Maktab yangiliklari

Abri bahor san’ati — suv yuzida yaraladigan betakror nafosat

Abri bahor san’ati kitobat san’atining qadimiy va noyob yönalişlaridan biri bölib, asosan kitob muqovalari hamda bezak qoğozlarini yaratişda qöllaniladi. “Abri” sözi fors tilidan tarjima qilinganda “bulut” ma’nosini anglatadi.

Uşbu san’at turi suv yuzasida ranglar yordamida hosil qilingan nafis naqşlar orqali yaratilgani sababli, u “bulutlarning suvdagi aksi” sifatida ham e’tirof etiladi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–405-sonli “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qiliş, ilmiy örganiş va tarğib qilişni rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida Toşkent şahar Madaniyat boşqarmasi hamda Çilonzor tumani Madaniyat bölimi xodimlari tomonidan joriy yilning 15 iyun kuni navbatdagi etnofolklor ekspeditsiyasi taşkil etildi.

Ekspeditsiya davomida ustoz-şogird an’analarini davom ettirib kelayotgan mohir hunarmand Nasibaxon Satiboldiyeva faoliyati örganildi.

Şuningdek, “Abri bahor” san’atining yaratiliş jarayonlari, unga oid an’anaviy bilim va könikmalar, avloddan-avlodga ötib kelayotgan tajribalar yozib olinib, ilmiy hujjatlaştirildi. Nomoddiy madaniy meros namunalarini örganiş va asrab-avaylaş böyiça amalga oşirilayotgan bunday ekspeditsiyalar xalqimizning boy madaniy xazinasini kelajak avlodlarga yetkazişda muhim ahamiyat kasb etadi.