Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat ta’lim xizmatlari körsatiş faoliyatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3276-son va “Ta’lim sifatini nazorat qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4119-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim taşkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2019-yil 1-sentabrdan boşlab amaliyotga joriy etilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida” 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qaroriga (Özbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 29-son, 698-modda) 2-ilovaga muvofiq özgartirişlar kiritilsin.
3. Özbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari öz kuçini yöqotgan deb hisoblansin.
4. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda uşbu qarorga muvofiqlaştirsin.
5. Uşbu qarorning 2 va 3-bandlari 2019-yil 1-sentabrdan boşlab kuçga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari A.A. Abduxakimov va Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliği U.N. Taşkenbayev zimmasiga yuklansin.
1. Uşbu Nizom “Ta’lim töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq idoraviy mansubligi va taşkiliy-huquqiy şakllaridan qat’i nazar Özbekiston Respublikasining maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, kasb-hunar, maktabdan taşqari, oliy, oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi ilmiy va ta’lim taşkilotlari, kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş davlat ta’lim muassasalarini hamda nodavlat ta’lim taşkilotlarini (keyingi örinlarda — ta’lim taşkilotlari) attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan (keyingi örinlarda — akkreditatsiya) ötkaziş tartibini belgilaydi.
2. Ta’lim taşkilotlari attestatsiyasi (keyingi örinlarda attestatsiya deb ataladi) va akkreditatsiyasi Özbekiston Respublikasining “Ta’lim töğrisida“gi Qonunida hamda uşbu Nizomda belgilangan talablar asosida ötkaziladi.
Ta’lim taşkilotlarini attestatsiyadan va akkreditatsiyadan ötkaziş uşbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema böyiça amalga oşiriladi.
3. Ta’lim taşkilotlarini akkreditatsiyadan ötkaziş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi (keyingi örinlarda Davlat
inspeksiyasi deb ataladi) tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oşiriladi.
Attestatsiya ta’lim taşkilotining faoliyatini baholaşda davlat nazoratining asosiy şakli hisoblanadi va ta’lim taşkilotlarida kadrlar tayyorlaş mazmuni, darajasi va sifatining davlat ta’lim standartlari hamda davlat ta’lim talablariga hamda öquv dasturlariga muvofiqligini aniqlaşdan iborat.4. Attestatsiyaning asosiy prinsiplari quyidagilar hisoblanadi:
mustaqillik;
xolislik;
oşkoralik;
şaffoflik;
odillik;
davriylik.
5. Akkreditatsiya ta’lim taşkilotlari faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda öquv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilişi hamda ularning bitiruvçilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot töğrisidagi hujjatlarni topşiriş huquqini berişdan iborat.
6. Yangi taşkil etilgan ta’lim taşkilotlari ular taşkil etilgan paytdan boşlab 5 yil muddatga akkreditatsiyadan ötgan deb hisoblanadi.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari taşkil etilgan paytdan boşlab 6 yil muddatga akkreditatsiyadan ötgan deb hisoblanadi.
Belgilangan muddatlar tugaganidan söng ta’lim taşkilotlari akkreditatsiyadan ötkazilişi şart.
7. Litsenziyaga ega bölgan nodavlat ta’lim taşkilotlari tomonidan davlat namunasidagi ma’lumot töğrisidagi hujjat davlat ta’lim standartlari yoki davlat ta’lim talablari asosida ta’lim olgan bitiruvçilarga beriladi.
Davlat ta’lim standartlari yoki davlat ta’lim talablaridan taşqari ta’lim dasturlari asosida ta’lim olgan nodavlat ta’lim taşkilotlari bitiruvçilariga davlat namunasidagi ma’lumot töğrisidagi hujjat berilmaydi.
8. Ta’lim taşkilotlarini akkreditatsiyadan ötkaziş quyidagi bosqiçlardan iborat:
attestatsiyadan ötkaziş jarayoniga tayyorgarlik köriş;
ta’lim taşkilotlarini attestatsiyadan ötkaziş va uning natijalarini tahlil qiliş;
attestatsiya natijalariga köra ta’lim taşkilotlarini akkreditatsiyadan ötkaziş böyiça qaror qabul qiliş;
attestatsiyadan ötkaziş jarayonida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş çora-tadbirlarini belgilaş;
attestatsiya natijalari böyiça işlab çiqilgan çora-tadbirlar ijrosini nazorat qiliş.
9. Davlat inspeksiyasi Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi hamda tizimida davlat ta’lim muassasalari bölgan boşqa vazirliklar va idoralar bilan kelişgan holda uşbu Nizom talablaridan kelib çiqib ta’lim taşkilotlarini attestatsiyadan ötkaziş mezonlarini işlab çiqadi hamda attestatsiya ular asosida ötkaziladi.
10. Attestatsiya Davlat inspeksiyasi tomonidan taşkil etiladi.
Attestatsiya ta’lim taşkilotlarining faoliyatini içki va taşqi baholaşdan iborat ikki bosqiçda amalga oşiriladi.
Ta’lim taşkilotlarining faoliyatini içki baholaş ta’lim taşkilotlari tomonidan özini özi baholaş hisoblanadi.
Ta’lim taşkilotlarining faoliyatini taşqi baholaş içki baholaş ötkazilganidan keyin ta’lim taşkilotlari faoliyatiga Davlat inspeksiyasi tomonidan baho beriş hisoblanadi.
11. Quyidagilar ta’lim taşkilotlari faoliyatini içki baholaşning asosiy maqsadi hisoblanadi:
ta’lim taşkilotlari yoki ta’lim dasturlarini (ta’lim yönalişlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kasblar va kurslar) attestatsiya körsatkiçlari va mezonlari asosida baholaş;
ta’lim taşkilotlarida ta’lim sifati va mazmunining davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda öquv dasturlariga muvofiqligini aniqlaş;
ta’lim taşkilotlarining faoliyatidagi mavjud muammolar va kamçiliklarni aniqlaş hamda ularni bartaraf etiş çoralarini köriş;
ta’lim taşkilotlarini taşqi baholaşdan ötkazişga tayyorlaş.
12. Içki baholaş oliy ta’lim muassasalarida uşbu muassasalarning ta’lim sifatini nazorat qiliş bölimlari tomonidan, boşqa ta’lim taşkilotlarida ta’lim taşkilotlari rahbarlarining buyruği bilan taşkil etiladigan içki baholaş komissiyalari tomonidan amalga oşiriladi.
13. Komissiyalar tomonidan ta’lim taşkilotlari faoliyatini içki baholaş taşqi baholaşdan kamida ikki oy oldin ötkaziladi.
14. Ta’lim taşkilotlarining faoliyatini taşqi baholaşdan ötkaziş uçun ekspert komissiyalari taşkil etiladi.
15. Ekspert komissiyalari tomonidan ta’lim taşkilotlari faoliyatini taşqi baholaş quyidagi muddatlarda ötkaziladi:
maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlarida — 3 iş kunigaça;
professional ta’lim taşkilotlarida — 6 iş kunigaça;
kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş ta’lim taşkilotlarida — 10 iş kunigaça;
oliy ta’lim taşkilotlari, şuningdek, oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi ilmiy va ta’lim taşkilotlarida — 12 iş kunigaça.
16. Ta’lim taşkilotlari yoki ta’lim dasturlari (ta’lim yönalişlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kasblar va kurslar) 5 yilda bir marta attestatsiyadan ötkaziladi.
Ta’lim taşkilotlari tarkibidagi filiallar va oliy ta’lim taşkilotlari tarkibidagi oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti attestatsiyasi ta’lim taşkilotlari attestatsiyasi bilan bir vaqtda ötkaziladi.
17. Attestatsiya jarayonida ta’lim turlari böyiça ta’lim taşkilotlarining oxirgi ikki yillik faoliyatini kompleks tahlil qiliş asosida quyidagilarga alohida e’tibor beriladi:
1) maktabgaça ta’lim taşkilotlarida:
ta’lim-tarbiya jarayonining davlat ta’lim talablariga muvofiq taşkil etilganligi;
tarbiyalanuvçilarning rivojlaniş darajasi;
rahbar va tarbiyaçi-pedagog kadrlar salohiyati;
moddiy-texnika bazaning holati va tarbiyalanuvçilar rivojlanişi uçun yaratilgan şaroitlar;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, estetik talablarga rioya qilinişi hamda ovqatlantiriş sifati;
milliy, madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvçi va kitob öqişga qiziqişni uyğotuvçi öquv-metodik, didaktik materiallar, öyin va öyinçoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlaniş holati;
maktabgaça ta’lim taşkiloti faoliyati yuzasidan ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar örtasida ötkazilgan ijtimoiy sörovnoma natijalari;
ta’limning keyingi bosqiçiga tayyorlaş dasturlarining ijrosi;
2) umumiy örta va örta maxsus ta’lim taşkilotlarida:
taşkiliy-boşqaruv faoliyatining samaradorligi;
ta’lim jarayoniga davlat ta’lim standartlari va öquv dasturlarining joriy etilganligi;
öquvçilar bilim darajalarining davlat ta’lim standartlari va öquv dasturlariga muvofiqligi;
öquvçilarning darslik hamda metodik qöllanmalar bilan ta’minlanganlik darajasi;
pedagog kadrlar salohiyati;
ta’lim jarayoniga zamonaviy öqitiş usullari va axborot texnologiyalarining joriy etilganligi;
moddiy-texnik ta’minoti;
ma’naviy-ma’rifiy işlarni taşkil etiş sifati;
öquvçilarni kasb-hunarga yönaltiriş işlarining va ularga kasbiy ta’lim berilişining sifati;
xalqaro va respublika fan olimpiadalarida iştirok etiş holati va ularda sovrindor bölgan öquvçilar salmoği;
reyting baholaş tizimining qöllaniliş sifati;
bitiruvçilarning oliy ta’lim taşkilotlariga öqişga kirişi holati;
umumiy örta va örta maxsus ta’lim taşkiloti faoliyati yuzasidan ötkazilgan ijtimoiy sörovnoma natijalari;
3) maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlarida:
a) musiqa va san’at ta’limi taşkilotlarida:
ta’lim jarayoniga davlat ta’lim talablari va öquv dasturlarining joriy etilganligi;
ta’lim oluvçilar bilim darajalarining davlat ta’lim talablari va öquv dasturlariga muvofiqligi;
öquv-metodik işlarning olib borilişi va öquvçilarning çolğular, notalar hamda metodik qöllanmalar bilan ta’minlanganligi darajasi;
madaniy-ommaviy tadbirlarning taşkil etilişi holati;
pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi va pedagog kadrlar salohiyati;
moddiy-texnika ta’minoti va uning ta’lim yönalişlariga mosligi;
xalqaro va respublika körik-tanlovlari hamda festivallari ğoliblari bölgan öquvçilar salmoği;
b) bolalar-ösmirlar sporti ta’lim taşkilotlarida:
sportçilarni tayyorlaş böyiça öquv maşğulotlarining davlat ta’lim talablari hamda öquv dasturlariga muvofiqligi;
sport musobaqalarini ötkaziş kalendar rejasining tuzilganligi va uning bajarilişi holati;
pedagog kadrlar va trenerlar bilan ta’minlanganlik darajasi;
sport turlari böyiça sport bazasining mavjudligi, sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi;
respublika va hududiy terma jamoalarning asosiy va örinbosarlar tarkibiga nomzodlarni tayyorlaş darajasi;
sport ta’lim taşkiloti terma jamoasining xalqaro, respublika va hududiy sport musobaqalarida erişgan natijalari;
sport ta’lim taşkilotida taşkil etilgan sport tadbirlari tahlili;
sport turlari böyiça öquv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi;
ta’lim oluvçilarni sport tayyorlov guruhining keyingi bosqiçlarida saqlab qoliş monitoringi;
öquvçi-yoşlar örtasida jismoniy tarbiya va sportni tarğib qilişning holati;
v) boşqa maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlarida:
ta’lim oluvçilar bilim darajalarining davlat ta’lim talablari va öquv dasturlariga muvofiqligi;
madaniy-ommaviy tadbirlarning samaradorligi;
maktabdan taşqari ta’lim taşkilotining ta’lim sohasiga mos jihozlanişi va ulardan foydalaniş darajasi;
pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi va pedagog kadrlar salohiyati;
4) professional ta’lim taşkilotlarida:
öquv-tarbiyaviy jarayonning davlat ta’lim standartlari va öquv dasturlariga muvofiq taşkil etilganligi;
öquvçilarning öquv rejasidagi fanlarni özlaştiriş darajasi (bilimi);
pedagog, muhandis-pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi va ularning sifat tarkibi;
öquv rejasidagi fanlar böyiça zarur öquv adabiyotlari (darslik, öquv qöllanma, ma’ruzalar töplami, metodik qöllanma, elektron darsliklar) mavjudligi hamda kutubxona yoki axborot-resurs markazi fondining ular bilan töldirilganligi;
kutubxonaning yoki axborot-resurs markazining öqitiş tiliga mos holda öquv, metodik, siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy va badiiy adabiyotlar bilan boyitilişi;
moddiy-texnika ta’minoti va ulardan öquv jarayonida foydalaniş holati;
zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarning öquv jarayonida qöllanilişi;
respublika va xalqaro miqiyosdagi kasbiy körik-tanlovlar ğoliblari salmoği;
ta’limning fan va işlab çiqariş bilan integratsiyasi;
kasbga yönaltiriş böyiça tarğibot-taşviqot işlarining samaradorligi, ta’lim taşkilotiga öquvçilar qabul qiliş jarayonining taşkil etilişi va amalga oşirilişi;
bitiruvçilarning ta’limning keyingi bosqiçlariga öqişga kirişi hamda işga joylaşişi darajasi;
ma’naviy-ma’rifiy işlarning taşkil etilganligi va uning samarasi;
öqituvçi va öquvçilar uçun yaratilgan şaroitlar hamda ularni moddiy va ma’naviy rağbatlantirişi holati;
5) oliy ta’lim taşkilotlarida:
taşkiliy-boşqaruv faoliyatining samaradorligi;
davlat ta’lim standartlari va öquv dasturlarining öquv jarayoniga joriy etilişi;
talabalarning fan dasturlarini özlaştiriş darajasi (bilimi);
professor-öqituvçilarning ilmiy-pedagogik salohiyati va ular mutaxassisliklarining (ixtisosliklarining) dars berayotgan fanlariga muvofiqligi;
talabalarning darslik (elektron darslik) va öquv qöllanmalari bilan ta’minlanganligi darajasi, elektron kutubxona tizimining mavjudligi, undan foydalaniş samaradorligi va mustaqil ta’lim böyiça axborot resurslaridan foydalaniş imkoniyatining yaratilganligi;
moddiy-texnika ta’minoti, öquv laboratoriyalarining zamonaviy asbob-uskunalar bilan hamda foydali öquv-laboratoriya maydoni bilan ta’minlanganligi darajasi;
elektron ta’limning joriy etilişida zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarning qöllanilişi;
ta’limning işlab çiqariş va ilm-fan bilan integratsiyasi;
ilmiy-tadqiqot faoliyati;
ma’naviy-ma’rifiy faoliyati;
bitiruvçilarning ta’limning keyingi bosqiçlariga öqişga yoki işga joylaşişi;
xalqaro hamkorlikning yölga qöyilganligi;
abituriyentlarni öqişga qabul qiliş jarayonining taşkil etilişi va amalga oşirilişi;
bitiruvçilar tomonidan bitiruv malakaviy işlari va magistrlik dissertatsiyalari bajarilişi (sifati), yakuniy davlat attestatsiyasiga oid faoliyat va uning natijalari;
iş beruvçilarning bitiruvçilar bilimi, malakasi va könikmalaridan qoniqişi holati;
6) oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi ilmiy va ta’lim taşkilotlarida:
davlat ta’lim talablari va öquv dasturlarining ta’lim jarayoniga joriy etilişi;
ilmiy rahbar va maslahatçilar tarkibining sifat körsatkiçlari hamda ularning ilmiy-taşkiliy faoliyati natijalari;
ta’limni amalga oşiriş jarayoniga jalb etilgan pedagog va ilmiy xodimlarning Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi e’tirof etgan jurnallarda, şuningdek, xorijiy naşrlarda ilmiy maqolalarni çop etiş faoliyati;
ilmiy-eksperimental, moddiy-texnika bazaning holati;
doktorant va mustaqil izlanuvçilarga ijtimoiy, ilmiy, ijodiy hamda loyihalaş işlarini olib borişlari uçun yaratilgan şart-şaroitlar;
doktorant va mustaqil izlanuvçilar şaxsiy iş rejalarining bajarilişi, hisobotlarining oliy ta’lim taşkilotlarining yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarining kollegial organlarida (ilmiy kengaş, kengaş, ilmiy-texnikaviy kengaş, ilmiy-muvofiqlaştiruvçi kengaş va boşqalarda) muhokama qilinganligi hamda tasdiqlangan rejaga mos deb topilganligi;
doktorant va mustaqil izlanuvçilar faoliyati samaradorligi monitoringining olib borilişi holati;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutini bitirgan doktorantlar va mustaqil izlanuvçilarning falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyalarini himoya qilişi holati;
7) kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş ta’lim taşkilotlarida:
taşkiliy-boşqaruv faoliyatining samaradorligi;
davlat ta’lim talablari va öquv dasturlarining öquv jarayoniga joriy etilişi;
moddiy-texnika ta’minoti;
pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik salohiyati;
öquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilişi;
ta’limning işlab çiqariş bilan integratsiyasi hamda xalqaro hamkorlik faoliyati;
bitiruv imtihonlari, malaka va bitiruv işlarining bajarilişi;
malaka oşiriş va qayta tayyorlaş yakuni böyiça diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar rasmiylaştirilişi va berilişi.
18. Nodavlat ta’lim taşkilotlari hamda özini özi töliq moliyalaştiradigan davlat ta’lim muassasalarini attestatsiyadan ötkazganlik uçun quyidagi miqdorlarda yiğim undiriladi:
maktabgaça, umumiy örta va maktabdan taşqari ta’lim böyiça — bazaviy hisoblaş miqdorining ön beş baravari;
örta maxsus va professional ta’lim böyiça tegişliligiga köra attestatsiyaga jalb etiladigan har bir ta’lim yönalişi va kasb uçun — bazaviy hisoblaş miqdorining yetti baravari;
oliy ta’lim böyiça attestatsiyaga jalb etiladigan har bir ta’lim yönalişi va mutaxassislik uçun — bazaviy hisoblaş miqdorining ön ikki baravari;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim böyiça attestatsiyaga jalb etiladigan har bir ixtisoslik uçun — bazaviy hisoblaş miqdorining olti baravari;
malaka oşiriş va qayta tayyorlaş ta’limi böyiça attestatsiyaga jalb etiladigan har bir kurs uçun — bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravari.
Attestatsiyadan ötkazganlik uçun yiğim Davlat inspeksiyasining budjetdan taşqari hisob raqamiga ötkaziladi va attestatsiya bilan boğliq xarajatlarni qoplaş uçun yönaltiriladi.
19. Ta’lim taşkilotlari tomonidan akkreditatsiya muddati tugaydigan yildan oldingi yilning 1-oktabriga qadar Davlat inspeksiyasiga attestatsiyadan ötkaziş töğrisida ariza taqdim qilinadi.
20. Ta’lim taşkilotlarining attestatsiyadan ötkaziş töğrisidagi arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
yuridik şaxs sifatida davlat röyxatidan ötganlik töğrisidagi guvohnoma nusxasi, tadbirkorlik subyekti davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnoma bundan mustasno;
ta’lim taşkilotining töliq va qisqartirilgan nomi, joylaşgan joyi, telefon raqami, Internet jahon axborot tarmoğidagi rasmiy veb-sayti va elektron poçta manzili töğrisidagi ma’lumot (filiali mavjud bölgan ta’lim taşkiloti ma’lumotlarni filial böyiça ham taqdim etadi);
soliq tölovçining identifikatsiya raqami;
attestatsiyadan ötkaziş uçun yiğim tölanganligini tasdiqlovçi hujjatning nusxasi (nodavlat ta’lim taşkilotlari va özini özi töliq moliyalaştiradigan davlat ta’lim muassasalari uçun);
attestatsiyadan ötkaziladigan ta’lim yönalişlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslar va kasblar röyxati.
21. Tizimida davlat ta’lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralar hamda nodavlat ta’lim taşkilotlari attestatsiyadan ötkaziş jadvalini hamda attestatsiyaga oid boşqa hujjatlarni ta’lim taşkilotlari faoliyatini taşqi baholaş boşlanişidan kamida ikki oy oldin Davlat inspeksiyasidan oladilar.
Attestatsiya ötkaziş jadvali va attestatsiyaga oid boşqa hujjatlar olingan kundan boşlab ta’lim taşkilotlari faoliyatini içki baholaş taşkil etiladi va ötkaziladi.
Ta’lim taşkilotlari faoliyatini içki baholaş natijasida töplangan ma’lumotlar va materiallar, Davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ta’lim taşkiloti faoliyatiga oid ma’lumotlar kiritilgan jadvallar taşqi baholaş boşlanişidan kamida bir oy oldin Davlat inspeksiyasiga yuboriladi.
Belgilangan muddatda hujjatlarning taqdim etilmasligi yoki hujjatlardagi kamçiliklarning bartaraf etilmasligi ta’lim taşkilotining attestatsiyadan ötkazilmasligiga asos böladi.
22. Ta’lim taşkilotlari tomonidan akkreditatsiyadan ötkaziş töğrisidagi ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar, ta’lim taşkilotlari faoliyatini içki baholaş natijasida töplangan ma’lumotlar va materiallar Davlat inspeksiyasiga quyidagi şakllardan birida taqdim etiladi:
a) qoğoz şaklida — ta’lim taşkilotining işonçli vakili yoxud poçta aloqasi xizmati orqali;
b) elektron şaklda — ta’lim taşkiloti rahbarining elektron raqamli imzosi bilan Davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi maxsus portal orqali.
23. Davlat inspeksiyasida attestatsiyadan ötuvçi ta’lim taşkiloti uçun attestatsiyadan va akkreditatsiyadan ötkaziş bilan boğliq bölgan hujjatlar yiğmajildi yiğiladi. Unda quyidagilar jamlanadi:
ekspert komissiyasini tuziş haqidagi buyruq yoki qaror;
attestatsiya natijalari böyiça ekspert komissiyasi xulosasi;
akkreditatsiya böyiça Davlat inspeksiyasi boşliğining buyruği;
attestatsiyadan va akkreditatsiyadan ötkaziş bilan boğliq bölgan boşqa hujjatlar.
Hujjatlar yiğmajildi navbatdagi attestatsiya ötkazilgunga qadar Davlat inspeksiyasida saqlanadi.
24. Maktabgaça, umumiy örta va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlarini attestatsiyadan ötkaziş uçun Davlat inspeksiyasi tegişliligi böyiça Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda boşqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qöşma qaror qabul qiladi. Hududlardagi ekspert komissiyalari manfaatdor vazirliklar va idoralarning tegişli hududiy bölinmalarining Davlat inspeksiyasi hududiy bölimlari bilan kelişgan holda qabul qilingan buyruği (qarori) bilan tuziladi.
Ekspert komissiyalari tarkibiga Davlat inspeksiyasi, tegişliligi böyiça maktabgaça, xalq ta’limi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport tuman (şahar) bölimlari, sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati bölimi mutaxassislari, manfaatdor vazirliklar va idoralarning hududiy bölinmalari vakillari, maktabgaça, umumiy örta va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlarining kuzatuv kengaşlari vakillari, rahbarlari, rahbar örinbosarlari, pedagog xodimlari va nodavlat notijorat taşkilotlar vakillari jalb etiladi. Ekspert komissiyasi tarkibiga xorijiy ekspertlar ham jalb etilişi mumkin.
Ekspert komissiyalariga tegişliligi böyiça tizimida maktabgaça, umumiy örta va maktabdan taşqari davlat ta’lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralarning hududiy bölinmalari mas’ul xodimlari raislik qiladi. Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy bölimlari vakillari ekspert komissiyalari tarkibiga rais örinbosarlari sifatida kiritiladi hamda ta’lim taşkilotlari faoliyatini taşqi baholaşni taşkil etiş va ötkaziş işlarini nazorat qiladi.
25. Bevosita vazirliklar va idoralarga böysunuvçi maktabgaça, umumiy örta va maktabdan taşqari ta’lim muassasalarini attestatsiyadan ötkaziş uçun ekspert komissiyalari tarkibiga tegişli vazirliklar va idoralar, ularning hududiy bölinmalari mutaxassislari, maktabgaça, umumiy örta va maktabdan taşqari ta’lim muassasalari pedagog xodimlari jalb etiladi. Bunda ekspert komissiyasi Davlat inspeksiyasi tomonidan tuzilib, unga Davlat inspeksiyasi xodimi rahbarlik qiladi.
26. Örta maxsus, professional, oliy, oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi ilmiy va ta’lim taşkilotlari, kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş ta’lim taşkilotlarini attestatsiyadan ötkazuvçi ekspert komissiyalari tarkibi Davlat inspeksiyasi boşliğining buyruği bilan tasdiqlanadi hamda unga Davlat inspeksiyasi xodimi rahbarlik qiladi.
Ekspert komissiyalari tarkibiga tegişli ravişda ta’lim taşkilotlarining pedagog va rahbar xodimlari, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakçi olimlari, vazirliklar va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari mas’ul xodimlari, tegişli işlab çiqariş korxonalarining yuqori malakali mutaxassislari, nodavlat notijorat taşkilotlar vakillari jalb etiladi. Bunda ular attestatsiyadan ötkazilayotgan ta’lim taşkilotlariga aloqador bölmasligi lozim. Ekspert komissiyalari tarkibiga xorijiy ekspertlar ham kiritilişi mumkin.
27. Örta maxsus, professional, oliy, oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi ilmiy va ta’lim taşkilotlari, kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş ta’lim taşkilotlarini attestatsiyadan ötkazuvçi ekspert komissiyalari tarkibini şakllantiriş uçun Davlat inspeksiyasi tomonidan ekspertlar röyxati tuziladi hamda uşbu röyxatdagi ekspertlar orasidan Davlat inspeksiyasi tegişli ekspertlarni tanlab oladi.
Ekspertlar röyxati Davlat inspeksiyasining söroviga muvofiq tegişli vazirliklar va idoralar, davlat organlari va taşkilotlari, nodavlat notijorat taşkilotlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlardan ta’lim turlari, ta’lim yönalişlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslar va kasblarni hisobga olgan holda şakllantiriladi.
Ekspertlarga qöyiladigan talablar, ularni tanlab oliş va attestatsiya jarayoni böyiça seminarlar taşkil etiş Davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
28. Ekspert komissiyalarining vazifalari quyidagilardan iborat:
ta’lim taşkilotining faoliyatini içki baholaş natijalari böyiça olingan ma’lumotlarning haqqoniyligini tekşiriş;
ta’lim taşkilotidagi ta’lim sifati va mazmunining davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda öquv dasturlariga muvofiqligi hamda körsatilayotgan ta’lim xizmatlarining sifati va samaradorligini baholaş;
ta’lim sifatini oşiriş va ta’lim xizmatlarini takomillaştiriş böyiça takliflar beriş;
ta’lim taşkilotlarining faoliyatini taşqi baholaş yuzasidan xulosa tayyorlaş va Davlat inspeksiyasiga taqdim etiş.
29. Ta’lim taşkilotlarining faoliyatini taşqi baholaş ekspert komissiyalari tomonidan tegişli ta’lim taşkilotlariga bormay, ular tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va materiallarni örganiş asosida Davlat inspeksiyasida ham amalga oşirilişi mumkin.
Ta’lim taşkilotlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda öquv dasturlariga mos kelmasligi holatlari aniqlangan taqdirda, ekspert komissiyalari tomonidan qöşimça ma’lumotlar sörab olinişi mumkin. Ta’lim taşkilotlarining rahbarlari ekspert komissiyalari tomonidan söralgan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etişlari şart;
Ta’lim faoliyati masofaviy ta’lim texnologiyalari asosida olib boriladigan ta’lim taşkilotlarida ekspert komissiyalari a’zolariga ta’lim oluvçilarning erişgan natijalari, ular tomonidan fan dasturlari özlaştirişi holati va ta’lim faoliyati bilan boğliq boşqa ma’lumotlarni oliş uçun elektron ma’lumotlar bazasiga kirişga ruxsat beriladi.
30. Davlat ta’lim muassasalarini taşqi baholaşdan ötkaziş böyiça ekspertlar komissiyalari a’zolarining xizmat safarlari bilan boğliq bölgan xarajatlar ularning asosiy iş joyi mablağlari hisobiga qoplanadi.
Bunda tegişli budjet taşkilotlaridan jalb qilingan ekspert komissiyalari a’zolarining xizmat safari bilan boğliq bölgan xarajatlari uşbu budjet taşkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasida xizmat safari uçun nazarda tutilgan mablağlar doirasida amalga oşiriladi.
Nodavlat ta’lim taşkilotlari va töliq özini özi moliyalaştiradigan davlat ta’lim muassasalarini taşqi baholaşdan ötkaziş uçun jalb etilgan ekspert komissiyalari a’zolariga Davlat inspeksiyasi bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy şartnomalar asosida haq tölanadi. Ekspert komissiyalari a’zolariga tölanadigan haq miqdori ularning bajargan işlariga mutanosib ravişda tomonlar kelişuviga muvofiq belgilanadi.
31. Ekspert komissiyalari tarkibi va iş muddati ta’lim taşkilotlarining turi hamda ta’lim yönalişlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslar va kasblar soniga qarab belgilanadi.
32. Attestatsiya natijalari asosida ekspert komissiyalari tomonidan ta’lim taşkilotida kadrlar tayyorlaş mazmuni, darajasi va sifatining davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda öquv dasturlariga muvofiqligi haqida xulosa tayyorlanadi.
33. Ekspert komissiyalari tomonidan ta’lim taşkilotlari faoliyatini içki baholaş natijalari va boşqa taqdim etilgan hujjatlarda haqqoniy bölmagan ma’lumotlarning aniqlanişi ta’lim taşkilotlarining (ta’lim dasturlarining) “attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etilişiga sabab böladi hamda davlat namunasidagi ta’lim töğrisidagi hujjat beriş huquqidan mahrum etiladi. Bunday holatda ta’lim taşkilotiga bir yildan söng qayta attestatsiyadan ötiş uçun ariza bilan murojaat qiliş imkoniyati beriladi.
34. Ekspert komissiyalari ta’lim taşkilotlari rahbariyati bilan birgalikda ta’lim taşkiloti faoliyatida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça çora-tadbirlar rejasini işlab çiqadi. Davlat inspeksiyasi attestatsiyadan ötkaziş jarayonida aniqlangan kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etiş ustidan nazoratni taşkil qiladi.
Ta’lim taşkilotlari tomonidan çora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ijrosi töğrisidagi hisobotlar har çorak yakunida Davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi elektron platformaga kiritib boriladi.
Attestatsiyadan ötkaziş jarayonida aniqlangan kamçiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, Davlat inspeksiyasi tomonidan tegişli vazirliklar va idoralarga taqdimnoma kiritiladi. Taqdimnomada körsatilgan kamçiliklar öz vaqtida bartaraf etilmasa, ta’lim taşkilotiga berilgan akkreditatsiya sertifikati bekor qilinadi. Bunda, ta’lim taşkiloti navbatdan taşqari attestatsiyadan ötkaziladi.
35. Maktabgaça ta’lim taşkilotlarini attestatsiyadan ötkaziş böyiça ekspert komissiyalari tomonidan maktabgaça ta’lim taşkiloti ustavida belgilangan vazifalarning hamda maktabgaça ta’lim va tarbiya davlat standartining bajarilişi yuzasidan quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
rivojlaniş darajasi kuzatilgan tarbiyalanuvçilarning 55 foizi va undan köpi ijobiy baholanib, maktabgaça ta’lim taşkilotini attestatsiyadan ötkaziş mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizi va undan yuqori ball töplaganda “attestatsiyadan ötdi”;
rivojlaniş darajasi kuzatilgan tarbiyalanuvçilarning 45 foizi va undan köpi qoniqarsiz baholanib, maktabgaça ta’lim taşkilotini attestatsiyadan ötkaziş mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizidan past baholanganda “attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etiladi.
36. Maktabgaça ta’lim taşkilotlari “attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etilganda:
davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti direktorining malakasi yetarli emas deb topiladi hamda iş beruvçi tomonidan u bilan tuzilgan mehnat şartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi;
davlat maktabgaça ta’lim taşkilotidagi faoliyatiga bir yil tölmagan direktor majburiy ravişda navbatdan taşqari malaka oşirişga yuborilib, davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti bir yildan keyin qayta attestatsiyadan ötkaziladi hamda davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti uning natijalariga köra attestatsiyadan ötmagan taqdirda, direktor bilan tuzilgan mehnat şartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi;
nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari litsenziyasining amal qilişi belgilangan tartibda tugatiladi.
Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta’lim vazirligi va uning hududiy bölinmalari tomonidan “attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etilgan nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari tarbiyalanuvçilarini boşqa davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlariga köçiriş çoralari köriladi.
37. Umumiy örta va örta maxsus ta’lim taşkilotlarini attestatsiyadan ötkaziş böyiça sönggi ikki yilda umumiy örta va örta maxsus ta’lim taşkilotlari bitiruvçilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va ekspertlar tomonidan ötkazilgan nazorat işlari natijalari, davlat ta’lim standartlari va uşbu taşkilotlarning ustavida belgilangan vazifalarning bajarilişi darajasi asosida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
nazorat işlarida qatnaşgan öquvçilarning 55 foizi va undan köpi ijobiy baholanib, umumiy örta va örta maxsus ta’lim taşkilotini attestatsiyadan ötkaziş mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizi va undan köpini töplaganda “attestatsiyadan ötdi”;
nazorat işlarida qatnaşgan öquvçilarning 45 foizi va undan köpi qoniqarsiz baholanib, umumiy örta va örta maxsus ta’lim taşkilotini attestatsiyadan ötkaziş mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizidan kam ball töplaganda “attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etiladi.
38. Umumiy örta va örta maxsus ta’lim taşkiloti “attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etilsa:
davlat umumiy örta va örta maxsus ta’lim muassasasi rahbari va rahbari örinbosarlarining malakasi yetarli emas deb topiladi hamda iş beruvçi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat şartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi;
davlat umumiy örta va örta maxsus ta’lim muassasasidagi faoliyatiga bir yil tölmagan rahbar va rahbar örinbosarlari majburiy ravişda navbatdan taşqari malaka oşirişga yuborilib, davlat umumiy örta va örta maxsus ta’lim muassasasi bir yildan keyin qayta attestatsiyadan ötkaziladi hamda davlat umumiy örta va örta maxsus ta’lim muassasasi uning natijalariga köra attestatsiyadan ötmagan taqdirda, rahbar va rahbar örinbosarlari bilan tuzilgan mehnat şartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi;
nodavlat umumiy örta va örta maxsus ta’lim taşkilotlari litsenziyasining amal qilişi belgilangan tartibda tugatiladi.
Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy bölinmalari tomonidan “attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etilgan nodavlat umumiy örta va örta maxsus ta’lim taşkilotlari öquvçilarini boşqa davlat umumiy örta va örta maxsus ta’lim muassasalariga köçiriş çoralari köriladi.
39. Maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlarini attestatsiyadan ötkaziş böyiça ekspert komissiyalari tomonidan ötkazilgan nazorat işlari natijalari, davlat ta’lim talablari hamda öquv dasturlariga va ustavida belgilangan vazifalarning bajarilişi darajasi asosida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
nazorat işlarida qatnaşgan ta’lim oluvçilarning 55 foizi va undan köpi ijobiy baholanib, maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlarini attestatsiyadan ötkaziş mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizi va undan köpini töplaganda “attestatsiyadan ötdi”;
nazorat işlarida qatnaşgan ta’lim oluvçilarning 45 foizi va undan köpi qoniqarsiz baholanib, maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlarini attestatsiyadan ötkaziş mezonlarida belgilangan umumiy ballning 55 foizidan kam ball töplaganda “attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etiladi.
40. Maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari “attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etilsa:
davlat maktabdan taşqari ta’lim muassasasi rahbari va rahbar örinbosarlarining malakasi yetarli emas deb topiladi hamda iş beruvçi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilinadi;
davlat maktabdan taşqari ta’lim muassasasidagi faoliyatiga bir yil tölmagan rahbar va rahbar örinbosarlari majburiy ravişda navbatdan taşqari malaka oşirişga yuborilib, davlat maktabdan taşqari ta’lim muassasasi bir yildan keyin qayta attestatsiyadan ötkaziladi hamda davlat maktabdan taşqari ta’lim muassasasi uning natijalariga köra attestatsiyadan ötmagan taqdirda, rahbar va rahbar örinbosarlari bilan tuzilgan mehnat şartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi;
nodavlat maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari litsenziyasining amal qilişi belgilangan tartibda tugatiladi.
Tizimida maktabdan taşqari ta’lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bölinmalari tomonidan “attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etilgan nodavlat maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari ta’lim oluvçilarini boşqa davlat maktabdan taşqari ta’lim muassasalariga köçiriş çoralari köriladi.
41. Professional ta’lim taşkilotlaridagi mavjud kasblarning 55 va undan köp foizi attestatsiyadan ötgan professional ta’lim taşkilotlari “attestatsiyadan ötdi”, 55 dan kam foizi attestatsiyadan ötganda “attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etiladi.
42. “Attestatsiyadan ötdi” deb e’tirof etilgan professional ta’lim taşkilotining attestatsiyadan ötmagan kasblariga ta’lim oluvçilarni öqişga qabul qiliş töxtatiladi.
43. “Attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etilgan professional ta’lim taşkilotlari töğrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
professional ta’lim ta’limi muassasasi faoliyatini qayta taşkil etiş yoki tugatiş böyiça tizimida professional ta’lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralarga taqdimnoma kiritiş;
nodavlat professional ta’lim taşkilotlariga ta’lim oluvçilarni öqişga qabul qilişni töxtatiş.
“Attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etilgan nodavlat professional ta’lim taşkilotlarining ta’lim oluvçilari öqişni bitirganlaridan keyin ular litsenziyasining amal qilişi belgilangan tartibda töxtatiladi.
44. Oliy ta’lim taşkilotida mavjud ta’lim yönalişlari va mutaxassisliklarning umumiy soniga nisbatan 67 va undan köp foizi “attestatsiyadan ötdi” deb xulosa qilinsa, oliy ta’lim taşkiloti “attestatsiyadan ötdi”, 67 dan kam foizi attestatsiyadan ötganda “attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etiladi.
45. “Attestatsiyadan ötdi” deb e’tirof etilgan oliy ta’lim taşkilotining attestatsiyadan ötmagan ta’lim yönalişlari va mutaxassisliklariga ta’lim oluvçilarni öqişga qabul qiliş töxtatiladi.
46. Oliy ta’lim taşkilotlarining attestatsiyadan ötmagan ta’lim yönalişlari va mutaxassisliklari bitiruvçilarining yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibiga Davlat inspeksiyasining vakillari kiritilişi şart.
47. “Attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etilgan oliy ta’lim taşkilotlari töğrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
davlat oliy ta’lim muassasasini qayta taşkil etiş, tugatiş yoki maqomini özgartiriş töğrisida tizimida oliy ta’lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralarga taqdimnoma kiritiş;
nodavlat oliy ta’lim taşkilotlariga ta’lim oluvçilarni öqişga qabul qilişni töxtatiş;
ta’lim oluvçilari bitirib çiqqanidan keyin nodavlat oliy ta’lim taşkilotlari litsenziyasining amal qilişini tugatiş.
48. Oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi ilmiy va ta’lim taşkilotlari kamida bitta ixtisoslik attestatsiyadan ötgan taqdirda, ular uşbu ta’lim turi böyiça “attestatsiyadan ötdi” deb e’tirof etiladi.
49. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklarini oxirgi uç yilda bitirgan doktorantlar va mustaqil izlanuvçilar dissertatsiyalarining ilmiy daraja beruvçi ilmiy kengaş tomonidan himoyaga qabul qilinganlari soni 10 foizdan kam bölsa, ixtisoslikka nisbatan “attestatsiyadan ötmadi” degan qaror qabul qilinadi.
50. “Attestatsiyadan ötdi” deb e’tirof etilgan oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi ilmiy va ta’lim taşkilotlarining attestatsiyadan ötmagan ixtisosliklari bir yildan keyin qayta attestatsiyadan ötkaziladi.
51. Qayta attestatsiya natijalariga köra “attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etilgan ixtisosliklarga qabul töxtatiladi. Qayta attestatsiya natijalari qabulni töxtatiş böyiça tegişli qaror qabul qiliş uçun:
tizimida tizimida oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi ilmiy va ta’lim taşkilotlari bölgan vazirliklar va idoralarga hamda Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligiga;
oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi nodavlat oliy ta’lim taşkilotlarining muassislariga hamda Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligiga yuboriladi.
52. Oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi ilmiy va ta’lim taşkilotlari “attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etilganda:
oliy ta’limdan keyingi ta’lim böyiça qabul töxtatiladi;
ta’lim oluvçilari bitirib çiqqanidan keyin oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi nodavlat oliy ta’lim taşkilotlarining oliy ta’limdan keyingi ta’lim böyiça litsenziyasining amal qilişi belgilangan tartibda tugatiladi;
ta’lim oluvçilar ilmiy işlarini davom ettirişi uçun tizimida oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi ilmiy va ta’lim taşkilotlari bölgan vazirliklar va idoralar hamda Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan boşqa oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi ilmiy va ta’lim taşkilotlariga ötkaziladi;
xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan doktorantlar va mustaqil izlanuvçilarning şartnomalari ular ötkazilgan oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi ilmiy va ta’lim taşkilotlari bilan qolgan muddatga qayta rasmiylaştiriladi;
boşqa oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi oliy ta’lim taşkilotlari va ilmiy taşkilotlari bölmagan taqdirda ilmiy işlarni uşbu oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi ilmiy va ta’lim taşkilotlarida davom ettirişga ruxsat beriladi.
53. Oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi oliy ta’lim va ilmiy taşkilotlarni attestatsiyadan ötkaziş Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining monitoringi natijalari hamda oliy ta’lim yoki ilmiy taşkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida joylarga çiqmagan holda ham amalga oşirilişi mumkin.
54. Kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş ta’lim taşkilotlari böyiça:
kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş ta’lim taşkilotlarining taşkiliy-boşqaruv faoliyati samaradorligi, davlat ta’lim talablari, öquv dasturlari va ularning ustavida belgilangan vazifalari, öquv jarayonining taşkil etilişi, ilmiy-pedagog kadrlarning salohiyati, ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyatining samaradorligi, moddiy-texnik ta’minoti, işlab çiqariş bilan integratsiyasi va xalqaro hamkorlik böyiça faoliyati ta’lim taşkilotlarini attestatsiyadan ötkaziş mezonlari asosida baholanadi. Mezonlar asosida kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş ta’lim taşkilotlarida mavjud kurslarning 67 va undan köp foizi attestatsiyadan ötsa, kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş ta’lim taşkiloti “attestatsiyadan ötdi”, 67 dan kam foizi attestatsiyadan ötsa, kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş ta’lim taşkiloti “attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etiladi.
“Attestatsiyadan ötdi” deb e’tirof etilgan kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş ta’lim taşkilotlarining attestatsiyadan ötmagan qayta tayyorlaş va (yoki) malaka oşiriş kurslariga tinglovçilarni qabul qiliş töxtatiladi.
“Attestatsiyadan ötmadi” deb e’tirof etilgan kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş ta’lim taşkilotlari töğrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş davlat ta’lim muassasasini qayta taşkil etiş yoki tugatiş töğrisida tasarrufida kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş davlat ta’lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralarga taqdimnoma kiritiş;
kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş nodavlat ta’lim taşkilotlari litsenziyasining amal qilişini belgilangan tartibda töxtatiş.
55. Ta’lim oluvçilarni öqişga qabul qiliş töxtatilgan ta’lim yönalişlari va mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslar va kasblarni qayta oçiş masalasi ta’lim taşkilotlari faoliyatida körsatilgan kamçiliklar töla bartaraf etilganidan boşlab kamida uç yildan söng tegişli vazirliklar va idoralar yoki mahalliy hokimliklarning takliflari asosida Davlat inspeksiyasi tomonidan körib çiqilişi mumkin.
56. “Attestatsiyadan ötdi” deb e’tirof etilgan ta’lim taşkilotlarini akkreditatsiyadan ötkaziş uçun zarur hujjatlar Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.
57. Ta’lim taşkilotlarini akkreditatsiyadan ötkaziş uçun Davlat inspeksiyasida doimiy faoliyat körsatuvçi akkreditatsiya komissiyasi tuziladi. Akkreditatsiya komissiyasi tarkibi Davlat inspeksiyasi boşliğining buyruği bilan tasdiqlanadi. Yuridik kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşirişni amalga oşiruvçi ta’lim taşkilotlarini akkreditatsiyadan ötkazişda akkreditatsiya komissiyasi tarkibiga Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimi jalb etiladi. Davlat inspeksiyasi boşliği akkreditatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.
58. Akkreditatsiya ta’lim taşkilotlarining attestatsiyasi xulosalariga köra amalga oşiriladi. Akkreditatsiya komissiyasi ta’lim taşkilotlari faoliyatining davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda öquv dasturlariga muvofiqligini e’tirof etiş bilan birgalikda uning maqomini ham belgilaydi.
59. Ta’lim taşkilotini akkreditatsiyadan ötkaziş uçun ekspert komissiyalari tomonidan ta’lim taşkilotining attestatsiyasi xulosasi akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
60. Ta’lim taşkilotini akkreditatsiyadan ötkaziş haqidagi qaror akkreditatsiya komissiyasiga hujjatlar topşirilgandan keyin bir oy muddatda qabul qilinadi.
Ta’lim taşkilotini akkreditatsiyadan ötkaziş yuzasidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ikki hafta davomida ta’lim taşkilotining davlat akkreditatsiyasidan ötganligi töğrisida uşbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan şakldagi sertifikat beriladi.
Sertifikatda ta’lim taşkilotining taşkiliy-huquqiy şakli, turi, maqomi va sertifikatning amal qiliş muddati qayd etiladi.
Sertifikatga uşbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq şakldagi ta’lim taşkilotining davlat akkreditatsiyasidan ötgan ta’lim yönalişlari, mutaxassisliklari, ixtisosliklari, kurslari va kasblari röyxati ilova qilinadi.
Maktabgaça, umumiy örta va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlariga beriladigan davlat akkreditatsiyasidan ötganlik töğrisidagi sertifikatga röyxat ilova qilinmaydi.
Sertifikat 5 yil muddatga beriladi.
Sertifikat blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga oliş seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega böladi.
Sertifikat blankalari namunalari Davlat inspeksiyasi tomonidan işlab çiqiladi va uning buyurtmasiga köra “Davlat belgisi” davlat-işlab çiqariş birlaşmasida tayyorlanadi. Davlat inspeksiyasi boşliği sertifikat blankalari hisobga olinişi, saqlanişi va ulardan maqsadli foydalanilişi uçun şaxsan javobgar hisoblanadi.
61. Ta’lim taşkiloti qayta taşkil etilgan (özgartiriş bundan mustasno) yoki tugatilgan taqdirda akkreditatsiya haqidagi sertifikat öz kuçini yöqotadi.
62. Akkreditatsiyadan ötgan ta’lim taşkiloti (ta’lim dasturlari) doimiy ravişda ta’lim sifatini ta’minlaşlari şart va bu jarayon Davlat inspeksiyasi tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi.
Akkreditatsiyadan ötgan ta’lim taşkiloti (ta’lim dasturlari) tomonidan ta’limga oid qonunlar buzilganligi yoki amalga oşirilayotgan ta’lim xizmatlari davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda öquv dasturlariga mos kelmasligi yoki sertifikat va unga ilovada belgilangan körsatkiçlar doirasidan çetga çiqiş holatlari aniqlangan taqdirda, akkreditatsiya haqidagi sertifikat Davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda bekor qilinadi.
63. Akkreditatsiyadan ötgan ta’lim taşkilotlari Davlat inspeksiyasida hisobga olinadi hamda uning rasmiy veb-saytida yoki ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Ta’lim taşkilotlari yangi taşkil etilganda, qayta taşkil etilganda yoki tugatilganda manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan, nodavlat ta’lim taşkilotlari tugatilganda muassislar tomonidan tegişli qaror nusxasi bir hafta muddatda Davlat inspeksiyasiga taqdim etilişi lozim.
Özbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan birgalikda taşkil etilgan ta’lim muassasalari, Özbekiston Respublikasi hududida faoliyat körsatayotgan xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining alohida bölinmalari (filiallari va fakultetlari) öz davlatida tan olingan akkreditatsiyadan ötkazuvçi taşkilotlar tomonidan akkreditatsiyadan ötkazilganligi töğrisidagi yoki unga tenglaştirilgan hujjatni asosiy ta’lim muassasasidan olgandan söng, uning nusxasini ikki hafta muddatda Davlat inspeksiyasiga taqdim etişi şart.
Davlat inspeksiyasi uşbu hujjatlar asosida akkreditatsiyadan ötgan ta’lim taşkilotlari reyestriga tegişli özgartirişlar kiritadi.
64. Attestatsiya va akkreditatsiya natijalaridan norozi bölgan ta’lim taşkilotlari rahbarlari yoki ularning muassislari belgilangan tartibda sudga murojaat qilişlari mumkin.