Öqituvçi
I. Lavozim majburiyatlari
a) ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiriş, madaniy darajani östiriş, ösib kelayotgan avlodning ma’naviy va estetik tarbiyasi, milliy va jahon san’atining yuqori namunalariga jalb qilişni şakllantiriş va rivojlantiriş böyiça ma’suliyatli va hurmatga sazovor vazifani bajaradi;
b) yoş avlodning umumiy estetik tarbiyasidagi asosiy muammolarni hal qiladi, madaniy jihatdan bilimdon jamiyatni şakllantirişni ta’minlovçi badiiy ijodga bolalarni jalb qiladi, örta-maxsus madaniyat va ta’lim muassasalarida (akademik litseylar, san’at kollejlari) ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiriş va mukammallaştirişni davom ettiriş maqsadida iqtidorli öquvçilarni aniqlaydi;
d) öquvçilar bilan BMSM uçun davlat talablari, öquv reja, ötayotgan fani böyiça dastur talablariga muvofiq dars ötilişini ta’minlaydi hamda turli xil dars maşğulotlarini ötkazadi (eşituv, ijodiy körik, ijodiy namoiş, texnik sinov, spektakl, plener, repetitsiya, akademik konsert, mahorat darslari, leksiya, seminar, nazorat işi, praktik maşğulot, laborator maşğulot);
e) BMSM direktori tomonidan tasdiqlangan öquv darslari jadvaliga muvofiq öziga yuklatilgan yuklamaning hajmini bajariş tartibida işlaydi; rejalaştirilgan umum maktab tadbirlarida iştirok etadi;
f) öquvçining şaxsiy iş rejasini (öqitişning individual şakli uçun), taqvim-mavzu rejasini (öqitişning guruh şakli uçun) tuzadi; öz sinfi öquvçilarining davomadi va özlaştirişi nazoratini olib boradi; olib borayotgan fani böyiça bilimlarning joriy va yakuniy sifatini, könikma va mahoratini baholaydi;
g) öquvçilar tayyorgarligining sifati uçun, Davlat talablari, öquv rejaga muvofiq ta’lim dasturining töliq hajmda amalga oşirilişi uçun va bitiruvçilarning tayyorgarligi sifati uçun javobgar;
h) öquvçilarning uy vazifasini bajarişlarini nazorat qiladi, tegişli öquv fani böyiça dastur talablariga muvofiq öquvçilarni öquv-uslubiy materiallar bilan ta’minlaydi; ta’lim jarayonida öquvçiga yordam körsatadi; qonaqarsiz özlaştiriş sabablarini aniqlaydi va ularni bartaraf etişni taşkil qiladi;
i) öquvçilar bilan imtihonlarga, akademik konsertlarga, tasviriy, amaliy, teatr san’ati böyiça körgazmalarga, sinfdan-sinfga ötiş va bitiruv imtihonlariga tayyorgarlik köriş işlarini olib boradi;
j) öquvçilarda tartiblilikni, darslarda qat’iyat va intiluvçanlikni ularning yoşi xusussiyatlarini inobatga olgan holda va alohida yondaşgan holda tarbiyalaydi;
k) öquv-tarbiyaviy jarayonga ota-onalarni jalb qiladi (sinf ota-onalar majlislari, birgalikdagi ijodiy işlar, maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşdagi işlar va h.k.); maktabni boşqarişda faol iştirok etişga( maktab kengaşi, ota-onalar qömitasi), öquvçilarning sinfdan taşqari va maktabdan taşqari ijodiy faoliyatida va BMSM ning konsert-körgazma işlarida iştirok etişga jalb qiladi;
l) ota-onalar bilan boşlanğiç san’at ta’limi masalalari böyiça ma’rifiy işlarini olib boradi, ota-onalarning psixologik-pedagogik, badiiy-pedagogik bilimlarini oşirişga kömaklaşadi (leksiyalar, seminarlar, individual maslahatlar, amaliyotlar, bahs-munozaralar va h.k.), ular bilan işlaşda BMSMning rivojlanişiga şaroit yaratuvçi hamkorlik tamoyillarini ta’minlaydi hamda BMSM öquvçilarini estetik tarbiyalaş va ularga badiiy ta’lim beriş uçun qulay şaroitlarni yaratişda kömaklaşadi;
m) san’at sohasiga muvofiq bölgan ta’lim dasturida öz aksini topgan BMSMning ijodiy, ma’rifiy va uslubiy dasturlarini amalga oşiriş doirasida öquvçilarning ijodiy qobiliyatlarini şakllantiriş va rivojlantiriş maqsadida sinfdan taşqari va maktabdan taşqari tadbirlarni taşkil qiladi va ötkazadi: umumta’lim maktablarida, maktabgaça ta’lim muassasalarida, mehribonlik uylarida konsert-körgazma tadbirlarida iştirok etiş; BMSM öquvçilarining filarmoniya, muzey, körgazma va konsert zallarida, teatrlarda iştiroki;
n) tadbirlar ötkaziş yöli bilan ta’lim oluvçilarning ijodiy faoliyatini taşkil qiladi (körik-tanlovlar, festivallar, mahorat darslari, olimpiadalar, konsertlar, ijodiy keçalar, körgazmalar, teatrlaşgan tomoşalar va x.k.);
o) öz sinfi öquvçilarini maktab, tuman, şahar, viloyat, Respublika körik tanlovlari, olimpiadalari va festivallarida iştirok etişga tayyorlaydi;
p) BMSM ga öquvçilarni jalb etişda iştirok etadi;
q) özining pedagogik va ijroçilik mahoratini takomillaştirgan holda professional mahoratini doimiy ravişda oşirib boradi; ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlovçi bolalar psixologiyasi va olib borayotgan fanidan badiiy pedagogikaning sönggi yutuqlarini örganadi;
r) egallab turgan lavozimiga muvofiqligini tasdiqlaş va malaka toifasini aniqlaş uçun BMSM tomonidan belgilangan vaqtda majburiy ravişda attestatsiyadan ötadi;
s) pedagogik kengaşning, bölimning barça yiğilişlarida va uslubiy faoliyatning boşqa şakllarida ( uslubiy maşğulotlar, seminarlar, oçiq darslar, mahorat darslari, tajriba almaşiş maqsadida öz hamkasabalarining darslarida iştirok etiş, uslubiy konferensiyalarda, hisobotlarni tayyorlaşda, uslubiy qöllanmalarni işlab çiqişda va x.k) iştirok etadi; majlislar, işlab çiqariş kengaşlarida, akademik konsertlarda, zaçyot va imtihonlarda iştirok etadi;
t) BMSMdagi ta’lim jarayonini yaxşilaş böyiça takliflar kiritadi;
u) öz sinfining xujjatlarini öz vaqtida rasmiylaştiradi va topşiradi (jurnal, reja, hisobot va boşqalar);
v) ta’lim jarayonida öquvçilarning hayoti va soğligini saqlanişini ta’minlaydi, mehnat muhofazasi va yonğin xavfsizligi böyiça qoidalarini bajaradi.
II. Öqituvçi lavozimiga qöyilgan umumiy malaka talablari:
a) öqituvçi xodimga mutaxassis malaka toifasini beriş örta maxsus yoki oliy ma’lumot (bakalavr) töğrisidagi diplom bölgan holda attestatsiyasiz amalga oşiriladi;
b) öqituvçiga ikkinçi malaka toifasini beriş quyidagi körsatgiçlar asosida amalga oşiriladi:
öqituvçi xodim malakasi - badiiy pedagogika amaliyoti va nazariyasidagi bilim darajasi, qobiliyat va könikmalari, ötayotgan fanining asoslarini, bolalar psixologiyasi asoslarini, öquv-uslubiy işlar tahlili;
öqituvçi xodimning professionallik darajasi - öquv rejaning, dastur talablarining bajarilişini ta’minlaş, öquv jarayonida yuqori natijalarini ta’minlovçi badiiy-musiqiy pedagogikaning yangi yutuqlarini, vositalarini qöllagan holda öquvçilarni yuqori professional darajada öqitiş; ta’lim jarayonida qulay iqlim yaratiş qobiliyati;
öqituvçi xodim mehnatining samaradorligi - öquvçilarni estetik tarbiyalaş va badiiy ta’lim berişda ijobiy natijalarni ta’minlaş;
öz sinfining kontingentini saqlab qolişni ta’minlovçi amaliy faoliyat, davlat talablari va dasturga amal qilgan holda öquvçilarga sifatli bilim beriş;
BMSMda öqitiş böyiça olib borilgan işlarning samaradorligi;
ijodiy jamoalar, uslubiy kengaşlar, tajriba maktablari, sinfdan taşqari va maktabdan taşqari işlar, maktabning ma’rifiy faoliyatida iştirok etiş;
öquvçilarining turli xil tanlovlar, festivallar va olimpiadalarda iştirok etişlari;
oliy ma’lumot (kamida bakalavr va musiqa sohasidagi örta mahsus tayanç ma’lumoti bilan) töğrisidagi diplom va oliy ma’lumotli öqituvçi lavozimida uç yildan kam bölmagan mehnat staji.
Magistr darajasiga ega bölgan öqituvçi xodimga attestatsiyadan ötguniga qadar ikkinçi malaka toifasi beriladi.
d) öqituvçiga birinçi malaka toifasini beriş quyidagi körsatgiçlar asosida amalga oşiriladi:
öqituvçi xodim malakasi - badiiy pedagogika amaliyoti va nazariyasidagi bilim darajasi, qobiliyat va könikmalari, ötayotgan fanining asoslarini, bolalar psixologiyasi asoslarini, öquv-uslubiy işlar tahlili;
öz fanini ötiş metodikasini puxta biliş, öquv-uslubiy işlarni tahlil qila oliş;
öqituvçi xodimning professionalizmi - öquv rejaning, dastur talablarining bajarilişini ta’minlaş, badiiy pedagogikaning eng yangi namunalarini qöllagan holda öquvçilarni yuqori professional darajada öqitiş;
öquv-tarbiyaviy jarayonda uslub, şakl va mazmunni tanlaşda psixologik xusussiyatlarni hisobga olişni biliş, öquvçining qiziqişi, qobiliyati, rivojlanişi va ösişini hisobga olgan holda pedagogik muammolarni hal qiliş;
zamonaviy pedagogik uslublarni amaliyotda qöllaşni biliş, iş jarayonida progressiv fikrlar, şakl va uslublarni qöllaş;
öquvçilar bilan işlaşda diagnostikaning taşkiliy şakllarini egallaş;
öqituvçi xodimning mehnat samaradorligi -ötayotgan fani böyiça dastur talablaridan oşadigan badiiy ta’limdagi yuqori natijalar böyiça, öquvçilarni estetik tarbiyalaş böyiça davlat talablari;
malaka oşiriş kurslarida muntazam va muvaffaqiyatli öqiş, viloyat, tuman va şahar uslubiy kengaşlarida faol iştirok etişi, öz işida yangi tajribalarni qöllaş;
sinfdan taşqari va maktabdan taşqari işlarda, jamoat işlarida faol iştirok etiş;
öquvçilarining turli xil tanlovlar, festivallar va olimpiadalarda iştirok etişlari va sovrinli örinlarni qölga kiritişlari;
BMSMga öqiş uçun öquvçilarni jalb qiliş samaradorligi böyiça;
oliy ma’lumot (kamida bakalavr va musiqa sohasidagi örta mahsus tayanç ma’lumoti bilan) töğrisidagi diplom va ikkinçi malaka toifali öqituvçi lavozimida uç yildan kam bölmagan mehnat staji.
e) öqituvçiga oliy malaka toifasini beriş quyidagi körsatgiçlar asosida amalga oşiriladi:
öqituvçi xodim malakasi - badiiy pedagogika amaliyoti va nazariyasidagi bilim darajasi, qobiliyat va könikmalari, ötayotgan fanining asoslarini, bolalar psixologiyasi asoslarini, öquv-uslubiy işlar tahlili;
öz fanini ötiş metodikasini puxta biliş, öquv-uslubiy işlarni tahlil qila oliş;
öqituvçi xodimning professionalizmi - öquv rejaning, dastur talablarining bajarilişini ta’minlaş, badiiy pedagogikaning eng yangi namunalarini qöllagan holda öquvçilarni yuqori professional darajada öqitiş;
öquv-tarbiyaviy jarayonda uslub, şakl va mazmunni tanlaşda psixologik xusussiyatlarni hisobga olişni biliş, öquvçining qiziqişi, qobiliyati, rivojlanişi va ösişini hisobga olgan holda pedagogik muammolarni hal qiliş;
pedagogik uslub va uning elementlarini mustaqil işlab çiqiş va samarali qöllaş, keng ommaga tavsiya qilinadigan yangi ta’lim dasturlari, pedagogik texnologiyalar, badiiy ta’lim va estetik tarbiyaning uslublarini mustaqil işlab çiqiş;
öqituvçi xodimning mehnat samaradorligi - ötayotgan fani böyiça dastur talablaridan oşadigan badiiy ta’limdagi yuqori natijalar böyiça, öquvçilarni estetik tarbiyalaş böyiça davlat talablari;
malaka oşiriş kurslarida muntazam va muvaffaqiyatli öqiş, viloyat, tuman va şahar uslubiy kengaşlarida faol iştirok etişi, öz işida yangi tajribalarni qöllaş;
sinfdan taşqari va maktabdan taşqari işlarda, jamoat işlarida faol iştirok etiş; şaxsiy uslubiy qöllanmalarni işlab çiqqanligi;
pedagogik faoliyatida tajriba usullarni qöllaşi; boşlanğiç badiiy ta’lim sohasidagi dolzarb masalalarni körib çiqiş böyiça ijodiy guruhlarni boşqarişi natijalari böyiça;
öquvçilarining turli xil tanlovlar, festivallar va olimpiadalarda iştirok etişlari va sovrinli örinlarni qölga kiritişlari;
BMSMga öqiş uçun öquvçilarni jalb qiliş samaradorligi böyiça;
oliy ma’lumot (kamida bakalavr va musiqa sohasidagi örta mahsus tayanç ma’lumoti bilan) töğrisidagi diplom va birinçi malaka toifali öqituvçi lavozimida uç yildan kam bölmagan mehnat staji.
III. Bilişi kerak:
a) ta’lim va tarbiya böyiça Özbekiston Respublikasining qonunlari;
b) boşlanğiç san’at ta’limi va estetik tarbiya sohasida amal qiluvçi me’yoriy-huquqiy hujjatlar;
d) Özbekiston Respublikasi boşlanğiç san’at ta’limi tizimi rivojlanişining ustuvor yönalişlari;
e) Davlat talablari(standartlari), olib borayotgan fani böyiça öquv reja va öquv dasturlarga talablar;
f) ötayotgan fani böyiça ta’limning ilğor şakllari va yuqori usullar, öquvçilarning estetik tarbiyasi va badiiy ta’limning didaktik yönalişlari;
g) bolalar psixologiyasi asoslari, ötayotgan fanini taşkil qiliş va ötiş uslublari, nazorat qiliş usullari, öquvçilar bilimini baholaş me’zonlari;
h) maqsadli individual ta’lim va estetik ta’limning şakllari va uslublari (individual şaklda işlaydigan öqituvçilar uçun);
i) ötayotgan fanidan badiiy pedagogika asoslari, şu jumladan, bilim faoliyati, tanqidiy fikr yuritiş, öquvçi ijodiy qobiliyatini şakllantiriş va rivojlantiriş asoslari;
j) ota-onalar bilan işlaş şakllari va uslublari;
k) mehnatni muhofaza qiliş qoidalari va me’yorlari, xavfsizlik texnikasi, maktab xavfsizligi, sanitariya va yonğin xavfsizligi qoidalari.
IV. Malaka talablari
a) musiqa va san’at sohasida maxsus oliy yoki örta-maxsus ma’lumotli diplom böyiça “öqituvçi” ixtisoslikka ega bölganlar;
b) iş stajiga bölgan talablar taqdimotisiz
V. Klassifikator böyiça:
Öqituvçi
| XALIKK-2017 | Lavozimning nomi | MMSK böyiça kodi | Xodim toifasi | Ta’limning eng past darajasi | ÖMKTMTYKM va OTYMK |
27121 27131-6 | Bolalar musiqa va san’at maktabi öqituvçisi | 2453 | M | ÖMKXT | 3150701, 3150702, 3151703, 3150704, 3150705, 3150201, 3150501,3150801,3150601 |
| 2716 | Bolalar musiqa va san’at maktabi öqituvçisi | 2453 | M | O/M | 5150100, 51502201, 5150501, 5150600, 5150700, 5151000,5151300, 5150200, 5150301, 5150302, 5150405 5111100, 5111101, 5150900 |