Boş sahifaga qaytiş
Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani
20-sonli bolalar musiqa va san’at
maktabi Ustavi bilan
TASDIQLANGAN

20-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi pedagogik kengaşini töğrisida
NIZOM

1. Davlatning musiqa va san’at yönalişi böyiça ta’lim siyosatini amalga oşiriş, maqsad va vazifalardan kelib çiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantiriş, uni takomillaştirişda pedagogik jamoaning faoliyat yönalişini belgilaş, ta’limdagi yutuqlarni va ilğor pedagogik tajribalarni amaliyotga joriy etişda pedagogik jamoani birlaştiriş, demokratiya, oşkoralik, özini özi boşqariş tamoyillari asosida boşqaruvni amalga oşiriş maqsadida muassasada pedagogik kengaş taşkil qilinadi.

Pedagogik kengaş muassasaning yuqori boşqaruv organi hisoblanadi.

2. 20-sonli BMSMning direktori pedagogik kengaş raisi hisoblanadi. Pedagogik kengaş kotibi pedagog xodimlar orasidan tayinlanadi.

Pedagogik kengaş raisi öz vazifasini bajara olmaydigan (kasal bölgan, xizmat safariga ketgan va hokazo) holatlarda uning vazifalari direktorning öquv-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari tomonidan amalga oşiriladi.

3. Pedagogik kengaş tarkibi muassasa direktori, direktorning öquv-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari va pedagog xodimlardan iborat böladi. Muassasaning har bir pedagog xodimi işga qabul qilingan paytdan boşlab pedagogik kengaşning a’zosi hisoblanadi.

4. Pedagogik kengaşda muhokama qilinadigan masalalarning mazmunidan kelib çiqib, yiğilişga tegişli Madaniyat boşqaruv organlari, ota-onalar qömitasi, fuqarolarning özini özi boşqariş organi, mahalliy davlat hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va boşqa taşkilotlar vakillari taklif qilinişi mumkin.

5. Pedagogik kengaşning faoliyati tegişli Madaniyat boşqaruv organlari (böysunuviga köra yuqori turuvçi taşkilot) tomonidan nazorat qilinadi.

6. Pedagogik kengaş faoliyati muassasayillik iş rejasida maxsus band bilan aks etadi. Iş reja pedagogik kengaş yiğilişida körib çiqilib, ma’qullanganidan söng pedagogik kengaş raisi tomonidan tasdiqlanadi.

7. Pedagogik kengaş yiğilişida muassasaning faoliyatiga oid eng muhim va dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

8. Pedagogik kengaş yiğilişi har çorakda kamida bir marta ötkaziladi. Zaruriyatga köra, navbatdan taşqari yiğiliş ötkazilişi mumkin.

Pedagogik kengaş yiğilişi bayonnomasi uning kotibi tomonidan yuritiladi. Bayonnoma pedagogik kengaş raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.

Bayonnomalarning raqami, sanasi va yiğilişda körilgan masalalar töğrisidagi ma’lumotlar pedagogik kengaş yiğilişi bayonnomalarini qayd etiş daftariga yozib boriladi. Pedagogik kengaş yiğilişi bayonnomalarini qayd etiş daftari raqamlanadi, ip ötkazib tikiladi hamda tegişli Madaniyat boşqaruv organi (böysunuviga köra yuqori turuvçi taşkilot) tomonidan imzolanib, muhrlanadi.

9. Bayonnomaning kiriş qismida pedagogik kengaş yiğilişi ötkazilgan sana, bayonnoma tartib raqami, iştirok etganlar va ularning soni yoziladi.

Pedagogik kengaş yiğilişi bayonnomalarini qayd etiş daftarida kun tartibiga kiritilgan masala muhokamasi, pedagogik kengaş a’zolari tomonidan kiritilgan taklif va mulohazalar hamda kun tartibidagi har bir masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar qayd etib boriladi.

Pedagogik kengaş yiğilişi bayonnomalarini raqamlaş har öquv-yili boşida (avgust oyida) yangidan boşlanadi.

10. Pedagogik kengaşning yiğilişlari, agar ularda barça kengaş a’zolari umumiy sonining kamida uçdan ikki qismi, navbatdan taşqari yiğilişda esa uçdan bir qismi iştirok etayotgan bölsa, vakolatli hisoblanadi.

11. Pedagogik kengaş qarorlarini qabul qiliş oçiq ovoz beriş orqali amalga oşiriladi.

Pedagogik kengaş qarori uning yiğilişida iştirok etgan a’zolari umumiy sonining oddiy köpçilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bölib qolgan taqdirda pedagogik kengaş raisi hal qiluvçi ovozga ega böladi.

12. Pedagogik kengaş yiğilişini ötkaziş vaqti, joyi va kun tartibi bir hafta oldin e’lon qilinadi (navbatdan taşqari pedagogik kengaş yiğilişi bundan mustasno).

13. Pedagogik kengaş yiğilişida muhokama qilinadigan masalalar böyiça tayyorlanadigan materiallar yiğiliş boşlanişidan kamida bir hafta oldin ijroçilar tomonidan rahbariyatga yoki yiğiliş kotibiga topşirilişi şart.

14. 20-sonli BMSMning pedagogik kengaşi quyidagi huquqlarga ega:

öquv jarayonini takomillaştiriş va moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça qarorlar qabul qiliş;

öquv-yili yakunida öquvçilarni keyingi sinfga köçiriş yoki sinfda qoldiriş masalalarini hal etiş;

öquv, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-metodik va tajriba-sinov işlarida faol iştirok etgan pedagog xodimlarni moddiy rağbatlantiriş yuzasidan muassasa huzuridagi maxsus komissiyaga taklif kiritiş;

pedagog xodimlar orasidan muassasa huzuridagi maxsus komissiyaning kamida ikki nafar a’zosini tayinlaş;

pedagog xodimning malaka toifasini oşiriş böyiça tavsiya beriş;

körik-tanlovlar, festivallar, ustoz saboqlari, mahorat darslari hamda boşqa musiqiy va san’at tadbirlarida öqituvçi-öquvçilarning iştirok etişlari uçun nomzodlarni tavsiya etiş;

öquv jarayonini takomillaştiriş böyiça çoralar köriş;

20-sonli BMSMning istiqbol rejasini belgilaş.

Pedagogik kengaş qonun hujjatlariga hamda öz vazifalariga muvofiq boşqa huquqlarga ham ega bölişi mumkin.

15. 20-sonli BMSMning pedagogik kengaşi quyidagilarga majbur:

muassasaning iş rejasi ijrosi böyiça belgilangan tartibda hisobotlar tinglaş;

pedagog xodimlar va öquvçilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş;

umumiy faoliyatga oid eng muhim va dolzarb masalalarni muhokama qiliş;

har çorakda metodik kengaşning faoliyatiga doir hisobotini körib çiqiş;

ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxşilaş böyiça berilgan har qanday taklifni qabul qiliş va körib çiqiş;

dars maşğulotlari öquv rejasini öquvçilar tomonidan özlaştirişga qulay bölişi nuqtai nazaridan takomillaştiriş;

ta’lim-tarbiyaga oid munozarali masalalarni muhokama qiliş va yakuniy qaror qabul qiliş;

zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etiş böyiça pedagogik izlanişlarni va ijodiy taşabbuskorliklarni qöllab-quvvatlaş;

öquv jarayonini samarali taşkil qilişning turli şakl va uslublarini muhokama qiliş va amaliyotga tatbiq etiş;

pedagog xodimlarga maktabdan taşqari ta’limga oid normativ-huquqiy va metodik hujjatlarning yetkazilişi va tuşuntiriş işlarining olib borilişini nazorat qiliş.

Pedagogik kengaş faoliyati qonun hujjatlarida közda tutilgan boşqa majburiyatlar va vazifalarga ham ega bölişi mumkin.

16. 20-sonli BMSMda pedagogik kengaş faoliyatiga oid quyidagi hujjatlar bölişi lozim:

Madaniyat boşqaruv organi (böysunuviga köra yuqori turuvçi taşkilot) tomonidan tasdiqlangan muassasaning pedagogik kengaşi töğrisidagi nizom;

pedagogik kengaş yiğilişi bayonnomalarini qayd etiş daftari.

Kengaş qarorlarini ijroga yönaltiriş yoki talab etilganda pedagogik kengaş yiğilişi bayonnomasidan köçirma tayyorlanişi mumkin.

17. Pedagogik kengaş yiğilişi bayonnomalarini qayd etiş daftarining saqlanişiga pedagogik kengaş raisi va kotibi javobgar hisoblanadi.

Pedagogik kengaş yiğiliş bayonnomalarini qayd etiş daftari yuritilişga qarab (bir neça qismli daftarlar ham tutilişi mumkin) 5-yil davomida saqlanadi hamda örnatilgan tartibda arxivga topşiriladi.

18. Pedagogik kengaş qarorlarini bajariş belgilangan xodimlar uçun majburiy bölib, qarorlar ijrosining umumiy nazorati pedagogik kengaş raisi tomonidan amalga oşiriladi.

19. Pedagogik kengaşda muassasa faoliyatiga oid turli qarorlar, şuningdek, kengaş a’zolari röyxatini tasdiqlaş töğrisidagi qaror qabul qilinadi.