5-bob. Madaniy faoliyatni taşkil etiş
27-modda. Madaniyat taşkilotlari
Madaniy faoliyat sohasidagi faoliyatni asosiy faoliyat turi sifatida amalga oşiruvçi yuridik şaxs yoki yuridik şaxsning tarkibiy bölinmasi madaniyat taşkilotidir.
Madaniyat taşkilotlari davlat madaniyat muassasalari va taşkilotlari yoki nodavlat madaniyat taşkilotlari şaklida taşkil etilişi mumkin.
Davlat mulkida turgan mulk negizida davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari tomonidan taşkil etilgan muassasalar va taşkilotlar davlat madaniyat muassasalari va taşkilotlari jumlasiga kiradi.
Madaniy faoliyat sohasidagi faoliyatni asosiy faoliyat turi sifatida amalga oşiruvçi nodavlat taşkilotlar nodavlat madaniyat taşkilotlari jumlasiga kiradi.
Madaniyat taşkilotlari faoliyatining turlari ularning muassislari tomonidan belgilanadi hamda ustavda va (yoki) boşqa ta’sis hujjatlarida körsatiladi.
Davlat muassasalari va madaniyat taşkilotlari özida saqlanayotgan madaniy boyliklar töğrisidagi axborotni, şuningdek teatr sahna asarlarining va (yoki) ijodiy dasturlarning mavsumiy repertuaridan çiqarilgan audiovizual yozuvlarni qonunçilikda belgilangan tartibda elektron axborot resurslariga joylaştiradi.
28-modda. Madaniyat taşkilotlarining asosiy toifalari
Madaniyat taşkilotlari madaniy faoliyatning turlariga qarab quyidagi toifalarga bölinadi:
madaniy-tomoşa taşkilotlari;
madaniy-ma’rifiy taşkilotlar;
boşqa madaniyat taşkilotlari.
Faoliyatining asosiy turi sahna san’ati asarlarini yaratişdan va ularni omma oldida namoyiş etişdan iborat bölgan madaniyat taşkilotlari (teatrlar, filarmoniyalar, sirklar, konsert taşkilotlari (professional ijodiy jamoalar, musiqiy jamoalar hamda ansambllar va boşqalar), kinematografiya taşkilotlari va boşqalar) madaniy-tomoşa taşkilotlari jumlasiga kiradi.
Faoliyatining asosiy turi madaniyat obyektlaridan foydalanişni ta’minlaşdan, şaxsning intellektual, ma’naviy-axloqiy, madaniy va ta’lim olişga bölgan ehtiyojlarini qanoatlantirişdan, şaxsning ijodiy qobiliyatini rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratişdan, şuningdek milliy madaniyatni tiklaş va yanada rivojlantirişga kömaklaşişdan, madaniy meros obyektlarini saqlaşdan iborat bölgan madaniyat taşkilotlari (madaniyat markazlari, milliy madaniy markazlar, muzeylar, badiiy galereyalar (körgazmalar), körgazma zallari, tarixiy-madaniy qöriqxonalar, madaniyat va istirohat boğlari, klub muassasalari, madaniyat saroylari hamda uylari, madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim muassasalari, madaniy-axborot markazlari hamda madaniy-ma’rifiy markazlar va boşqalar) madaniy-ma’rifiy taşkilotlar jumlasiga kiradi.
Moddiy madaniy meros obyektlari va arxitektura yodgorliklari, qayta tiklaş (restavratsiya) markazlari, tadqiqot markazlari, ijodiy ustaxonalar, xalq badiiy hunarmandçiligi va amaliy san’ati taşkilotlari hamda boşqalar boşqa madaniyat taşkilotlari jumlasiga kiradi.
29-modda. Madaniyat markazlari
Davlat muassasasi şaklida taşkil etilgan, aholining madaniy ehtiyojlarini örganiş, şuningdek madaniy-ma’rifiy va köngiloçar xizmatlar körsatiş böyiça faoliyatni amalga oşiruvçi, badiiy ijod, amaliy san’at va havaskorlik bilan şuğullanuvçi yuridik şaxs madaniyat markazidir.
Madaniyat markazlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
aholiga körsatiladigan madaniy xizmatlar sifatini yaxşilaş, aholining böş vaqti mazmunli ötişini ta’minlaş va madaniy ehtiyojlarini qanoatlantiriş, ijodiy jamoalarning milliy qadriyatlarni, urf-odatlar va an’analarni özida mujassam etgan namunaviy dasturlarni şakllantiriş;
xalq ijodiyotini va badiiy havaskorlikni saqlaş hamda rivojlantiriş, badiiy va amaliy ijodiy jamoalarni, havaskorlik guruhlarini taşkil etiş, ularning faoliyat körsatişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, şuningdek ijodiy jarayonlarni tizimli asosda boyitib boriş;
bolalarni tögaraklarga jalb etiş, ularni çet tillarga öqitiş, “Nutq madaniyati” kurslarini taşkil etiş, xalq ijodiyotining barça janrlari va yönalişlarini, havaskorlik san’atini va nomoddiy madaniy merosni keng tarğib qiliş, şuningdek ularni asl holida kelajak avlodga yetkaziş;
adabiyot va san’at arboblari, professional ijodiy guruhlar bilan birga ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-ommaviy tadbirlarni taşkil etiş hamda ular iştirokida aholi, şu jumladan yoşlar bilan ijodiy uçraşuvlar va suhbatlar ötkaziş;
xalq ijodiyoti va tomoşa san’ati tanlovlarini, tuman (şahar) festivallarini ötkaziş, iste’dodli yoşlarni aniqlaş hamda ijodkor yoşlarni qöllab-quvvatlaş;
ommaviy bayramlar, tomoşalar hamda xalq sayillarini taşkil etiş, yuridik va jismoniy şaxslar bilan tuzilgan şartnomalarga köra ijtimoiy-madaniy böş vaqtni taşkil etiş sohasida pulli xizmatlar körsatiş.
30-modda. Milliy madaniy markazlar
Milliy madaniy markazlar tilni, madaniyatni, urf-odatlar va an’analarni, tarixiy qadriyatlarni saqlaş va rivojlantiriş, madaniy va ma’naviy merosni saqlaş, millatlararo tinçlik va totuvlikni saqlab turiş, millatlararo munosabatlarni uyğunlaştiriş, xalqaro madaniy almaşinuvni rağbatlantiriş, şuningdek xalqlar örtasidagi döstlik aloqalarini mustahkamlaş maqsadida taşkil etiladi.
Özbekiston Respublikasi hududida yaşovçi millatlar va elatlarning vakillari bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari nodavlat notijorat taşkilotlari şaklida milliy madaniy markazlarni taşkil etişi mumkin.
Milliy madaniy markazlar Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalari va qonunçiligida belgilangan tartibda, çet davlatlarda Özbekiston Respublikasi tomonidan yoki Özbekiston Respublikasida çet davlatlar tomonidan taşkil etilişi mumkin.
31-modda. Teatr
Teatr sahna asarlarini (drama, musiqali drama, musiqa, raqs, qöğirçoq, pantomima, hajviy va hazil-mutoyiba sahna asarlarini, bolalar va ösmirlar uçun, yoşlarbop, eksperimental va boşqa asarlarni) yaratişni, ommaviy ijro etişni va (yoki) ommaviy namoyiş qilişni amalga oşiradigan madaniy-tomoşa taşkilotidir.
Teatrning asosiy vazifalari Özbekiston xalqining (Özbekiston Respublikasida yaşovçi millatlar va elatlarning) teatr madaniyatini, milliy özini özi anglaşini va tillarini saqlaş hamda rivojlantirişdan, şuningdek sahna asarlarini yaratiş, ommaviy ijro etiş va (yoki) ommaviy namoyiş qilişdan, mazkur yönalişda innovatsion loyihalarni amalga oşirişdan iboratdir.
Teatrlar badiiy yönalişlarni, repertuarni tanlaşda, sahna asarlarini yaratiş, ommaviy ijro etiş va (yoki) ommaviy namoyiş qiliş töğrisida qaror qabul qilişda, şuningdek samarali ijodiy jarayonni va işlab çiqarişni rivojlantiriş uçun zarur bölgan, qonunçilikka zid bölmagan boşqa faoliyatni amalga oşirişda erkindir.
Sahna asarlarini yaratiş, ommaviy ijro etiş va (yoki) ommaviy namoyiş qiliş uçun çet ellik ijodkorlar şartnoma asosida jalb etilişi mumkin.
Har bir sahna asarini sahnalaştiruvçi rejissorning tavsiyalari asosida davlat teatri rahbari tomonidan sahnalaştiriş guruhi tuziladi.
Davlat teatrlarida har bir sahna asari ommaviy ijro etiş va (yoki) ommaviy namoyiş qiliş uçun tayyor ekanligi töğrisidagi qaror teatrning badiiy kengaşi tavsiyasiga köra teatr rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Davlat teatrining badiiy kengaşi töğrisidagi nizom va uning tarkibi Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda kamida uç yilda bir marta yangilab turiladi.
32-modda. Sirk
Sirk estrada-sirk janri asarlarining (akrobatika, gimnastika, jonglyorlik, polvonlik, dorbozlik, qiziqçilik, fokusçilik, pantomima, olov öyinlari, çavandozlik (ot sporti turi), hayvonlarni örgatiş va boşqalar) sahna tomoşalarini amalga oşiruvçi madaniy-tomoşa taşkilotidir.
Sirklar badiiy yönalişlarni, repertuarni tanlaşda, estrada-sirk janri asarlarini yaratiş va sahnalaştiriş töğrisida qarorlar qabul qilişda, şuningdek samarali ijodiy jarayonni va işlab çiqarişni rivojlantiriş uçun zarur bölgan, qonunçilikka zid bölmagan faoliyatni amalga oşirişda erkindir.
Sirklarning hayvonlarni parvarişlaş, örgatiş hamda ular iştirokida sahna tomoşalarini namoyiş etişga tayyorlaş böyiça faoliyatida hayvonlarni oziqlantiriş hamda ularga xizmat körsatiş normalariga, veterinariya-sanitariya va zootexnika talablariga, şuningdek xavfsizlik talablariga rioya etilişi kerak.
Estrada-sirk janridagi asarlarni yaratiş va sahnalaştiriş uçun şartnoma asosida çet ellik ijodkorlar jalb etilişi mumkin.
33-modda. Konsert taşkilotlari
Konsert taşkiloti san’at asarlarini ommaviy ijro etişni, badiiy jamoalar va alohida ijroçilarning faoliyatini taşkil etiş bilan şuğullanuvçi taşkilotdir.
Konsert taşkilotlarining asosiy vazifalari musiqiy-estetik jihatdan tarbiyalaş, yuksak badiiy ijodiy dasturlarni va alohida ijrolarni yaratiş uçun şart-şaroitlarni ta’minlaş, professional badiiy jamoalar va alohida ijroçilar konsertlarini taşkil etiş, musiqiy-ma’rifiy faoliyatni amalga oşirişdan iboratdir.
Konsert taşkilotlari ijodiy dasturlarni va alohida ijrolarni yaratişda, repertuarni tanlaşda mustaqildir.
Ijodiy dasturlarni va alohida ijrolarni yaratiş uçun çet ellik ijodkorlar şartnoma asosida jalb etilişi mumkin.
34-modda. Madaniy-ma’rifiy taşkilotlar faoliyatining asosiy yönalişlari
Madaniy-ma’rifiy taşkilotlar faoliyatining asosiy yönalişlari quyidagilardan iborat:
xalq ijodiyotini, xalq badiiy hunarmandçiligi va amaliy san’atini, şuningdek madaniy meros obyektlarini saqlaş va tarğib qiliş;
Özbekiston Respublikasida ötkaziladigan bayramlarni, konsertlarni, aşula va raqs bayramlarini, taqdimotlarni, festivallarni, tanlovlarni, xalq amaliy va tasviriy san’ati körgazmalarini taşkil etiş;
ilmiy-amaliy, axborot-uslubiy işlarni taşkil etiş;
madaniy-köngiloçar faoliyatning va xalq ijodiyotining ilğor tajribasini örganiş, umumlaştiriş, ommalaştiriş, tatbiq etiş va tarqatiş;
eng yaxşi xalq ijodiyoti jamoalarini viloyatlar, hududlar, respublika bayramlarida, xalqaro bayramlarda, tanlovlarda, festivallarda iştirok etiş uçun jalb qiliş orqali ularni ommalaştiriş;
madaniyat taşkilotlarining assotsiatsiyalarini (uyuşmalarini), şuningdek madaniyatni saqlaş va rivojlantirişga qaratilgan innovatsion loyihalarni, madaniy tadbirlar hamda taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş.
35-modda. Davlat madaniyat muassasalari va taşkilotlariga “Milliy” yoki “Akademik” maqomini beriş
Davlat madaniyat muassasalariga va taşkilotlariga madaniyat hamda san’at sohasida erişgan yutuqlari uçun Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga binoan Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Milliy” yoki “Akademik” maqomi berilişi mumkin.
36-modda. Davlat madaniyat muassasalari va taşkilotlarining attestatsiyasi
Davlat madaniyat muassasalari va taşkilotlarining attestatsiyasi ular asosiy faoliyatining samaradorligini baholaş, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalaniş, ularning tuzilmalarini tartibga soliş maqsadida uç yilda bir marta ötkaziladi.
Davlat madaniyat muassasalari va taşkilotlarining attestatsiyasi tartibi qonunçilikda belgilanadi.