4-bob. Murojaatlarni beriş va ularni körib çiqiş tartibi
21-modda. Murojaatlarni beriş tartibi
Murojaatlar ularda qöyilgan masalalarni hal etiş öz vakolati doirasiga kiradigan davlat organiga, taşkilotga yoki ularning mansabdor şaxsiga bevosita yoxud böysunuv tartibida yuqori turuvçi organga beriladi.
Jismoniy va yuridik şaxslar murojaatni mustaqil ravişda berişga, şuningdek bu boradagi vakolatni öz vakiliga berişga yoxud murojaatni poçta aloqasi vositalari orqali yoki elektron şaklda yuborişga haqli. Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati çeklangan şaxslarning manfaatlarini közlab murojaatlar ularning qonuniy vakillari tomonidan qonunçilikda nazarda tutilgan tartibda berilişi mumkin.
Murojaatga u böyiça ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning köçirma nusxalari, şuningdek uni körib çiqiş uçun zarur bölgan boşqa hujjatlar ilova qilinişi mumkin, mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, murojaat etuvçi ularni qaytariş haqida yozma ariza bergan hollar bundan mustasno. Körsatib ötilgan hujjatlar murojaat taalluqliligi böyiça boşqa davlat organiga, taşkilotga yoki ularning mansabdor şaxsiga yuborilganda murojaatga ilova qilinişi kerak.
Murojaat poçta aloqa vositasi orqali konvertda kelib tuşganda konvertda murojaat va unga ilovalar mavjudligi tekşiriladi. Konvertda murojaat mavjud bölmasa yoki u şikastlangan bölsa, şuningdek murojaatda körsatilgan ilovalar mavjud bölmasa, dalolatnoma tuzilib, uning bir nusxasi murojaat etuvçiga konvertda körsatilgan manzil böyiça yuboriladi.
22-modda. Murojaatlarni beriş muddatlari
Murojaatlarni beriş muddatlari, qoida tariqasida, belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar davlat organining, taşkilotning yoki ular mansabdor şaxslarining murojaatni körib çiqiş böyiça imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini öz vaqtida amalga oşiriş va himoya qilişni ta’minlaş zaruratiga boğliq bölsa, şuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa asoslarga köra murojaatni beriş muddati belgilanişi mumkin.
Böysunuv tartibida yuqori turuvçi organga ariza yoki şikoyat jismoniy yoki yuridik şaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvçi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi ma’lum bölgan paytdan e’tiboran uzoği bilan bir yildan keçiktirmay beriladi.
Ariza yoki şikoyat berişning uzrli sababga köra ötkazib yuborilgan muddati arizani yoki şikoyatni körib çiquvçi davlat organi, taşkilot yoki ularning vakolat berilgan mansabdor şaxsi tomonidan tiklanadi.
23-modda. Murojaatlar böyiça iş yuritiş
Davlat organi, taşkilot yoki ularning mansabdor şaxsiga kelib tuşgan murojaat öşa kunning özida, iş vaqti tugaganidan keyin kelib tuşgan taqdirda esa, keyingi iş kuni röyxatdan ötkazilişi kerak.
Murojaatni röyxatdan ötkazişni rad etişga yöl qöyilmaydi.
Davlat organlarida, taşkilotlarda murojaatlarni röyxatdan ötkaziş daftari yuritilib, unda murojaatning tartib raqami va kelib tuşgan sanasi, murojaat etuvçi jismoniy şaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), yuridik şaxsning nomi, murojaatning qisqaça mazmuni, ijrosi töğrisidagi belgi, şuningdek boşqa ma’lumotlar körsatiladi.
Davlat organlari, taşkilotlar murojaatlar bilan işlaşda elektron hujjat aylanişi tizimini joriy etişi mumkin.
Davlat organining rahbariga yoki vakolat berilgan mansabdor şaxsiga ommaviy qabullar vaqtida tuşgan va joyida hal etilgan oğzaki murojaatlarni röyxatdan ötkaziş talab qilinmaydi. Bunda jismoniy şaxsning yoki yuridik şaxs vakilining familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yaşaş joyi töğrisidagi ma’lumotlar, murojaatning qisqaça mazmuni, şuningdek uni körib çiqiş natijasi ommaviy qabul bayonnomasida körsatiladi.
Murojaatni röyxatdan ötkaziş va körib çiqiş böyiça iş yuritiş qonunçilikda belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
24-modda. Murojaatlarni körib çiqiş tartibi
Davlat organiga, taşkilotga yoki ularning mansabdor şaxslariga kelib tuşgan murojaatlar şu organ, taşkilot tomonidan yoki murojaatlarni körib çiqiş böyiça zimmasiga majburiyatlar yuklatilgan mansabdor şaxslar tomonidan körib çiqiladi.
Davlat organiga, taşkilotga kelib tuşgan murojaatlar böysunuv tartibida quyi turuvçi bölinmalarga ham yuborilişi mumkin.
Agar murojaatda davlat organlari, taşkilotlarning bir neçta tarkibiy bölinmalariga taalluqli masalalar mavjud bölsa, ularning barçasi murojaatni körib çiqiş böyiça ijroçilar etib belgilanadi. Ijroçilar örtasida birinçi körsatilgan tarkibiy bölinma murojaatning körib çiqilişini boşqa tarkibiy bölinmalar bilan birgalikda ta’minlaydi.
Murojaatni töliq, xolisona va öz vaqtida körib çiqiş uçun qöşimça ma’lumotlar, ma’lumotnomalar va materiallarga zarurat paydo bölgan taqdirda, mazkur murojaatni körib çiqayotgan davlat organi, taşkilot yoki ularning mansabdor şaxslari murojaat etuvçidan, şuningdek öz vakolatlari doirasida boşqa davlat organlaridan, boşqa taşkilotlardan va mansabdor şaxslardan qöşimça axborotni sörab olişi mumkin. Agar axborot davlat sirini yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni taşkil etuvçi ma’lumotlarni öz içiga olgan bölmasa, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, davlat organlari, taşkilotlar va mansabdor şaxslar özlaridan söralayotgan axborotni ön kun içida taqdim etişi şart.
Murojaatlarni körib çiqayotgan davlat organi, taşkilot yoki ularning mansabdor şaxslari zarur hollarda, murojaatning joyning öziga borib körib çiqilişini ta’minlaşi mumkin.
Agar murojaatda qöyilgan masalalar xöjalik yurituvçi subyektlar faoliyatiga daxldor bölsa, ularning vakillari murojaatlarni körib çiqişda iştirok etiş uçun davlat organlari tomonidan öz vakolatlari doirasida jalb etiladi.
Agar murojaatni körib çiqişda xöjalik yurituvçi subyektlarning faoliyatini tekşiriş, şu jumladan moliyaviy-xöjalik faoliyatini tekşiriş (taftiş qiliş) zarurati yuzaga kelsa, tekşiriş qonunçilikka muvofiq amalga oşiriladi.
241-modda. Voyaga yetmagan şaxslarning murojaatlarini körib çiqişning öziga xos xususiyatlari
Voyaga yetmagan şaxslar öz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilişi masalalari yuzasidan davlat organlariga, taşkilotlarga yoki ularning mansabdor şaxslariga uşbu Qonunda belgilangan tartibda mustaqil ravişda murojaat berişga haqli. Davlat organlari, taşkilotlar yoki ularning mansabdor şaxslari tomonidan voyaga yetmagan şaxsning murojaatlarini körib çiqiş uning qonuniy vakillari, şuningdek vasiylik va homiylik organlari iştirokida amalga oşirilişi mumkin. Voyaga yetmagan şaxslar töliq muomala layoqatiga ega bölmaganligi sababli ularning murojaatlarini körib çiqmasdan qoldirişga yöl qöyilmaydi.
Murojaatda qöyilgan masalalarni hal etiş öz vakolatiga kirmaydigan davlat organlari, taşkilotlar, şuningdek ularning mansabdor şaxslari murojaatni tegişli davlat organiga, boşqa taşkilotga yoki mansabdor şaxsga yoxud vasiylik va homiylik organiga yuborişi şart.
25-modda. Ayrim murojaatlarni körib çiqiş tartibi
Takroriy murojaatlar umumiy asoslarda körib çiqiladi, uşbu Qonunning 30-moddasida körsatilgan hollar bundan mustasno.
Qöyilgan masalalarni hal etiş özining vakolati doirasiga kirmaydigan davlat organiga, taşkilotga yoki ularning mansabdor şaxslariga kelib tuşgan murojaatlar beş kunlik muddatdan keçiktirmay tegişli organlarga, boşqa taşkilotlarga va mansabdor şaxslarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvçiga yozma yoxud elektron şaklda xabar qilinadi. Bunda kelib tuşgan elektron murojaat elektron şaklda yuborilişi mumkin.
Murojaatlarni körib çiqiş uçun asossiz ravişda boşqa davlat organlariga, taşkilotlarga ötkaziş yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan şikoyat qilinayotgan organlarga, taşkilotlarga yoki mansabdor şaxslarga yuboriş taqiqlanadi.
Agar murojaatlarda ularni tegişli davlat organlariga, taşkilotlarga yoki mansabdor şaxslarga yuboriş uçun zarur ma’lumotlar mavjud bölmasa, bu murojaatlar murojaat etuvçiga beş kunlik muddatdan keçiktirmay asoslantirilgan tuşuntiriş bilan qaytariladi.
Agar murojaatni körib çiqiş davomida murojaatning dublikati kelib tuşsa, mazkur murojaat avval kelib tuşgan murojaat bilan birgalikda körib çiqiladi.
Agar murojaatning dublikati murojaat körib çiqilganidan va javob yuborilganidan keyin kelib tuşsa, bu haqda davlat organi, taşkilot yoki ularning mansabdor şaxslari murojaat etuvçini tegişli tartibda xabardor qiladi.
Murojaatlarning turlariga kiritilmagan xatlarni (taşakkurnomalar, tabriknomalar, taklifnomalar, fikr-mulohazalarni) körib çiqiş davlat organlari, taşkilotlar va ularning mansabdor şaxslari tomonidan ularning öz ixtiyoriga köra amalga oşiriladi.
26-modda. Murojaat etuvçini eşitiş
Murojaatni körib çiqayotgan davlat organi, boşqa taşkilot yoki ularning mansabdor şaxslari öz taşabbusiga köra yoxud murojaat etuvçining iltimosiga köra uni eşitişni taşkil etişi mumkin.
Davlat organi, taşkilot yoki ularning mansabdor şaxslari murojaat etuvçiga murojaatda kötarilgan masalalar böyiça öz fikrini bildiriş va murojaat böyiça qöşimça axborot taqdim etiş imkoniyatini beradi. Davlat organi, taşkilot yoki ularning mansabdor şaxslari murojaat etuvçini eşitişga ekspertlarni, mutaxassislarni va manfaatdor taşkilotlarning vakillarini jalb etişi mumkin.
27-modda. Murojaatlarga javoblar
Murojaatlarni körib çiqiş natijalariga köra davlat organi, taşkilot yoki ularning mansabdor şaxslari tomonidan qaror qabul qilinadi, bu haqda murojaat qiluvçiga darhol yozma yoki elektron şaklda xabar qilinadi.
Murojaatga javobni davlat organining, taşkilotning rahbari yoki ularning mansabdor şaxsi imzolaydi.
Jamoaviy murojaatlarga javob, agar murojaatda javobni boşqa şaxsga yuboriş talab etilmagan bölsa, murojaat qiluvçilarning röyxatida birinçi körsatilgan şaxsga yuboriladi.
Murojaat, agar unda qöyilgan barça masalalar uşbu Qonun talablariga muvofiq körib çiqilgan va murojaat qiluvçiga tegişli javob yuborilgan taqdirda, körib çiqilgan hisoblanadi.
Murojaatlarga javoblar mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon qilinadi, javoblar murojaatda körsatilgan har bir masala böyiça vajlarni inkor etuvçi yoki tasdiqlovçi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonunçilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) öz içiga olgan bölişi kerak.
Ommaviy qabullar vaqtida davlat organining rahbariga yoki vakolat berilgan boşqa mansabdor şaxsiga kelib tuşgan va joyida hal etilgan oğzaki murojaatlarga yozma javob yoki elektron şakldagi javob talab etilmaydi.
28-modda. Murojaatlarni körib çiqiş muddatlari
Ariza yoki şikoyat masalani mazmunan hal etişi şart bölgan davlat organiga, taşkilotga yoki ularning mansabdor şaxsiga kelib tuşgan kundan e’tiboran ön beş kun içida, qöşimça örganiş va (yoki) tekşiriş, qöşimça hujjatlarni sörab oliş talab etilganda esa, bir oygaça bölgan muddatda körib çiqiladi.
Ariza va şikoyatlarni körib çiqiş uçun tekşiriş ötkaziş, qöşimça materiallarni sörab oliş yoxud boşqa çora-tadbirlar köriş zarur bölgan hollarda, ularni körib çiqiş muddatlari tegişli davlat organining, taşkilotning rahbari tomonidan istisno tariqasida uzoği bilan bir oyga uzaytirilişi mumkin, bu haqda murojaat etuvçiga xabar qilinadi.
Taklif davlat organiga, taşkilotga yoki ularning mansabdor şaxsiga kelib tuşgan kundan e’tiboran bir oygaça bölgan muddatda körib çiqiladi, qöşimça örganişni talab etadigan takliflar bundan mustasno bölib, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik şaxsga ön kunlik muddatda yozma şaklda xabar qilinadi.
29-modda. Murojaatlarni körmay qoldiriş
Quyidagi murojaatlar körib çiqilmaydi:
anonim murojaatlar;
jismoniy va yuridik şaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovçi hujjatlar mavjud bölmagan taqdirda;
mazkur Qonunda belgilangan boşqa talablarga muvofiq bölmagan murojaatlar.
Murojaatlar körmay qoldirilganda tegişli xulosa tuziladi, u davlat organining, taşkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor şaxsi tomonidan tasdiqlanadi.
Jismoniy va yuridik şaxs vakilining vakolatini tasdiqlovçi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar körmay qoldirilganligi töğrisida murojaat qiluvçi tegişli tartibda xabardor qilinadi.
30-modda. Murojaatlarni körib çiqişni tugatiş
Murojaatlarni körib çiqiş quyidagi hollarda tugatiladi:
agar takroriy murojaatlarda yangi vajlar yoki yangidan oçilgan holatlar keltirilmagan bölsa, ilgarigi murojaat materiallarida esa tekşiruvlarning töla-tökis materiallari mavjud bölsa va murojaat qiluvçiga belgilangan tartibda javoblar berilgan bölsa;
agar murojaat qiluvçi öz murojaatini belgilangan tartibda çaqirib olgan bölsa yoki uni körib çiqişni tugatiş töğrisida iltimos qilgan bölsa;
yaşaş joyi, turgan joyi (poçta manzili), elektron poçta manzili yoki boşqa rekvizitlari özgarganligi töğrisida öz vaqtida xabardor qilmaganligi tufayli çaqirişning imkoni yöqligi sababli murojaatni murojaat qiluvçining iştirokisiz körib çiqiş imkoniyati bölmaganda;
murojaatni murojaat qiluvçining iştirokisiz körib çiqiş imkoniyati mavjud emasligi sababli, davlat organi, taşkilot yoki ularning mansabdor şaxsi tomonidan çaqirilgan murojaat qiluvçi kelmay qolgan taqdirda;
agar murojaat qiluvçi jismoniy şaxs vafot etganidan söng murojaatni körib çiqiş huquqiy vorislikka yöl qöymasa.
Murojaatni körib çiqişni tugatiş töğrisidagi qarorni davlat organining, taşkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor şaxsi qabul qiladi.
Takroriy murojaatni körib çiqiş uşbu modda birinçi qismining ikkinçi xatboşisiga muvofiq tugatilganda, murojaat qiluvçi takroriy murojaatning asossizligi va uşbu masala yuzasidan u bilan yozişmalar tugatilişi töğrisida yozma ravişda xabardor qilinadi. Yozişmalar olib boriş tugatilgan murojaat qiluvçidan takroriy murojaat kelib tuşgan taqdirda, bunday murojaatni körib çiqiş murojaat qiluvçini bu haqda xabardor qilmasdan tugatiladi.
Murojaatni körib çiqiş uni çaqirib oliş töğrisidagi ariza böyiça tugatilganda murojaat murojaat qiluvçiga davlat organining, taşkilotning yoki ular mansabdor şaxsining xati bilan birga uç kun içida qaytariladi. Murojaatni çaqirib oliş töğrisidagi ariza qonun buzilişlarini aniqlaş va bartaraf etiş yuzasidan çora-tadbirlar körilişini istisno etmaydi.
Murojaat qiluvçi çaqirilgan jismoniy şaxsning yoki yuridik şaxs vakilining kelmay qolganligi sababli murojaatni körib çiqişni tugatiş töğrisida tegişli tartibda xabardor qilinadi.
31-modda. Murojaatga javobni tuşuntiriş va uni tuzatiş
Jismoniy yoki yuridik şaxsning iltimosiga köra murojaatni körib çiqqan davlat organi, taşkilot va ularning mansabdor şaxslari murojaatga javobni uning mazmunini özgartirmasdan tuşuntirişi, şuningdek yöl qöyilgan xatolar va arifmetik xatolarni öz taşabbusiga köra yoki murojaat qiluvçining iltimosiga köra, murojaatga javobning mazmuniga daxl qilmagan holda tuzatişi şart.
Murojaat qiluvçining murojaatga javobni tuşuntiriş va uni tuzatiş töğrisidagi iltimosi u kelib tuşgan kundan e’tiboran ön kun içida körib çiqiladi.