Maktab yangiliklari

“Bolalar – bolalarga” xayriya tadbiri taşkil etildi

Joriy yilning 1-iyun kuni Alişer Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri oldida Özbekiston Respublikasi “Bolalar – bolalarga” xayriya tadbiri taşkil etildi.

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan ötkazilgan tadbirning asosiy maqsadi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qöllab-quvvatlaş, yoş avlod qalbida mehr-oqibat, insonparvarlik va saxovat tuyğularini mustahkamlaşdan iborat böldi.

Taşkilotçilar ta’kidlaganidek, mazkur xayriya tadbiri bolalar örtasida döstlik, hamjihatlik va özaro ğamxörlik muhitini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Şu bilan birga, yoşlarda ezgulik qiliş, boşqalarga yordam beriş va ijtimoiy mas’uliyat hissini şakllantirişga kömaklaşadi.

Bayram dasturida “Mohir fortepianoçi” Respublika tanlovi ğoliblari iştirok etib, oçiq osmon ostida mumtoz musiqaning eng sara namunalarini tomoşabinlar e’tiboriga havola etdilar.