur noqonuniy harakatlarga boşqalarni jalb etmaslik yoki da’vat qilmaslik;
xizmat majburiyatlarini bajariş bilan boğliq bölgan idora va taşkilotlar rahbar va xodimlaridan, boşqa mansabdor şaxslaridan qimmatbaho sovğa olmaslik;
xizmat guvohnomalarini saqlaş va foydalaniş tartibiga qat’iy rioya etiş, ulardan xizmatga aloqador bölmagan holatlarda foydalanmaslik, şu jumladan, vakolatli şaxslarga xizmat guvohnomasini körsatib, mavqeyini suiiste’mol qilmaslik;
iş faoliyati bilan boğliq ma’lumotlarni işga aloqador bölmagan boşqa şaxslar iştirokida muhokama qilmaslik;
şaxsiy transport vositalaridan foydalanişda belgilangan tartibga amal qiliş, yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya etiş;
tadbirkorlik yoki haq tölanadigan boşqa faoliyat bilan (pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan taşqari) şuğullanmaslik, Özbekiston Respublikasi qonunlari va Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
BMSM hamda davlat xizmatiga doğ tuşiruvçi xatti-harakatlardan tiyiliş;
taşqi körinişini belgilangan me’yorlar doirasida saqlaş, kamtarona kiyiniş, atrofdagilarning e’tiborini öziga ortiqça jalb qiladigan tarzda kiyinmaslik.
5-bob. Jamoatçilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari
14. Xodimlar ommaviy axborot vositalari bilan özaro hamkorlik qilişi, davlat organlari va taşkilotlarining faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritilişiga kömaklaşişi kerak.
15. Davlat siyosati yoki davlat organlari va taşkilotlari faoliyati töğrisidagi ommaviy bayonotlar davlat organlari va taşkilotlari rahbari yoki mazkur yönaliş böyiça vakolatli mansabdor şaxs tomonidan amalga oşiriladi.
16. Quyidagi hollarda ommaviy bayonot berilişi mumkin emas:
ommaviy bayonot matni va mazmuni davlat siyosati yoki davlat organlari va taşkilotlari faoliyatiga aloqador bölmasa;
ommaviy bayonotda keltiriladigan axborotlar davlat sirlari bilan boğliq bölsa;
ommaviy bayonot boşqa davlat organlari va taşkilotlari nufuzini pasaytiriş yoki ularning mansabdor şaxslarini kamsitişga yönaltirilgan bölsa.
17. Davlat xizmatida jamoatçilik nazoratini ta’minlaş maqsadida jamoatçilik tomonidan BMSM faoliyatiga oid ayblov yoki tanqid bildirilgan taqdirda, BMSM unga nisbatan bildirilgan ayblov yoki tanqidga ommaviy izoh yoxud raddiya berişi lozim.
18. Agar ommaviy bayonotda fuqarolarning şa’ni hamda qadr-qimmatini kamsitadigan iboralar bölsa, xodim öz fikrlarining yanglişligi yoki notöğriligini tan olişi hamda şa’ni, qadr-qimmatiga va işçanlik obrösiga daxl qilingan fuqarodan, agar qonun hujjatlarida boşqa oqibatlar nazarda tutilmagan bölsa, keçirim söraşi şart.
6-bob. Xizmat faoliyatidagi taşqi köriniş va kiyiniş uslubiga oid odob-axloq qoidalari
19. Xodimlarning xizmat faoliyatidagi taşqi körinişi va kiyiniş uslubi fuqarolarning davlat organlari va taşkilotlari faoliyatiga hurmatini, şu jumladan davlat xizmatining nufuzini oşirişga xizmat qilişi kerak.
20. Xodimning taşqi körinişi mehnat şaroitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarişi vaqtida fuqarolarning davlat taşkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bölişiga kömaklaşişi, umumiy qabul qilingan iş uslubiga muvofiq bölişi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik va intizomni namoyon etişi lozim.
21. Xodimning iş joyida taşqi körinişi va kiyiniş uslubiga oid qöşimça talablar çki mehnat tartibida belgilanadi.
7-bob. Manfaatlar töqnaşuvi
22.Xodimlar mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajariş vaqtida manfaatlar töqnaşuviga olib keladigan yoki olib kelişi mumkin bölgan şaxsiy manfaatdorlikka yöl qöymasligi kerak.
23. Manfaatlar töqnaşuvi yuzaga kelgan taqdirda xodimlar özining rahbarini darhol xabardor qilişi şart.
Manfaatlar töqnaşuvi mavjudligi töğrisida ma’lumotlar olgan rahbar bu töqnaşuvning oldini oliş yoki uni bartaraf etiş yuzasidan öz vaqtida çoralar körişga majbur.
8-bob. Xodimlarning manfaatini himoya qiliş
24. Xodimlarni xizmat vazifalarini bajariş bilan boğliq tahdid, haqorat, tuhmat va qonunga xilof boşqa xatti-harakatlardan himoya qiliş BMSM direktori tomonidan amalga oşiriladi.
25. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarişga tösqinlik qiliş, jinoyat yoki boşqa huquqbuzarlik sodir etişga oğdirişga qaratilgan murojaatlar, şuningdek, hamkasblari tomonidan sodir etilgan yoki sodir etişga tayyorgarlik körilayotgan qonunbuzilişlar haqida xabar bergan xodimlarni vujudga kelişi mumkin bölgan tahdid va xavf-xatarlardan himoya qiliş çoralari köriladi.
9-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya etilişini nazorat qiliş
26. Xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilişi ustidan nazorat Odob-axloq komissiyasi tomonidan amalga oşiriladi.
27. BMSMda lavozimga tayinlangan xodimlar mazkur Odob-axloq qoidalari bilan tilxat asosida imzo qöydirgan holda taniştiriladi.
28. Mazkur Odob-axloq qoidalarini buziş holatlari böyiça xizmat tekşiruvi BMSM direktorining körsatmasiga muvofiq Odob-axloq komissiyasi tomonidan ötkaziladi.
Xizmat tekşiruvini ötkaziş tartibi BMSM tomonidan belgilanadi.
10-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uçun javobgarlik
29. Xodimlar tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta’sir çoralarini qöllaş uçun asos böladi.
30. Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uçun Odob-axloq komissiyasi tomonidan xodimlarga quyidagi axloqiy ta’sir çoralari qöllaniladi:
ogohlantiriş;
uzr söraş yoki rasmiy uzrnoma keltirişni talab qiliş;
davlat organlari va taşkilotlarining kollegial yiğilişlarida tanbeh beriş.
31. Odob-axloq komissiyasi xodimga nisbatan intizomiy ta’sir çorasini qöllaş uçun BMSM direktorigs taqdimnoma kiritişi mumkin.
Odob-axloq komissiyasi odob-axloq qoidalari BMSM direktori tomonidan buzilgan taqdirda, unga nisbatan tegişli çora köriş masalasi yuzasidan takliflarni Toşkent viloyati Madaniyat boşqarmasi boşliğiga yuboradi.
32. Xodimning Odob-axloq qoidalarini buzişi ularni qonunga muvofiq intizomiy va boşqa javobgarlikka tortiş uçun asos böladi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Uşbu nizom Mirzo Uluğbek tumani 20-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi Odob-axloq komissiyasi (keyingi ötin1arda - Komissiya) faoliyatini tartibga soladi.
2. Komissiya 20-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi xodimlari (keyingi örinlarda - xodimlar) tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etişini nazorat qiliş, ularning axloq normalariga zid bölgan xatti-harakatlarini oldini oliş va odob-axloq qoidalariga rioya etiş bilan boğliq nizolarni körib çiqiş maqsadida tuziladi.
3. Komissiya faoliyati Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuniga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyişlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyişlariga, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri buyruqlari va qarorlariga, Toşkent şahar madaniyat boşqarmasi boşliği buyruqlariga, Toşkent şahar madaniyat boşqarmasi marhaziy apparati, hududiy bölinmalari hamda boşqarma tizinıidagi idoraviy mansub taşkilotlar xodimlarining odob-axloq qoidalariga, uşbu nizomga va boşqa qonunçilik hujjatlariga muvofiq amalga oşiriladi.
4. Komissiya Komissiya raisi, kotibi va a’zolaridan iborat bölib, umumiy soni beş nafardan kam bölmasligi va toq sonda bölişi lozim.
Komissiya tarkibiga tajribali, mehnat jamoasida obrö-e’tiborga sazovor bölgan davlat xizmatçilari kiritiladi.
Komissiya tarkibi davlat organi va taşkiloti rahbari qarori bilan tasdiqlanadi va doimiy ravişda faoliyat yuritadi.
Komissiya tarkibiga komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir körsatiş mumkin bölgan manfaatlar töqnaşuvi ehtimolini nazarda tutgan holda özgartiriş kiritiladi.
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xodimlarning idoraviy odob-axloq qoidalarini işlab çiqiş;
xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilişi masalalarini körib çiqiş, xizmat tekşiruvlarini ötkaziş;
xodimlar örtasida axloq normalariga zid bölgan xatti-harakatlarning oldini olişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
jismoniy va yuridik şaxslarning davlat xizmatçilarining xatti-harakatlariga doir murojaatlarini körib çiqiş;
xodimlarning şa’ni va qadr-qimmatini himoya qiliş bilan boğliq masalalarni körib çiqiş;
xodimlarning odob-axloq qoidalarini takomillaştiriş yuzasidan takliflar işlab çiqiş;
xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilişi holatini tahlil qiliş, natijalari haqida davlat organi va taşkiloti rahbari va jamoatçilikni xabardor qilib boriş.
6. Komissiya öz vakolatlari doirasida:
xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilişi ustidan nazoratni amalga oşiradi;
xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilişi bilan boğliq masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlaydi;
xodimlarning odob-axloq qoidalari bilan boğliq masalalarini körib çiqiş jarayonida zarur axborotni sörab oladi;
körib çiqiş uçun kiritilgan masalalarni hal etiş uçun Komissiya majlislariga ekspertlar va mutaxassislarni jalb qiladi;
odob-axloq qoidalariga oid masalalar yuzasidan xodimlarga tegişli maslahat va tuşuntirişlar beradi;
zarur hollarda, Komissiyada körib çiqilgan masalalar böyiça xodimni intizomiy javobgarlikka tortiş yuzasidan BMSM direktorigsa taklif kiritadi.
7. Komissiya BMSMning tarkibiy bölinmalari, boşqa davlat organlari va taşkilotlari, mansabdor şaxslari va jamoatçilik bilan hamkorlik qiladi.
8. Komissiya faoliyatini taşkil qiliş va xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilişi bilan boğliq masalalarni körib çiqiş uşbu nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oşiriladi.
3-bob. Komissiya faoliyatini taşkil etiş
9. Komissiya majlislari zaruriyatga qarab ötkaziladi.
Komissiya majlislari oçiq tarzda ötkaziladi. Zarur bölgan hollarda Komissiya yopiq majlis ötkaziş töğrisida qaror qabul qilişi mumkin.
10. Komissiya majlisini Komissiya raisi, u yöqligida esa, uning topşiriğiga binoan Komissiya a’zolaridan biri olib boradi. Komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi, u raislik qiluvçi va Komissiya kotibi tomonidan imzolanadi.
11. Komissiya majlislari, agar ularda Komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uçdan ikki qismi hozir bölsa, vakolatli hisoblanadi.
12. Komissiyaning navbatdagi majlisi töğrisida uning raisi Komissiya a’zolariga yozma ravişda, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin xabar qiladi, şuningdek majlisning boşqa iştirokçilarini oldindan xabardor etadi.
13. Komissiyaning qarorlari majlisda qatnaşgan Komissiya a’zolarining köpçilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bölgan hollarda Komissiya raisining ovozi hal qiluvçi ovoz hisoblanadi.
Komissiyaning qarorlari Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
14. Komissiya raisi:
Komissiya işini taşkil etadi;
Komissiya majlislarini çaqiradi va ötkazadi;
Komissiya a’zolariga topşiriqlar beradi;
BMSMning tarkibiy bölinmalari, boşqa davlat organlari va taşkilotlari, mansabdor şaxslar va jamoatçilik bilan bölgan munosabatlarda Komissiya nomidan iş yuritadi;
Komissiya majlislarida Komissiya faoliyati töğrisidagi axborot bilan sözga çiqadi;
har yili BMSM direktoriga Komissiya faoliyati töğrisida hisobot taqdim etadi.
15. Komissiya kotibi:
Komissiyaning faoliyatini taşkiliy-texnik jihatdan ta’minlaş masalalarini hal qiladi;
Komissiyaning navbatdagi majlisiga barça zarur materiallar öz vaqtida tayyorlanişini ta’minlaydi, BMSM xodimlaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni sörab oladi;
kun tartibiga muvofiq Komissiya majlislari ötkazilişini taşkil etadi;
Komissiyaning a’zolarini va taklif etilgan şaxslarni Komissiya majlisi ötkaziladigan joy, sana va vaqt hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar haqida xabardor qiladi;
Komissiya majlisining bayonnomasini rasmiylaştiradi va tasdiqlangan bayonnomaning manfaatdor şaxslarga jönatilişini ta’minlaydi.
16. Komissiya a’zosi:
Komissiya tomonidan körib çiqiladigan barça masalalar böyiça ovoz berişga;
Komissiyaning körib çiqişi uçun masalalar va takliflar kiritişga;
qarorlar tayyorlanişida, muhokamasida, qabul qilinişida, şuningdek ularning amalga oşirilişini taşkil etişda hamda bajarilişini nazorat qilişda iştirok etişga;
körib çiqilayotgan masalaga doir hujjatlar, ma’lumotnomalar va boşqa zarur axborot bilan tanişişga;
Komissiya qaroriga rozi bölmagan taqdirda öz nuqtai nazarini bayon etişga haqli.
17. Komissiyasi a’zosi Komissiya majlisida hozir bölişi va öziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarişi şart.
Komissiya a’zosi Komissiya majlisida hozir böliş imkoni bölmaganda Komissiya raisini oldindan xabardor etişi lozim.
18. Komissiya majlisida körilayotgan masalalar Komissiya raisi, kotibi va a’zolariga bevosita yoki bilvosita boğliq bölgan taqdirda özini özi rad qilişi şart.
4-bob. Xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalari buzilişining oldini oliş (profilaktika) çoralarini köriş
19. Komissiya muntazam ravişda xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilişi va ularning buzilişini oldini olişga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvçi profilaktik kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiradi:
xodimlarda yuksak kasbiy madaniyatni, jamoada soğlom ma’naviy muhit va işçan kayfiyatni şakllantiriş;
xodimlarni “halollik vaksinasi” bilan emlaş, ya’ni halollikni ularning ongiga singdiriş, ma’rifat orqali ularda korrupsiyaga qarşi murosasiz munosabatda böliş kayfiyatini şakllantiriş;
BMSMda taniqli ziyolilar, ijodkorlar, ma’naviyat va ma’rifat sohasining közga köringan namoyondalari, öz sohasida yuksak natijalarga erişgan mehnat faxriylarini jalb qilgan holda, uçraşuvlar taşkil qilib boriş;
BMSMda xodimlarining kasbiy va boşqaruv könikmalari ösişini, şuningdek ularning malakasini doimiy ravişda oşirişni, ular tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etişlarini ta’minlaş maqsadida ularning bilimlari va malakasini doimiy takomillaştiriş işlarini ta’minlaş;
xodimlarning iqtisodiy bilimlarini, huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyati va huquqiy ongini, intellektual va ma’naviy rivojlanişini oşiriş maqsadida iqtisodiy va huquqiy öqişlar taşkil etiş;
yangi işga qabul qilingan xodimlarni odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qiliş borasida stajirovkadan ötkaziş va ular bilan profilaktik suhbatlar taşkil qiliş;
xodimlarni malaka oşiriş kurslariga, xalqaro seminarlar, konferensiyalar va şu kabi boşqa tadbirlarga yuboriş, ular tomonidan öz kasbiy darajasi va axloqiy sifatlarini mustaqil oşirişlari uçun şart-şaroit yaratib beriş.
20. Komissiya xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalari buzilişining oldini oliş (profilaktika) borasidagi öz faoliyatini Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan çoraklik iş rejalari asosida olib boradi.
21. Xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalari buzilişining oldini oliş (profilaktika) çoralari Komissiya tomonidan BMSMning tegişli tarkibiy bölinmalari rahbarlari hamda kasaba uyuşmalari qömitalari bilan birgalikda taşkil etiladi.
22. Xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalari buzilişining oldini oliş (profilaktika) çoralarining natijadorligi yil yakunlari böyiça ötkaziladigan Komissiya yiğilişida muhokama qilinadi.
5-bob. Xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilişi bilan boğliq masalalarni körib çiqiş tartibi
23. Komissiya xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilişlari bilan boğliq masalalarni:
davlat organi va taşkiloti rahbarining topşiriğiga köra;
huquqni muhofaza qiluvçi organlarning murojaatiga asosan;
xodimlarning, şuningdek jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlariga binoan;
öz taşabbusi bilan körib çiqadi.
24. Komissiya majlisiga, haqiqiy holatlarni aniqlaş va xolisona qaror qabul qiliş maqsadida, öziga nisbatan masala körib çiqilayotgan davlat xizmatçisi, zarur bölgan hollarda esa, murojaat qiluvçi va boşqa şaxslar taklif etiladi. Komissiya majlisining vaqti va joyi haqida tegişli ravişda xabardor etilgan şaxslarning kelmasligi murojaatni körib çiqiş uçun tösqinlik qilmaydi.
25. Komissiya majlisida:
kun tartibidagi masala öqib eşittiriladi;
BMSM direktorining topşiriği yoki xodim tomonidan odob-axloq qoidalari buzilganligi töğrisidagi murojaat öqib eşittiriladi;
odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlikda ayblanayotgan xodim va murojaatçilarning tuşuntirişlari eşitiladi.
26. Xodim özining huquqi, şa’ni va qadr-qimmatiga, işçanlik obrösiga daxl qiladigan murojaat böyiça amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq özini himoya qilişga, Komissiyaga zarur materiallar hamda boşqa axborotlarni taqdim etişga haqli.
27. Majlis yakuni böyiça Komissiya xodimning harakatlarida odob-axloq qoidalarining buzilişi faktining mavjudligini yoxud mavjud emasligi töğrisida qaror qabul qiladi.
28. Odob-axloq qoidalari buzilganligi fakti aniqlangan taqdirda Komissiya tomonidan xodimga quyidagi axloqiy ta’sir çoralari qöllaniladi:
ogohlantiriş;
uzr söraş yoki rasmiy uzrnoma keltirişni talab qiliş;
BMSMning kollegial yiğilişlarida tanbeh beriş.
29. Komissiya xodimga nisbatan intizomiy ta’sir çorasini qöllaş uçun BMSM rahbariga taqdimnoma kiritişi mumkin.
30. Komissiya tomonidan quyidagi murojaatlar körib çiqilmaydi:
komissiyada oldin körib çiqilgan murojaat va aynan şu mazmundagi takror murojaatlar;
anonim murojaatlar;
qonunda belgilangan boşqa talablarga muvofiq bölmagan murojaatlar.
31. Komissiya qabul qilingan qaror haqida murojaat qiluvçiga, öziga nisbatan masala körib çiqilgan xodimgz va BMSM rahbariga yozma ravişda ma’lum qiladi.
32. Komissiya odob-axloq qoidalari BMSM rahbari tomonidan buzilgan taqdirda unga nisbatan tegişli çora köriş masalasi yuzasidan takliflarni viloyat Madaniyat boşqarmasi rahbariga yuboradi.
33. Komissiyaning qarori ustidan BMSM rahbariga yoki sudga şikoyat qiliş mumkin.
34. Xodim tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilişi haqidagi murojaat uning taşabbuskori tomonidan Komissiya qarori qabul qilinguniga qadar qaytarib olinişi mumkin.
35. Taraflar yaraşgan, şuningdek xodim öz xohişi bilan murojaatçidan oşkora uzr söragan hollarda, unga nisbatan ta’sir çoralari qöllanilmasligi mumkin.