4-bob. Ta’lim faoliyatini taşkil etiş va uning nazoratini amalga oşiriş
29-modda. Ta’lim taşkilotlarining huquqiy maqomi
Özbekiston Respublikasining ta’lim taşkilotlari va ularning filiallari, şuningdek xorijiy davlatlar ta’lim taşkilotlarining filiallari yuridik şaxs maqomi bilan taşkil etiladi.
Oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti şaklidagi ta’lim xizmatlari yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida röyxatga olingan jismoniy şaxslar tomonidan amalga oşiriladi.
Nodavlat ta’lim taşkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran ta’lim faoliyati bilan şuğullanişga haqli bundan uşbu Qonunning 571-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ta’lim taşkilotlari öz faoliyatini ustav va (yoki) boşqa ta’sis hujjatlari asosida yuritadi.
Ta’lim taşkilotlari öquv-tarbiya va öquv-ilmiy-işlab çiqariş majmualariga birlaşişga haqli.
Ta’lim taşkilotlarida siyosiy partiyalarning taşkiliy tuzilmalarini taşkil etişga yöl qöyilmaydi.
30-modda. Ta’lim taşkilotlarini taşkil etiş, qayta taşkil etiş va tugatiş
Davlat oliy ta’lim, örta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, şuningdek davlat iştirokidagi oliy, örta maxsus, professional ta’lim taşkilotlari va ularning filiallari Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan taşkil etiladi.
Iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning oliy ma’lumotli malakali kadrlarga bölgan ehtiyojlarini, şuningdek aholining oliy ta’lim olişga bölgan ehtiyojini qanoatlantiriş maqsadida mamlakat hududida xorijiy oliy ta’lim taşkilotlarining filiallari (markazlari, ta’lim kampuslari) va boşqa bölinmalari taşkil etilişi mumkin.
Xorijiy oliy ta’lim taşkilotlarining bölinmalari Özbekiston Respublikasida yuridik şaxs maqomi bilan taşkil etiladi.
Xorijiy oliy ta’lim taşkilotlarining, şuningdek xalqaro taşkilotlarning ta’lim muassasalari filiallari (markazlari, ta’lim kampuslari) va boşqa bölinmalari faoliyatini taşkil etiş masalalari böyiça Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalariga muvofiq Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinişi mumkin.
Kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça davlat ta’lim muassasalari:
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan institutlar va markazlar şaklida;
tegişli vazirliklar, davlat qömitalari hamda idoralar tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelişilgan holda oliy ta’lim muassasalarining fakultetlari va kurslari şaklida taşkil etiladi.
Davlat umumiy örta va maktabdan taşqari ta’lim muassasalari:
respublika böysunuvida vazirliklar, davlat qömitalari va idoralari tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan kelişgan holda;
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri böysunuvida tegişinça Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelişilgan holda;
tumanlar va şaharlar böysunuvida tumanlar va şaharlar hokimliklari tomonidan Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelişilgan holda taşkil etiladi.
Nodavlat ta’lim muassasalarini taşkil etiş ularning ta’sisçilari tomonidan amalga oşiriladi.
Ta’lim taşkilotlarini qayta taşkil etiş va tugatiş qonunçilikda belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
Ta’lim taşkilotlarini taşkil etiş, qayta taşkil etiş va tugatiş töğrisidagi ma’lumotlar davlat statistika organlariga, Ta’lim inspeksiyasiga hamda Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy organlariga taqdim etiladi.
31-modda. Nodavlat ta’lim taşkilotlari
Nodavlat ta’lim taşkilotlari öz faoliyatini litsenziya asosida amalga oşiradi, bundan maktabdan taşqari ta’limni, kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşirişni amalga oşiruvçi ta’lim taşkilotlari mustasno.
Nodavlat ta’lim taşkilotlari litsenziya talablariga va şartlariga muvofiq ta’lim xizmatlari körsatadi.
Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini körsatuvçi nodavlat ta’lim taşkilotlari bitiruvçilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim töğrisidagi hujjatlarni beradi.
Kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş böyiça nodavlat ta’lim xizmatlarini körsatuvçi ta’lim taşkilotlari tomonidan bitiruvçilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim töğrisidagi hujjat berilişi mumkin. Bunda kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş böyiça nodavlat ta’lim xizmatlarini körsatuvçi ta’lim taşkilotlari belgilangan tartibda attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan ötişi kerak.
Mustaqil işlab çiqilgan va litsenziyada körsatilgan öquv dasturlari böyiça ta’lim xizmatlari körsatadigan nodavlat ta’lim taşkilotlari bitiruvçilarga Özbekiston Respublikasida tan olinadigan ta’lim töğrisidagi hujjatlarni beradi.
Nodavlat ta’lim taşkilotlari normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonini taşkil etiş uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş va yuqori kasbiy mahoratga ega bölgan pedagog kadrlar va boşqa kadrlarni jalb qiliş böyiça çora-tadbirlar köradi.
Nodavlat ta’lim taşkilotlari tomonidan işlab çiqilgan öquv dasturlari böyiça öqitiş ta’lim oluvçi yoxud uning ota-onasi yoki boşqa qonuniy vakillari va nodavlat ta’lim taşkiloti örtasida tuziladigan, öqitiş muddatlari, şartlari va tölovlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boşqa şartlar belgilanadigan şartnoma asosida amalga oşiriladi.
32-modda. Ta’lim taşkilotining ustavi
Ta’lim taşkilotining ustavi ta’lim turlarining öziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda işlab çiqiladi.
Ta’lim taşkilotining ustavida, qoida tariqasida, quyidagilar körsatiladi:
ta’lim turi va şakli;
ta’lim taşkilotining maqsad va vazifalari;
öquv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik işlarni taşkil etiş hamda mazmuni;
ta’lim taşkilotiga qabul qiliş tartibi;
ta’lim taşkilotining tuzilmasi, boşqaruv organlari va jamoatçilik tuzilmalari;
ta’lim oluvçilar, pedagog kadrlar, öquv-tarbiya işlari böyiça xodimlar, ma’muriy-boşqaruv xodimlarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari;
ta’lim taşkilotining mol-mulki va vositalari;
ta’lim taşkilotini taşkil etiş, qayta taşkil etiş va tugatiş tartibi.
Ta’lim taşkilotining namunaviy ustavi:
umumiy örta ta’lim taşkilotlari, ixtisoslaştirilgan maktablar va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari uçun — Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan;
Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar uçun — Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi tomonidan;
oliy ta’lim muassasalari huzuridagi ixtisoslaştirilgan maktablar, örta maxsus, professional va oliy ta’lim taşkilotlari uçun — Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan;
kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça ta’lim taşkilotlari uçun — tegişli vazirliklar, davlat qömitalari va idoralar tomonidan işlab çiqiladi.
Ta’lim taşkilotining ustavi ta’lim taşkilotining ta’sisçilari tomonidan tasdiqlanadi va hududiy tegişlilik böyiça Davlat xizmatlari markazi tomonidan röyxatga olinadi.
33-modda. Ta’lim beriş tili
Ta’lim taşkilotlarida öqitiş tilidan foydalaniş tartibi “Davlat tili haqida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
34-modda. Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari
Davlat ta’lim standartlari umumiy örta, örta maxsus, professional hamda oliy ta’lim mazmuni va sifatiga oid talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim talablari:
maktabdan taşqari ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, şuningdek kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş mazmunini;
ta’lim tuzilmasini va ta’limni amalga oşiriş şartlarini;
ta’lim oluvçilarning jismoniy, şaxsiy, intellektual, ilmiy va kasbga oid sifatlari töğrisidagi normalarni belgilaydi.
Maktabgaça ta’lim taşkilotlarida maktabgaça ta’lim va tarbiyaning davlat standarti qöllaniladi.
Davlat ta’lim standartlarini va (yoki) davlat ta’lim talablarini bajariş barça ta’lim taşkilotlari uçun majburiydir, bundan uşbu moddaning beşinçi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Nodavlat ta’lim taşkilotlari mustaqil işlab çiqilgan va litsenziyada yoki xabarnomada körsatilgan öquv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oşirişlari mumkin.
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oliy ta’lim, örta maxsus ta’lim hamda professional ta’limning öquv rejalari va öquv dasturlari işlab çiqilişini ta’minlaydi. Uşbu maqsadlar uçun Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tayanç davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalarini belgilaydi.
Tayanç davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari kadrlarning talabgorlari iştirokida davlat ta’lim standartlarini, malaka talablarini, öquv rejalari va öquv dasturlarini tayyorlaşni amalga oşiradi. Davlat ta’lim standartlari kasbiy standartlar asosida işlab çiqiladi.
Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy örta ta’limning davlat ta’lim standartlari işlab çiqilişini ta’minlaydi.
Oliy, professional, örta maxsus va umumiy örta ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, öquv rejalari va öquv dasturlari tegişinça Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Tegişli vakolatlar berilgan boşqa vazirliklar, davlat qömitalari va idoralar davlat ta’lim standartlarini Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelişilgan holda işlab çiqadi hamda tasdiqlaydi.
Davlat ta’lim talablari ta’lim sohasidagi tegişli vakolatli davlat boşqaruvi organlari tomonidan işlab çiqiladi va tasdiqlanadi.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bölgan şaxslarni öqitiş maxsus öquv dasturlari asosida amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi davlat oliy ta’lim muassasalariga mustaqil işlab çiqilgan va tasdiqlangan öquv dasturlari, malaka talablari hamda öquv rejalari asosida ta’lim xizmatlari körsatiş böyiça vakolatlarni berişi mumkin.
35-modda. Ta’lim jarayoniga öquv rejalari va öquv dasturlarini joriy etiş
Öquv rejalari va öquv dasturlari tegişli ta’lim bosqiçlarining maqsad hamda vazifalari asosida işlab çiqiladi.
Tegişli davlat ta’lim muassasalari va taşkilotlaridagi öquv rejalari va öquv dasturlarining mazmuni, ularni işlab çiqiş hamda joriy etiş tartibi Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi hamda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Umumta’lim fanlarining öquv dasturlari şaxsni har tomonlama kamol toptirişga, ta’lim oluvçilarda bilim, malaka, könikmalarni, saviyani şakllantirişga va ularning qobiliyatini rivojlantirişga qaratilgan bölişi kerak.
Kasbga oid fanlarning öquv dasturlari ta’lim oluvçilar tomonidan tegişli kasblar va mutaxassisliklarni egallaşga qaratilgan.
Ta’lim jarayoniga öquv rejalari va öquv dasturlarini joriy etiş ta’lim taşkilotlari tomonidan amalga oşiriladi.
Öquv rejalari va öquv dasturlarini joriy etiş jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, öqitişning innovatsion şakllari va usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qöllaniladi.
Ta’lim jarayoniga öquv rejalari va öquv dasturlarini joriy etiş çoğida ta’lim taşkilotlari kredit-modul tizimiga asoslangan öqitiş texnologiyalaridan foydalanişi mumkin.
Öquv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, öqitişning boşlanişi, muddati va davriyligi, öquv yillari, çoraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar hamda attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, örganiladigan fanlar (modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boşqa zarur parametrlar aks ettiriladi.
Professional va oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşirişga doir öquv rejalarda ta’lim oluvçilar uçun amaliyot ötaş nazarda tutiladi.
Ta’lim oluvçilarning amaliyotni ötaş tartibi va uni taşkil etiş ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boşqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Professional va oliy ta’limga doir öquv rejalari davlat ta’lim standartlariga muvofiq mutaxassislik fanlaridan, şuningdek umumkasbiy, matematika, tabiiy-ilmiy, gumanitar va qöşimça fanlardan şakllantiriladi.
Öquv rejalariga davlat boşqaruvi organlarining topşiriqlariga asosan va uşbu Qonunda nazarda tutilmagan boşqa yöl bilan qöşimça fanlarni kiritişga yöl qöyilmaydi.
36-modda. Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat
Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni modernizatsiya qiliş maqsadida amalga oşiriladi hamda yangi ta’lim texnologiyalari va resurslarini işlab çiqişga, ularni sinovdan ötkazişga hamda ta’lim jarayoniga joriy etişga qaratilgan. Eksperimental va innovatsion faoliyatni amalga oşiriş tartibi va şartlari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boşqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari innovatsion öquv dasturlari va loyihalarini amalga oşiriş hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etiş uçun öz vakolatlari doirasida şart-şaroitlar yaratadi.
Iqtisodiy rivojlaniş va innovatsion faoliyat ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda, davlat tomonidan oliy ta’lim taşkilotlari olimlarining ilmiy-tadqiqot işlari natijalarini işlab çiqariş jarayoniga joriy etiş uçun tegişli şart-şaroitlar, şuningdek oliy ta’lim taşkilotlari ta’lim jarayonining yanada takomillaştirilgan şakllariga bosqiçma-bosqiç ötişi uçun imkoniyatlar yaratiladi.
Ta’lim taşkilotlari eksperimental va innovatsion faoliyatda masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanişi mumkin.
37-modda. Ta’lim taşkilotlari faoliyatining oçiqligi va şaffofligi
Ta’lim taşkilotlari faoliyatining oçiqligi va şaffofligi ularning rasmiy veb-saytlarida Internet jahon tarmoğida joylaştiriladigan ta’lim taşkilotlari faoliyati töğrisidagi oçiq axborot resurslari bilan ta’minlanadi.
Ta’lim taşkilotlari rasmiy veb-saytlarida quyidagilarni joylaştiradi:
ta’lim taşkilotining ustavi;
ta’lim beriş tillari haqida ma’lumot;
davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari;
ta’lim faoliyatining moddiy-texnika ta’minoti haqida ma’lumot;
litsenziya (nodavlat ta’lim taşkilotlari uçun);
ta’lim taşkilotining reytingi;
ta’lim faoliyatini amalga oşiriş uçun davlat akkreditatsiyasi töğrisidagi sertifikat;
ilmiy tadqiqotlar yönalişlari va natijalari, şuningdek ularni amalga oşiriş uçun ilmiy-tadqiqot bazasi töğrisidagi ma’lumot (oliy ta’lim uçun);
ta’lim oluvçilarga stipendiyalar beriş tartibi, ularga ijtimoiy yordam körsatişning mavjudligi va şartlari töğrisidagi ma’lumot;
vaqtinça yaşaş joylarining mavjudligi va yaşaş joylarining soni, şuningdek tölov miqdori töğrisidagi ma’lumot;
pedagoglar va ta’lim oluvçilarning soni, şuningdek pedagoglarning ilmiy salohiyati töğrisidagi ma’lumot.
Ta’lim taşkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylaştiriladigan axborotning işonçligini ta’minlaş uçun ta’lim taşkilotlarining rahbarlari şaxsan javobgardir.
Ayrim ta’lim taşkilotlarining faoliyati töğrisidagi axborotdan foydalaniş qonunçilikda belgilangan hollarda va tartibda çeklanişi mumkin.
38-modda. Ta’lim taşkilotlariga öqişga qabul qiliş
Ta’lim taşkilotlariga öqişga qabul qiliş barça talabgorlar uçun ta’lim olişga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanişi prinsipi asosida amalga oşiriladi, şaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno, ularga qonunçilikka muvofiq imtiyozlar berilişi mumkin.
Ta’lim taşkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning ota-onasini yoki boşqa qonuniy vakillarini ustav, litsenziya yoki xabarnoma qabul qilinganligi töğrisidagi tasdiqnoma (nodavlat ta’lim taşkilotlari uçun), davlat akkreditatsiyasi töğrisidagi sertifikat (bundan maktabdan taşqari nodavlat ta’lim xizmatlarini körsatuvçi nodavlat ta’lim taşkilotlari mustasno), öquv dasturi hamda ta’lim faoliyatini tartibga soluvçi boşqa hujjatlar, öquvçilarning huquqlari va majburiyatlari bilan taniştirişi şart.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bölgan bolalar öqişga öz ota-onasining yoki boşqa qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Ayrim ta’lim taşkilotlariga (oliy ta’lim muassasalariga, akademik litseylarga, Prezident, ijod, ixtisoslaştirilgan maktablar va boşqalarga) öqişga qabul qiliş tanlov asosida amalga oşiriladi. Ta’lim taşkilotlariga tanlov asosida öqişga qabul qiliş çoğida tanlov iştirokçilariga tanlovni ötkaziş tartibi töğrisidagi axborot taqdim etiladi.
Davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş davlat granti va (yoki) tölov-şartnoma asosida amalga oşiriladi.
Davlat ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş tartibi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat ta’lim taşkilotlariga öqişga qabul qiliş tartibi uşbu ta’lim taşkilotlari tomonidan belgilanadi.
Çet ellik fuqarolarni Özbekiston Respublikasining davlat ta’lim muassasalariga qabul qiliş tölov-şartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan hollar mustasno) amalga oşiriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida öqişga qabul qiliş parametrlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş çoğida imtiyozli kontingent uçun qöşimça qabul parametrlari belgilanadi.
39-modda. Davlat ta’lim muassasalariga öqişga maqsadli qabul qiliş
Davlat ta’lim muassasalariga öqişga maqsadli qabul qiliş tegişli hududlarning, sohalar va tarmoqlarning kadrlarga bölgan ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda ular uçun belgilangan ta’lim oluvçilarni qabul qiliş parametrlari doirasida amalga oşiriladi.
Davlat ta’lim muassasalariga öqişga maqsadli qabul qiliş kadrlar buyurtmaçilari, davlat ta’lim muassasalari va fuqarolar örtasida tuziladigan şartnomalar asosida amalga oşiriladi.
Davlat ta’lim muassasalariga maqsadli qabul qiliş tartibida öqişga kiriş umumiy asoslarda tanlov natijalariga muvofiq amalga oşiriladi.
40-modda. Ta’lim töğrisidagi hujjat
Akkreditatsiya qilingan ta’lim taşkilotlarining davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim olgan bitiruvçilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim töğrisidagi hujjat (şahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim töğrisidagi hujjat oilada ta’lim olgan yoki mustaqil ta’lim olgan hamda akkreditatsiya qilingan davlat ta’lim muassasalarining tegişli öquv dasturlari böyiça eksternat tartibida yakuniy va davlat attestatsiyasidan ötgan şaxslarga ham beriladi.
Örta maxsus ta’lim, professional ta’lim hamda oliy ta’lim töğrisidagi diplomga özlaştirilgan fanlar röyxati, ularning hajmlari va fanlar böyiça baholari yozilgan varaqa ilova qilinadi.
Tegişli ilmiy darajani oliş uçun dissertatsiya himoya qilgan şaxslarga falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topşiriladi.
Özbekiston Respublikasining va xorijiy davlatlarning hukumatlari örtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida ta’lim töğrisidagi hujjatlarni özaro tan oliş amalga oşirilişi mumkin.
Uzluksiz ta’limning tegişli turini tamomlamagan şaxslarga belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi.
Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim töğrisidagi hujjat, şuningdek nodavlat ta’lim taşkilotlari tomonidan beriladigan Özbekiston Respublikasida tan olinadigan ta’lim töğrisidagi hujjat uzluksiz ta’limning keyingi turi (darajasi) böyiça öqişni davom ettiriş yoki tegişli mutaxassislik va kasb böyiça işlaş huquqini beradi.
Xorijiy davlatlarning va Özbekiston Respublikasining oliy ta’lim taşkilotlari örtasida tuzilgan şartnoma asosida ularning bitiruvçilariga Özbekiston Respublikasi hududida oliy ma’lumot töğrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan ikki tomonlama diplom (Double Diploma) berilişi mumkin.
41-modda. Ta’lim taşkilotlarining reytingi
Ta’lim taşkilotlarining reytingi:
ta’lim taşkilotlari örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş;
ilmiy-pedagogik faoliyat darajasining ösişini va sifatining oşişini rağbatlantiriş;
pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalaniş;
öqitiş sifatining yuqori körsatkiçlariga erişiş;
mehnat bozorida talab yuqori bölgan malakali kadrlar tayyorlaş maqsadlarida belgilanadi.
Reytingni belgilaş uçun ta’lim taşkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning işonçliligi uçun ta’lim taşkilotining rahbari şaxsan javobgar böladi.
42-modda. Ta’lim tizimidagi monitoring
Ta’lim tizimidagi monitoring ta’limning holatini, ta’lim natijalarining özgarişi sur’atlarini, ta’lim faoliyatini amalga oşiriş uçun yaratilgan şart-şaroitlarni örganiş va kuzatişni, şuningdek ta’lim oluvçilarning kontingenti töğrisidagi ma’lumotlarni va boşqaruv qarorlari qabul qilinişini tahlil etişni öz içiga oladi.
Ta’lim taşkilotlarining monitoringi Ta’lim inspeksiyasi, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boşqaruvi organlari va ularning hududiy bölinmalari tomonidan amalga oşiriladi.
Ta’lim holatining tahlili va uni rivojlantiriş istiqbollari töğrisidagi axborot Ta’lim inspeksiyasining, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boşqaruvi organlarining va ular hududiy bölinmalarining, şuningdek ta’lim taşkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylaştiriladi.
Ta’lim tizimidagi ma’lumotlar jumlasiga rasmiy statistika ma’lumotlari, ta’lim tizimi monitoringi natijalari, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boşqaruvi organlarining va ular hududiy bölinmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ta’lim taşkilotlarining ma’lumotlari kiradi.
43-modda. Ta’lim sohasidagi davlat nazorati
Ta’lim sohasidagi davlat nazorati berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati davlat ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablari va öquv dasturlariga, şuningdek uşbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlaş yöli bilan amalga oşiriladi.
Ta’lim taşkilotlari ta’lim sifati ustidan nazoratni amalga oşirişda Ta’lim inspeksiyasiga, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boşqaruvi organlariga kömaklaşadi.
Ta’lim taşkilotlari tomonidan berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati ta’lim töğrisidagi qonunçilikka nomuvofiqligi aniqlangan hollarda Ta’lim inspeksiyasi nomuvofiqlikni bartaraf etiş yuzasidan ularga taqdimnoma kiritadi. Aniqlangan nomuvofiqlik bartaraf etilmagan taqdirda Ta’lim inspeksiyasi ta’lim taşkilotining davlat akkreditatsiyasi töğrisidagi sertifikatini qonunçilikka muvofiq bekor qilişga haqli.
Ta’lim sifati ustidan nazorat qiliş vakolatlariga ega bölmagan organlar tomonidan ta’lim taşkilotlarining ta’lim sifatini, ta’lim jarayoni taşkil etilişini, pedagog xodimlarining mehnat faoliyatini, ta’lim oluvçilarining özlaştirişini tekşirişga yöl qöyilmaydi.
Ta’lim inspeksiyasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakilni xabardor qilgan holda nodavlat ta’lim taşkilotlarida ta’lim sifati ustidan nazorat va monitoringni amalga oşiradi.