Boş sahifaga qaytiş

2022-2026-YILLARGA MÖLJALLANGAN YANGI ÖZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI

I.INSON QADRINI YUKSALTIRIŞ VA ERKIN FUQAROLIK JAMIYATINI YANADA
RIVOJLANTIRIŞ ORQALI XALQPARVAR DAVLAT BARPO ETIŞ

Birinçi yönaliş erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş orqali xalqparvar davlat barpo etişga qaratilgan. Buning uçun kelgusida davlat funksiyalarining katta qismi markazdan hududlarga ötkaziladi. Har bir mahallada hokim yordamçisi lavozimi joriy etiladi. Tuman byudjeti qöşimça manbalar bilan ta’minlanib, mahallaning alohida jamğarmasi şakllantiriladi. Markaziy idoralar transformatsiya qilinib, ixçam va samarali boşqaruv tizimi yaratiladi, bir xil yönalişdagi vazifalarni amalga oşirayotgan idoralar optimallaştiriladi.

II. MAMLAKATIMIZDA ADOLAT VA QONUN USTUVORLIGI TAMOYILLARINI
TARAQQIYOTNING ENG ASOSIY VA ZARUR ŞARTIGA AYLANTIRIŞ

Ikkinçi yönalişadolat va qonun ustuvorligini mustahkamlaş, inson qadr-qimmatini ta’minlaş vazifalarini qamrab olgan. Şu maqsadda sudlov tizimi va advokatura instituti, huquq-tartibot organlari faoliyati takomillaştiriladi. Tadbirkor va mulkdorlar huquqlarining himoyasi kuçaytiriladi. Korrupsiyaga barham berişga davlat va jamiyatning barça kuç va vositalari safarbar etiladi. Bunda aybdorlarni huquqiy javobgarlikka tortiş bilan çeklanib qolmasdan, korrupsiyaning sabablarini oldindan bartaraf etiş çoralari köriladi.

III. MILLIY IQTISODIYOTNI JADAL RIVOJLANTIRIŞ VA YUQORI ÖSIŞ SUR’ATLARINI TA’MINLAŞ

Uçinçi yönalişda milliy iqtisodiyotni rivojlantiriş borasidagi rejalar bayon etilgan. 2030 yilga borib, jon boşiga hisoblaganda, aholi daromadlari örtaça körsatkiçdan yuqori bölgan davlatlar qatoriga çiqiş maqsad qilingani aytildi. Bunga, avvalo, xususiy sektorni rağbatlantiriş va uning uluşini oşiriş hamda töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etiş hisobidan erişiladi. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlab, inflyatsiya darajasini belgilangan 5 foizgaça pasaytiriş çoralari köriladi. Aholini uy-joy va toza içimlik suvi bilan ta’minlaş, zamonaviy yöl va kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etiş, jamoat transporti hamda hududlararo qatnovlarni yaxşilaş böyiça ham yirik loyihalar amalga oşiriladi.

IV. ADOLATLI IJTIMOIY SIYOSAT YURITIŞ, INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRIŞ

Törtinçi yönalişga asosan sifatli ta’lim-tarbiya masalasi doimiy e’tibor markazida böladi. Şu maqsadda öqituvçilarning oylik maoşini izçil oşirib boriş va 2025-yilga borib, 1 ming dollar miqdoriga yetkaziş közda tutilgan. Yangi maktablar quriş, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, sohaning barça bosqiçlari örtasida uzviylikni ta’minlaşga qaratilgan Milliy ta’lim dasturi işlab çiqiladi. Aholi salomatligini saqlaş uçun barça şaroit yaratiladi. Kelgusi beş yilda oliy toifali şifokorlar maoşini ham 1 ming dollar ekvivalentiga yetkaziş möljallanmoqda. Viloyat, tuman va şaharlarda ixtisoslaşgan tibbiy xizmatlar kölami kengaytiriladi. Davlat tibbiy suğurta tizimi işga tuşirilib, mablağ aniq bemorga boğlangan holda ajratiladi. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş, soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş muhim vazifa bölib qoladi.

V. MA’NAVIY TARAQQIYOTNI TA’MINLAŞ VA SOHANI YANGI BOSQIÇGA OLIB ÇIQIŞ

Beşinçi yönalişgaasosan ma’naviy va ma’rifiy sohalar rivojlantiriladi. Şu maqsadda “Yangi Özbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi amalga oşiriladi. Madaniyat va san’atni yuksaltiriş, yoşlarni soğlom e’tiqod ruhida tarbiyalaş, millatlararo hamjihatlik va özaro hurmatni mustahkamlaşga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

VI. MILLIY MANFAATLARDAN KELIB ÇIQQAN HOLDA UMUMBAŞARIY MUAMMOLARGA YONDAŞIŞ

Oltinçidan yönalişgaglobal muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yeçimlarini topiş, bu boradagi barça sa’y-harakatlarni uyğunlaştiriş zarurligi ta’kidlanadi. Xususan, ekologik tahdidlarning salbiy ta’siri ortib borayotgani qayd etilgan. Orolböyini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi sifatida rivojlantiriş, Butunjahon ekologiya xartiyasini işlab çiqiş masalalariga töxtalib ötilgan.

VII.MAMLAKATIMIZ XAVFSIZLIGI VA MUDOFAA SALOHIYATINI KUÇAYTIRIŞ, OÇIQ, PRAGMATIK VA FAOL TAŞQI SIYOSAT OLIB BORIŞ

Yettinçi yönalişda mamlakatdagi tinçlik va xavfsizlikni ta’minlaş, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş borasidagi vazifalar öz ifodasini topgan. Qurolli Kuçlarimizning qudrati yanada oşirilişi, harbiylarning jangovar şayligi, jismoniy va ma’naviy tayyorgarligi kuçaytirilişi ta’kidlangan. Xalqaro hamkorlikda pragmatik va çuqur öylangan taşqi siyosat, iqtisodiy diplomatiya davom ettiriladi. Avvalo, qöşni mamlakatlar va dunyoning barça mintaqalaridagi şeriklar bilan özaro manfaatli va köpqirrali aloqalar kengaytiriladi.