Boş sahifaga qaytiş
  • BMSMga öqişga topşiriş uçun qanday hujjatlar taqdim etiladi?

    BMSMga öqişga topşiriş uçun öquvçining ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi vakillar har yili 1 dan 25-avgustgaça qabul komissiyasiga quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:

    a) ta’lim yönalişi körsatilgan ariza;

    b) öquvçining tuğilganlik töğrisidagi guvohnomaning nuşasi;

    d) soğligi töğrisida tibbiy ma’lumotnoma;

    e) 3 x 4 sm öçlamda 2 ta rasm

  • Musiqa yönalişiga bolalarni qabul qilişning qanday asosiy mezonlari mavjud?

    Musiqa yönalişlariga qabul qabul sinovlari natijalari böyiça tanlov asosida amalga oşiriladi.

    Kiriş imtihonlarida komissiya quyidagilarni baholaydi:

    1. Musiqiy eşitiş qobiliyati: ijro etilayotgan aşulada ohangning tozaligi, alohida tovuşlarni va qisqa kuylarni aniq takrorlaş, garmonik birikmada tovuşlar sonini aniqlaş.

    2. Ritmni his qiliş: berilgan oddiy ritmik sanoqni aniq takrorlaş.

    3. Musiqiy xotira: bir marta kuyni çalib beriş va çapak çalib berilgandan keyin kuy va ritmik sanoqni aniq takrorlab beriş.

  • Öquvçilar qanday xolatlarda maktab röyxatidan öçiriladi?

    BMSMning öquvçilar röyxatidan öquvçini öçiriş quyidagi tartibda amalga oşiriladi:

    1. Ota-onalarning arizasiga binoan maktab hamda öquvçining ota-onasi (qonuniy vakili) örtasidagi munosabatlarning tugatilişida;

    2. Akademik ta’tilda bölgan va 10 kun davomida öz vaqtida darslarga kelmagan öquvçilar öqituvçining yoki bölim boşliğining bildirişnomasiga asosan;

    3. Badal tölovidan qarzdorligi bor va ikki hafta mobaynida öz vaqtida ota-onasi badal tölovini tölamagan öquvçilar öqituvçining(sinf rahbari) bildirişnomasiga asosan.

    4. Öquvçi öquv çoragida guruhli darslarning 50% dan ortiğida sababsiz iştirok etmagan bölsa, nazariy fanlar yoki maxsus fanlar bölimi mudiri öqituvçilar kengaşiga öquvçini maktab röyxatidan öçiriş yoki çora köriş töğrisida bildirişnomasiga asosan.

    Öquvçini maktab röyxatidan öçiriş öqituvçilar kengaşining qaroriga asosan maktab direktorining buyruği bilan rasmiylaştiriladi.

  • Öquvçi betob bölib qolsa ota-ona badal pulidan ozod etiladimi?

    Öquvçi betoblik vaqti 15 kundan oşsa tibbiy ma'lumotnoma olib kelgan taqdirda ota-ona badal pulidan şu kunlar uçun ozod qilinadi.

  • BMSMda öquvçilarning bilimi qanday baholanadi?

    Öquvçilarning bilimi va ijodiy mahorati quyidagi tartibda baholanadi: 5 (a’lo), 4 (yaxşi), 3 (qoniqarli), 2 (qoniqarsiz).
  • BMSMga kiriş imtihonlari qaçon böladi?

    Imtihonlar har yili 31-avgustgaça öquvçining ijodiy qobiliyatini aniqlaş maqsadida ötkaziladi. Imtihonlar qabul komissiyasi huzurida ötkaziladi.

    Imtihonlar bir marta topşiriladi, qayta topşirişga yöl qöyilmaydi.

    Imtihonlar ijodiy qobiliyatni aniqlaş va maxsus fanlar böyiça qabul sinoviga bölinadi.

  • BMSMda ta’lim oliş tölovi qanday amalga oşiriladi?

    Bolalar musiqa va san’at maktabida ta’lim oliş tölov asosida amalga oşiriladi.

    Bunda bir oiladan ikki yoki undan köp bolalar öqişga qatnasa tölov miqdori belgilangan stavkaning 70 % miqdorida undiriladi.

    Tölov öquv yili (sentyabr - may oylari) uçun tölanadi. Tölovlar har oyda kelgusi oyning 5-sanasidan keçikmasdan tölanadi.

  • BMSMda ta’lim oliş tölovi miqdori qança?

    BMSMda ta’lim oliş tölovi miqdori:

    - musiqa yönalişida yil boşida eng kam iş haqi miqdorining 75 foizi;

    - san’at yönalişida yil boşida eng kam iş haqi miqdorining 50 foizi.

    Bir oilaning ikki va undan ortiq farzandlari öqisa, ularning har biri uçun belgilangan tölovning 70% miqdorida tölov amalga oşiriladi

  • Tölovdan ozod qiliş tartibi qanday?

    Töliq davlat ta’minotida bölgan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar ham bolalar musiqa va san’at maktablarida öqiş uçun belgilangan tölovlardan ozod etiladi.

    Töliq davlat ta’minotida bölgan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarning öqişi uçun tölovdan ozod etişga mahalla fuqarolar yiğini tomonidan berilgan ma’lumotnoma asos böladi.

    Bolalar musiqa va san’at maktablarida öquvçilar umumiy sonining 25 foizi doirasida bolalarning quyidagi toifalari tölovdan ozod etiladi:

    -musiqa va san’at yönalişlari böyiça xalqaro (1 - 3-örinlar) va respublika (1-örin) tanlovlarida ğolib bölgan bolalar - bir kalendar yil mobaynida (ğolib deb e’lon qilingandan keyingi oydan boşlab 12 oy mobaynida);

    -kam ta’minlangan oilalardan bölgan bolalar.

    Musiqa va san’at yönalişlari böyiça xalqaro (1 - 3-örinlar) va respublika (1-örin) tanlovlarida ğolib bölgan bolalarni bir kalendar yil mobaynida öqitiş uçun tölovdan ozod etişga ularning tanlovda ğolib bölganligini tasdiqlovçi hujjati asos böladi.

    Kam ta’minlangan oilalarning bolalarini tölovdan ozod etiş uçun quyidagi hujjatlar taqdim etilişi lozim:

    a) ota-onalarning arizasi;

    b) oilaning kam ta’minlanganligi töğrisida fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan beriladigan ma’lumotnoma.

    Oilaning bir a’zosiga bir oyda töğri keladigan jami daromadi eng past darajada bölgan kam ta’minlangan oilalarning bolalari tölovdan ozod etiladigan bolalarning röyxatiga birinçi navbatda kiritiladi.

    Röyxatga kirmagan kam ta’minlangan oilalarning bolalaridan zaxira şakllantiriladi.

    Tölovdan ozod etiladigan bolalarning röyxati bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining buyruği asosida tasdiqlanadi.

  • Q. Is Outdoor Play Supervised?

    Lorem ipsum dolor amet consectetur adipisicing sed do eiusmod tempor incididunt ut labore magna aliqua enim minim veniam quis nostrud.
  • Q. Is Outdoor Play Supervised?

    Lorem ipsum dolor amet consectetur adipisicing sed do eiusmod tempor incididunt ut labore magna aliqua enim minim veniam quis nostrud.