Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bölgan milliy maqom san’ati özining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda alohida muhim örin egallaydi.
Asrlar davomida uluğ şoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning maşaqqatli mehnati va fidoiyligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan uşbu noyob san’at nafaqat yurtimiz va şarq mamlakatlarida, balki dunyo miqyosida katta şuhrat va e’tibor qozongan. Maqom san’atining gultoji bölgan “Şaşmaqom” YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatda e’tirof etilgani hamda uning Reprezentativ röyxatiga kiritilgani buning yaqqol tasdiğidir.
Ötgan davr mobaynida mamlakatimizda maqom san’atini örganiş va rivojlantiriş borasida muayyan işlar amalga oşirildi. Ayniqsa, özbek “Şaşmaqomi” nota matnlarining naşr etilişi va ularga muvofiq ravişda maqom kuy-qöşiqlarining magnit lentalarga yozib olinişi ulkan ilmiy-madaniy ahamiyatga ega voqea böldi.
Hozirgi kunda yurtimizda Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli, hududlarda maqom jamoalari, Özbekiston davlat konservatoriyasida şu yönalişda maxsus kafedra faoliyat körsatayotgani, sohaga oid ilmiy izlanişlar olib borilayotganini qayd etiş lozim.
Ayni vaqtda milliy özligimizni anglaş, madaniyatimizni har tomonlama rivojlantiriş, xalqimiz, avvalo, yoş avlodimizni yuksak insoniy tuyğular ruhida tarbiyalaş, uning estetik didi va tafakkurini şakllantirişda maqom san’atining keng imkoniyatlaridan yetarliça foydalanilmayapti.
Mazkur yönalişda çuqur ilmiy-nazariy tadqiqotlar, öquv-uslubiy adabiyotlar yaratiş, maqom san’atini radio-televideniye, ommaviy axborot vositalari, Internet tarmoği orqali mamlakatimizda va çet ellarda tarğib etiş, maqom ustozlari, soha olimlari va mutaxassislarining, iqtidorli va istiqbolli yoş ijroçilar faoliyatini moddiy va ma’naviy jihatdan qöllab-quvvatlaş işlari e’tibordan çetda qolib kelmoqda.
Yuqorida zikr etilgan kamçilik va muammolarni bartaraf etiş, özbek maqom san’atini çuqur örganib, öziga xos ijro maktablari va an’analarni yangi bosqiçda ravnaq toptiriş, uning “oltin fondi”ni yaratiş va boyitiş, xalqaro nufuzini oşiriş va keng tarğib qiliş maqsadida:
1. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasining davlat muassasasi şaklida Özbek milliy maqom san’ati markazi (keyingi örinlarda — Maqom markazi) faoliyatini taşkil etiş haqidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
Özbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirişga doir çora-tadbirlar dasturini amalga oşiriş böyiça Respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga;
Özbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirişga doir çora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga;
Özbek milliy maqom san’ati markazining tarkibiy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Özbek milliy maqom san’ati markazining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Özbekistonda maqom san’atini yanada rivojlantiriş, bu borada şakllangan ijro va ijodiy maktablari va an’analarni, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini çuqur ilmiy asosda örganiş va qayta tiklaş;
özbek maqom san’ati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining “oltin fondi”ni yaratiş;
xalqimiz, xususan, yoş avlodni maqom san’ati bilan keng taniştiriş orqali ularda milliy özlikni anglaş tuyğusi yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptiriş;
maqom san’ati böyiça ilmiy tadqiqotlar olib boriş va tarğib qiliş böyiça xalqaro hamkorlikni yölga qöyiş;
mumtoz musiqa merosimiz namunalarini notaga oliş, mavjud yozuvlarni takomillaştiriş va amaliyotga joriy etiş, maqom san’atining ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbaşariy qadriyatlar bilan boğliq jihatlarini yurtimiz olimlari va çet ellik mutaxassislar iştirokida çuqur örganib, yangi ilmiy tadqiqotlar yaratiş;
maqom san’atining köp asrlik ijro yöllarini puxta özlaştirib, ularni yangiça usullar bilan boyitib, yoş avlod vakillariga örgatib kelayotgan maqomçilar, maqomşunos ilmiy-pedagog olimlar va mutaxassislar, Maqom markazi xodimlari faoliyatini moddiy va ma’naviy jihatdan qöllab-quvvatlaş;
Yurtimizda maqom san’ati böyiça xorijiy yetuk ijroçilarning özaro tajriba almaşuvi, mahorat darslari hamda turli xalqaro maqom anjumanlari va tanlovlarini taşkil etiş;
respublika hududlarida taniqli maqom ijroçilarining konsertlarini va mahorat darslarini taşkillaştiriş;
maqom san’atini radio-televideniye, ommaviy axborot vositalari va Internet orqali Özbekiston va çet ellarda keng tarğib etiş.
4. Madaniyat vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi:
Özbekiston davlat konservatoriyasining Musiqiy şarqşunosliq kafedrasi negizida “Özbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasini taşkil etiş, viloyatlardagi pedagogik oliy ta’lim muassasalarining musiqiy ta’lim yönalişida maqom san’atini maxsus fan sifatida öqitişni joriy etiş;
mazkur ta’lim muassasalariga malakali mutaxassislar, professor-öqituvçilarni jalb etiş, ular uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş, tegişli darslik, öquv qöllanma va ilmiy-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlaş;
respublikadagi mavjud bolalar musiqa va san’at maktablari xamda madaniyat va san’at kollejlari va akademik litseylarda maqom san’atini öqitiş böyiça bölimlar faoliyatini yanada kuçaytiriş;
maqom san’atining ijodiy, ilmiy-uslubiy va ijro an’analarini puxta özlaştiriş va munosib davom ettiriş maqsadida, ta’lim muassasalariga mohir maqomçi san’atkorlarni biriktiriş va şu asosda “ustoz-şogird” maktablarini taşkil etiş vazifasi topşirilsin.
5. 2018-yildan boşlab Şahrisabz şahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati anjumanini ötkaziş belgilansin.
Respublika komissiyasiga:
Madaniyat vazirligi, Taşqi işlar vazirligi, YUNESKO işlari böyiça Özbekiston Respublikasi milliy komissiyasi, Quriliş vazirligi, Qaşqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda, 6 oy muddatda Şahrisabz şahrining Oqsaroy maydonida mazkur anjumanni ötkaziş uçun zarur madaniy infratuzilma inşootlarini barpo etiş böyiça takliflar kiritiş;
Xalqaro maqom san’ati anjumanining ilmiy-ijodiy konsepsiyasi va Nizomini işlab çiqiş;
Oqsaroy maydonining tarixiy qismida maqom san’atiga bağişlangan muzey va milliy sozlar laboratoriyasini taşkil etiş;
Şahrisabz şahar madaniyat saroyini kapital ta’mirlaş, hozirgi vaqtda Oqsaroy maydonidagi mavjud Maqom markazi hamda bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyatlarini takomillaştiriş;v
Xalqaro maqom san’ati anjumanini yuksak saviyada ötkaziş uçun xorijiy davlatlardan taniqli musiqaşunos olimlar, san’atkorlar, ijodiy jamoalar va mutaxassislarni taklif etiş;
2018-yildan boşlab sohada faol ijod qilayotgan san’atkorlarni qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş maqsadida “Eng yaxşi maqom xonandasi”, “Eng yaxşi maqom sozandasi”, “Eng yaxşi maqom ustozi”, “Eng yaxşi maqom tarğibotçisi”, “Eng yaxşi yoş maqomçi” kabi nominatsiyalar böyiça mukofotlar ta’sis etiş;
Özbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirişga doir çora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş vazifalari yuklatilsin.
6. Maqom markazi Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Toşkent radioeşittiriş uyi” binosiga ijara tölovisiz vaqtinça joylaştirilsin. (Toşkent şahar, Yaşnobod tumani, Maxtumquli köçasi 49-uy.)
Madaniyat vazirligi, “Davarxitektquriliş” qömitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Toşkent şahar hokimligi 1 oy muddatda Maqom markazi uçun zamonaviy talablarga javob beradigan loyiha asosida yangi bino quriş böyiça taklif kiritsin.
Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi öz tizimi uçun budjetdan ajratilgan yillik mablağlari doirasida doimiy ravişda “Toşkent radioeşittiriş uyi”da ovoz yoziş studiyalari va texnik vositalardan Maqom markazi uçun bepul foydalaniş va Maqom ansambli tomonidan ijro etiladigan musiqiy asarlarni yozib oliş, efirga beriş va tarğibot qilişni ta’minlasin.
7. Maqom yönalişida ijod qilib kelayotgan ijodiy jamoalar, ansambllar 2023-yilgaça barça soliq tölovlaridan ozod etilsin.
8. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.
Maqom markaziga 1 ta yengil avtomobil va 1 ta avtobus harid qiliş uçun mablağlar ajratsin.
“Toşkent radioeşittiriş uyi”da Maqom markaziga ajratilgan xonalarni joriy ta’mirlaş uçun mablağ ajratsin.
Maqom san’atini tadqiq qiliş bilan boğliq ilmiy izlanişlar, öquv qöllanmalar, tarjimalar, ilmiy va uslubiy adabiyotlarni naşr qiliş harajatlari Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablağlar doirasida moliyalaştirilişini ta’minlasin.
Özbek milliy maqom san’ati markazini moliyalaştiriş hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida taşkil etiladigan hududiy bölimlarini saqlab turiş va moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari, öz daromadlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobiga amalga oşiriladi.
9. Madaniyat vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari uç oy muddatda viloyatlarda Özbek milliy maqom san’ati markazining yuridik şaxs maqomiga ega bölgan hududiy bölimlarini taşkil etsin.
10. Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga maqom san’atini rivojlantiriş va tarğib qiliş böyiça xorijiy davlatlar bilan olib boriladigan barça hamkorlik işlarini örnatilgan tartibda taşkil etişda amaliy yordam körsatsin.
11. Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Özbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi maqom san’atini rivojlantiriş böyiça bajarilgan işlarni muntazam ravişda yoritib boriş maqsadida alohida dastur işlab çiqsin va amalga oşirsin.
12. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda, bir oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu qarordan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A. Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi X. Sultonov zimmasiga yuklansin.
| Aripov A. | — | Özbekiston Respublikasining Boş vaziri, taşkiliy qömita raisi |
| Sultonov X. | — | Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi |
| Mamatov R. | — | Özbekiston Respublikasi mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri |
| Sayfullayev B. | — | Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri |
| Saidova G. | — | Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri |
| Xadjayev B. | — | Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri |
| Davletov R. | — | Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri |
| Majidov I. | — | Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri |
| Inoyatov U. | — | Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri |
| Komilov A. | — | Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri |
| Abduhalimov B. | — | Özbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti |
| Boltabayev M. | — | Özbekiston Fan va texnologiyalar agentligi boş direktori |
| Usmanov R. | — | Toşkent şahar hokimi |
| Röziyev Z. | — | Qaşqadaryo viloyati hokimi |
| Xadjayev A. | — | Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.v.b. |
| Köçimov A. | — | Özbekiston Milliy axborot agentligi boş direktori |
| Tangriyev L. | — | Özbekiston Matbuot va axborot agentligi boş direktori |
| Abdullayev R. | — | Özbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyuşmasi raisi |
| Axmedov M. | — | Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi |
| Qodirov A. | — | Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari |
| Zakirov B. | — | “Davarxitektquriliş” qömitasi raisi |
| IsmoilovA. | — | Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli badiiy rahbari |
| Ibrohimov O. | — | Özbekiston Fanlar akademiyasi San’atşunoslik ilmiy-tadqiqot instituti yetakçi ilmiy xodimi |
| Begmatov S. | — | Özbekiston davlat konservatoriyasi professori |
| T/r | Amalga oşiriladigan çora-tadbirlar | Ijro muddati | Mas’ul ijroçilar |
|---|---|---|---|
| 1 | Özbek milliy maqom san’ati markazining Ustavini işlab çiqiş va örnatilgan tartibda davlat röyxatdan ötkazilişini ta’minlaş. | 2017-yil noyabr | Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi |
| 2 | Özbek milliy maqom san’ati markazining ştatlar jadvalini işlab çiqiş va uni tasdiqlaş, bunda konsert va ilmiy-tadqiqot muassasalar taşkilotlari xodimlari meqnatiga haq tölaş tartibini qöllaşni nazarda tutgan holda joriy etiş. | 2017-yil dekabr | Madaniyat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Özbek milliy maqom san’ati markazi |
| 3 | Özbek milliy maqom san’ati markazi xodimlarining faoliyat yönalişlari va funksiyalarini belgilaş böyiça lavozim yöriqnomasini işlab çiqiş. | 2017-yil noyabr | Özbek milliy maqom san’ati markazi |
| 4 | Özbek milliy maqom san’ati markazida faoliyat olib boradigan ustozlar va ilmiy xodimlar tarkibini şakllantiriş; maqom san’atining keng miqyosdagi tarğibotini amalga oşiriş maqsadida şarq xalqlari musiqa san’ati namunalari va yetuk namoyandalarining konsertlari hamda mahorat darslarini taşkil etiş. | 2017-yil oktyabr muntazam | Madaniyat vazirligi, Özbek milliy maqom san’ati markazi |
| 5 | Viloyatlarda Özbek milliy maqom san’ati markazining hududiy bölimlarini taşkil etiş böyiça Respublika komissiyasiga taklif tayyorlaş. | 2019-yil noyabr | Madaniyat vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari |
| 6 | Özbek milliy maqom san’ati markazi joylaşgan binoning markazga ajratilgai qismini ta’mirlaş va zarur mebel, inventarlar hamda uskunalar bilan jihozlaş. | 2017-yil noyabr | Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Özbek milliy maqom san’ati markazi |
| 7 | Milliy musiqa çolğularida parda tizimini muvofiqlaştiriş va sadolarini asl holiga keltiriş, markazda çolğularning akustik xususiyatlarini örganiş va rivojlayatiriş maqsadida xorijiy davlatlardan maxsus anjomlarni keltiriş. | 2017-yil dekabr | Madaniyat vazirligi,Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Özbek milliy maqom san’ati markazi |
| 8 | Özbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlaşmasi tarkibida faoliyat yuritayotgan Y. Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblini Özbek milliy maqom san’ati markazi tarkibiga ötkaziş. | 2017-yil noyabr | Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi |
| 9 | Yunus Rajabiy nomidagi Yoş maqom ijroçilarining Respublika körik-tanlovini tiklaş hamda uni ötkaziş. | 2018-yildan boşlab har ikki yilda bir marta | Madaniyat vazirligi, Özbek milliy maqom san’ati markazi |
| 10 | Özbek milliy maqom san’ati markazining “Internet”dagi veb-saytini yaratiş, uni özbek maqomi tarixi, yönalişlari, maqom asoslariga oid ma’lumotlar bilan töldirib yangilab boriş. | 2017-yil noyabrdan boşlab muntazam | Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Özbek milliy maqom san’ati markazi |
| 11 | Respublika hududlarida taniqli maqom ijroçilarining konsertlarini va mahorat darslarini taşkil etiş. “Art-turizm” dasturi doirasida xorijiy mehmonlar uçun nufuzli konsert-leksiyalarni taşkil etiş. | 2017-yil noyabrdan boşlab muntazam | Madaniyat vazirligi, “Özbekkonsert” davlat muassasasi,Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Özbek milliy maqom san’ati markazi |
| 12 | Yoş maqom ijroçilarni moddiy va ma’naviy qöllab-quvvatlaş maqsadida ularni ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar bilan ta’minlaş böyiça aniq takliflar tayyorlaş va Vazirlar Mahkamasiga kiritiş. | 2017-yil dekabr | Madaniyat vazirligi, Özbek milliy maqom san’ati markazi |
| 13 | Özbekiston davlat konservatoriyasi, Özbekistoni davlat san’at va madaniyat instituti, madaniyat va san’at kollejlari, ixtisoslaştirlgan musiqa akademik litseylari, bolalar musiqa va san’at maktablarida milliy maqomlar (Buxoro şaşmaqomi, Xorazm olti yarim maqomi va Dutor maqomlari, Farğona — Toşkent maqom yöllari, Özbek “Şaşmaqomi” hamda yangi yönalişlar) tizimli ravişda öquv dasturlariga kiritiş. | 2018-2019 öquv yilidan boşlab | Madaniyat vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Örta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Özbek milliy maqom san’ati markazi |
| 14 | Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalarida maqom ijroçilarining körik-tanlovlarini ötkaziş, milliy maqom san’atini noyob meros sifatida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib boriş. | 2017-yil noyabrdan boşlab muntazam | Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Örta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Özbek milliy maqom san’ati markazi |
| 15 | Bastakorlar örtasida “Maqom yöllarida yaratilgan eng yaxşi asar” nominatsiyasi böyiça tanlovlar ötkazib boriş. | 2018-yildan boşlab muntazam | Madaniyat vazirligi, Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasi, Özbek milliy maqom san’ati markazi |
| 16 | Kompozitorlar örtasida milliy maqomlar asosida yaratilgan zamonaviy yönalişda eng yaxşi sahna asarlar (simfoniya, konsert, kamer-çolğu, yirik yönalişdagi sahna asarlari va boşqa) tanlovlarni taşkil etiş va ögkaziş. | 2019-yildan boşlab har ikki yilda bir marta | Madaniyat vazirligi, Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasi, Özbek milliy maqom san’ati markazi |
| 17 | Musiqaşunoslar orasida respublikamiz va xorijiy mamlakatlariing yirik olimlarini jalb etgan holda doimiy raviişda tanlov va öquv seminarlarini taşkil etiş. | 2019-yildan boşlab har ikki yilda bir marta | Madaniyat vazirligi, Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasi, Özbek milliy maqom san’ati markazi, Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab- quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi |
| 18 | Köp asrlik maqom ijodkorligi an’analarini özlaştirgan, özining iste’dodi va salohiyati bildn ularni zamon ruhi bilan boyitib, “ustoz-şogird” ta’limiga muvofiq yoş avlodga singdirib kelayotgan taniqli bastakor va musiqaşunoslarni Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan moddiy rağbatlantiriş. | 2018-yildan boşlab muntazam | Madaniyat vazirligi, Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasi, Özbek milliy maqom san’ati markazi |
| 19 | Maqom yölida ijod qilgan ustoz san’atkorlar hayoti va ijodiga doir ommabop va maxsus ilmiy kitoblar, nota töplamlari va annotatsiyali nota albomlarni naşr etiş, respublikamizdagi bolalar musiqa va san’at maktablari, madaniyat va sanat kollejlari va oliy öquv yurtlarida foydalanişlari uçun tarqatiş, şu borada turli konferensiya va seminarlar ötkaziş; | 2018-yildan boşlab muntazam | Özbekistoi Rsspublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Fan va texnologiyalar agentligi, Özbekiston Matbuot va axborot agentligi, Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasi, Özbek milliy maqom san’ati markazi |
| Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik institutida saqlanayotgan musiqaga oid qölyozmalar ustida tadqiqot işlarini olib boriş va ularning natijalarini monografiya, kitob va töplamlar tarzida naşrga tayyorlaş va çop etiş; | 2018-yildan boşlab reja asosida | ||
| Abu Nasr Forobiy, Muhammad Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Faxriddin Roziy, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Maroğiy, Abdurahmon Jomiy, Najmiddin Kavkabiy, Darviş Ali Çangiy, Abdurauf Fitrat, Bekjon Rahmon, Matyusuf Harratov, Ğulom Zafariy va boşqa allomalarning musiqaga oid risolalarini, jumladan, Özbekiston Respublikasi Fanlar aqademiyasi San’atşunoslik ilmiy tadqiqot instituti arxivida saqlanyotgan S. Urmaviyning “Kitab al’-advar”, Darviş Ali Çangiyning “Risolai musiqiy” qölyozmalarini naşrga tayyorlab çop etiş; | 2018 — 2020 yillar | ||
| I. Rajabovning “Şarq musiqasi atamalarinint qisqaça izohli luğati”, “Maqom asoslari” qölyozmalarini naşrga tayyorlab kitob holida çop etiş; | 2019-yil noyabr | ||
| O. Matyoqubovning “Özbek musiqasi” fundamental tadqiqotini naşr etiş; ikki jildlik “Maqom” ensiklopediyasini tuziş va naşr etiş; | 2018-yili | ||
| Buxoro Şaşmaqomi, Xorazm olti yarim Dutor maqomlari, Farğona — Toşkent maqom yöli mavzularida yirik (fundamental) tadqiqotlarni olib boriş uçun tadqiqotçi olimlarga yaqindan amaliy kömak beriş. | 2018-yildan boşlab muntazam | ||
| 20 | Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi orqali maqom san’atini tarğib qiluvçi maxsus ilmiy-ommabop körsatuv namoyişini taşkil etiş; yoş iqtidorli ijroçilar va musiqaşunos olimlarni milliy maqom san’atini tarğib etişda xorijiy mamlakatlar bilan ijodiy tajriba almaşiş maqsadida xizmat safarlariga yuboriş hamda ularga xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda qatnaşiş imkonini yaratiş. | 2017-yil dekabrdan boşlab muntazam | Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Madaniyat vazirligi, Özbekiston Jurnalistlari uyuşmasi, Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi, Özbekistoi elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi |