Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kiriş test sinovlarini ötkaziş tartibini takomillaştiriş töğrisida” 2017-yil 16-noyabrdagi PQ-3389-son qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga öqişga qabul qiliş tizimini takomillaştiriş, abituriyentdan ijodkorlik va individual mahorat talab etiladigan sohalardagi ta’lim yönalişlariga qabulni adolatli, xolis va şaffof ötkaziş orqali puxta bilimga ega bölgan iqtidorli yoşlarning öqişga qabul qilinişini ta’minlaş maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yönalişlariga kiriş test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda özlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda uşbu qarorga muvofiqlaştirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari A.A. Abduhakimov, Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoşlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Uşbu Nizom alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yönalişlariga kiriş test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qiliş tartibini belgilaydi.
2. Oliy ta’lim muassasalari alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yönalişlariga talabalikka da’vogarlarni Özbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş töğrisidagi tegişli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va tölov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq kasbiy (ijodiy) imtihonlar ötkaziş orqali qabul qiladi.
3. Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yönalişlariga qabul qiliş Özbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasi (keyingi örinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalariga köra töplangan ballarning reyting tizimi böyiça amalga oşiriladi.
4. Oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yönalişiga qabul barça uçun (ham davlat granti, ham tölov-kontrakt böyiça) yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oşirilib, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball töplagan abituriyentlarning davlat grantlari böyiça birinçi navbatda qabul qilinişi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonlar reytingi asosida belgilangan tölov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qiliniş huquqiga egadirlar.
5. Kasbiy (ijodiy) imtihon har bir oliy ta’lim muassasasi böyiça bakalavriat ta’lim yönalişlari, öqitiş tillari va ta’lim şakllariga köra alohida ötkaziladi.
Ayrim bakalavriat ta’lim yönalişlari böyiça hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, kasbiy (ijodiy) imtihon har bir hudud böyiça alohida ötkaziladi. Maqsadli qabul kvotasi faqat davlat granti asosidagi örinlarga belgilanganida maqsadli qabul tanlovida qatnaşib, davlat granti asosida qabul qilinmagan abituriyentlar mazkur ta’lim yönalişida töplagan ballari bilan uşbu yönaliş uçun tasdiqlangan umumiy tölov-kontrakt asosidagi qabul kvotalari doirasidagi tanlovda iştirok etişi mumkin.
6. Tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bölgan vazirlik va idoralar hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari joylarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni ötkaziş uçun zarur şaroitlarni ta’minlaydilar.
7. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul kvotasiga muvofiq oliy ta’lim muassasasida ta’lim oliş (özbek, rus, qoraqalpoq va boşqa) tilida ötkaziladi.
Özbek guruhlariga hujjat topşirgan abituriyent öz arizasiga asosan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni lotin yoki kirill alifbosida topşiriş huquqiga ega (imtihon savollari oliy ta’lim muassasasi tomonidan qanday alifboda berilişidan qat’i nazar).
Kasbiy (ijodiy) imtihon fanlar xususiyatidan kelib çiqqan holda amaliy, oğzaki şakllarda ötkazilişi mumkin.
Oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yönalişlari böyiça öqitiş tili Özbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş töğrisidagi tegişli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida, abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinguniga qadar tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limga talabalarni qabul qiliş Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizomga asosan Özbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş töğrisidagi tegişli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq amalga oşiriladi.
9. Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yönalişlariga hujjatlarni qabul qiliş, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari ğoliblarini, muddatli harbiy xizmatni ötagan abituriyentlarni, közi ojizlar toifasiga kiruvçi abituriyentlarni, xorijiy fuqarolarni, abituriyentlarni davlat grantlari va tölov-kontrakt asosida qabul qiliş Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomga muvofiq amalga oşiriladi.
10. Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yönalişlari böyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlar uşbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ötkaziladi.
11. Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yönalişlari böyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlar har yili 25-iyuldan 10-avgustgaça bölgan davrda oliy ta’lim muassasalarida ötkaziladi.
12. Kasbiy (ijodiy) imtihon boşlanişidan bir hafta oldin abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi raisi va mas’ul kotibi imzolagan hamda oliy ta’lim muassasasining muhri qöyilgan va uşbu Nizomga 2-ilovada namuna sifatida keltirilgan ruxsatnoma beriladi.
13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar abituriyentlarning tanlangan bakalavriat ta’lim yönalişi böyiça öqiş va keyinçalik işlab ketiş imkoniyatlarini aniqlaş, ularning fanlar böyiça bilim, malaka, kasbiy könikma, ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini baholaş maqsadida ötkaziladi.
14. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar topşiriqlari umumiy örta (11-sinf negizida), örta maxsus, kasb-hunar (şu jumladan madaniyat, san’at, musiqa, sport va jismoniy tarbiyaga ixtisoslaştirilgan) ta’limi fanlarining öquv dasturlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalari tomonidan tuziladi va oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Sport va jismoniy tarbiya fanlari böyiça imtihonlar topşiriqlari abituriyentlarning alohida toifalari uçun (jinsi va yoşi böyiça) belgilangan me’yoriy talablarga muvofiq tuziladi.
15. Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yönalişlarining röyxati Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi hamda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralar takliflari asosida har yili Davlat komissiyasi tomonidan körib çiqiladi va tasdiqlanadi.
16. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni uşbu Nizomga muvofiq taşkil etiş va adolatli ötkaziş mas’uliyati, şu jumladan ularni video tasvirga oliş oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi raisi, mas’ul kotibi, uning örinbosari, fan böyiça imtihon komissiyasi raisi va a’zolari, şuningdek, imtihon komissiyasi a’zosi hisoblanadigan guruh nazoratçisi zimmasiga yuklanadi.
17. Kasbiy (ijodiy) imtihonni belgilangan talablarga qat’iy rioya etgan tarzda töğri va adolatli ötkazilişini ta’minlaş, imtihonlar ötadigan xonalarni zarur körgazmali vositalar, öquv qurollari va aşyolar bilan jihozlaş böyiça şaxsiy mas’uliyat oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi va fan böyiça imtihon komissiyasi raisi zimmasiga yuklanadi.
18. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar ötkaziladigan binoga kirişda abituriyent mikrokalkulyator, luğat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va şpargalkalar olib kirişga harakat qilsa yoki olib kirgan bölsa, şuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlar davomida imtihon topşiriqlarini boşqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, kasbiy (ijodiy) imtihonlar uçun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin imtihon topşiriqlarini topşirişdan boş tortsa, imtihon topşiriqlarini guruhdan taşqariga çiqarsa, mazkur holatlarda abituriyent kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziş tartibini buzgan hisoblanadi va fan böyiça imtihon komissiya raisi hamda guruh nazoratçilari tomonidan dalolatnoma tuzilib çetlaştiriladi.
19. Oliy ta’lim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar quyidagi tartibda ötkaziladi:
oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi fan böyiça imtihon komissiyasining raisligiga nomzodni öz vaqtida tasdiqlaş uçun böysunişiga qarab tegişli vazirlik, idoraga taqdim etadi;
kasbiy (ijodiy) imtihonlar boşlanişidan bir oy oldin oliy ta’lim muassasasi rektorining buyruği bilan tegişli fanlar böyiça imtihonlarni taşkil etiş va ötkaziş uçun 3 kişidan kam bölmagan tarkibda tajribali, malakali va mas’uliyatli professor-öqituvçilardan şakllantirilgan fanlar böyiça imtihon komissiyalari taşkil etiladi;
kasbiy (ijodiy) imtihon har bir guruhda, qoida tariqasida 2 nafar guruh nazoratçisi kuzatuvida, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga qat’iy rioya etgan holda ötkaziladi;
kasbiy (ijodiy) imtihonlarga ajratiladigan vaqt imtihon dasturlariga muvofiq oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi.
Fan böyiça imtihon komissiyasi tarkibiga sohaning yetuk mutaxassislari va boşqa oliy ta’lim muassasalari professor-öqituvçilari uşbu taşkilotlarning rahbarlari bilan kelişilgan holda kiritilişi mumkin.
20. Kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladigan fanlar böyiça imtihon dasturlari va har bir fan xususiyati hisobga olingan holda baholaş mezonlari, şuningdek, tegişli bakalavriat ta’lim yönalişlariga muvofiq keluvçi fan majmualari oliy ta’lim muassasalari tomonidan işlab çiqiladi hamda tegişli vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
21. Oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi imtihonlar boşlanişidan bir oy oldin abituriyentlar e’tiboriga imtihon dasturlari, baholaş mezonlari, maslahatlar va imtihonlar jadvalini ma’lum qiladi.
22. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar, tegişli bakalavriat ta’lim yönalişlari röyxati va ularga muvofiq keluvçi 3 ta fan majmualarida töplanişi mumkin bölgan maksimal 189,0 balldan, har bir fanning örniga qarab uning uçun ajratilgan eng köp ballning 0 dan 100 foizgaça bölgan oraliqda baholanadi.
23. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar (sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yönalişlari bundan mustasno) kollegial tartibda qabul qilinadi va baholanadi.
Bunda fan böyiça imtihon komissiyasi a’zolarining har biri talabalikka da’vogarni alohida-alohida baholaydi va uning yakuniy bahosi fan böyiça imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan qöyilgan baholarning örtaça qiymatiga teng böladi.
24. Abituriyentlarning amaliy şaklda bajargan imtihon işlarini tekşiriş va baholaş şifrlaş orqali amalga oşiriladi.
Guruh nazoratçisi kasbiy (ijodiy) imtihon tugaganidan söng abituriyentlarning amaliy işlarini qabul qilib oliş, har bir amaliy iş va uning uşbu Nizomga 3-ilovada namuna sifatida keltirilgan titul varağiga identifikatsiya raqamlari (şifr)ni qöyiş hamda imtihon komissiyasi raisiga uşbu imtihon işlarini tekşirişga beriş uçun mas’ul hisoblanadi.
Amaliy imtihon işlariga qöyilgan şifrlarning maxfiyligini ta’minlaşga guruh nazoratçisi şaxsan mas’ul hisoblanadi.
Amaliy imtihon işlarini şifrlaş va qayta tiklaş hamda ularni tekşiriş va baholaş maxsus ajratilgan xonalarda amalga oşiriladi.
Amaliy imtihon işlarini obyektiv tekşiriş, baholaş hamda abituriyent tomonidan töplangan ballarni titul varağida aks ettiriş uçun mas’uliyat fan böyiça imtihon komissiyasi raisi va a’zolari zimmasiga yuklanadi.
Amaliy imtihon işlari qabul komissiyalarining maxsus xonalarida bir yil saqlanadi va uşbu muddat ötganidan söng belgilangan tartibda yöq qilinadi.
25. Jadval böyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlarga (imtihon bosqiçi yoki turiga) kelmagan abituriyentlar uçun qayta kasbiy (ijodiy) imtihonlar ötkazilmaydi va ular öqişga qabul qilinmaydi.
26. Tegişli bakalavriat ta’lim yönalişlariga muvofiq fanlar majmuasidagi har bir fan böyiça imtihon natijalari kasbiy (ijodiy) imtihon xususiyatiga qarab, imtihon ötkazilganidan keyin 1 — 3 kun muddatda oliy ta’lim muassasasi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
27. Oliy ta’lim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar ötkazilişi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellatsiya) arizalarini körib çiqiş uçun sohaning yetuk mutaxassislari va boşqa oliy ta’lim muassasalari professor-öqituvçilaridan iborat apellatsiya komissiyasi taşkil etiladi.
Apellatsiya komissiyasi tarkibiga fan böyiça imtihon komissiyasi a’zolarining kiritilişi taqiqlanadi.
Imtihonni qabul qilgan fan böyiça komissiya a’zosi apellatsiya jarayonida qatnaşib, öz fikrini bildiriş huquqiga ega.
Norozilik (apellatsiya) arizalari imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boşlab 24 soat içida qabul qilinadi va apellatsiya komissiyasi tomonidan bir kun muddatda körib çiqiladi.
28. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari fanlar kesimida alohida imtihon qaydnomalariga kiritiladi.
Uşbu imtihon qaydnomalarining har biri fan böyiça imtihon komissiyasi raisi va oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi hamda muhrlanadi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar yakunlanganidan söng imtihon qaydnomalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan böysunişiga qarab tegişli vazirlik (idora) orqali har yili 15-avgustga qadar qaror qabul qiliş uçun Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
29. Uşbu Nizomni qöllaşda yuzaga keladigan nizolar qonunçilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
30. Mazkur Nizom talablarining buzilişida aybdor bölgan şaxslar qonunçilikda belgilangan tartibda javob beradilar.