Joriy yilning 19-avgust kuni Toşkent şahridagi Özbekiston davlat Konservatoriyasida Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim taşkilotlarning Respublika kengaşi bölib ötdi.
Mazkur kengaş yiğilişida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, madaniyat vazirining birinçi örinbosari Nodirbek Sayfullayev, madaniyat vaziri örinbosari Sanjar Bobojonov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Toşkent şahar va viloyatlar Madaniyat boşqarmalari boşliqlari, oliy ta’lim taşkilotlari rektorlari, Kadrlarni qayta tayyorlaş, malakasini oşiriş markazlari, oliy maktablar, ixtisoslaştirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari, jami 450 nafarga yaqin soha vakillari iştirok etdi.
Tadbir avvalida, Özbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi kengaş iştirokçilari tomonidan kuylandi. Söng, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov sözga çiqib tadbirni oçib berdi va nutq qildi.
Şu bilan birga, madaniyat vazirining birinçi örinbosari Nodirbek Sayfullayev hamda boşqa mas’ullar tomonidan Respublika kengaşi davomida iştirokçilarga Madaniyat vazirligi tomonidan sohaga oid amalga oşirilgan işlar, erişilgan natijalar hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Şuningdek, oliy ta’lim taşkilotlari, oliy maktablar, ixtisoslaştirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari örtasidagi uzviy integratsiyani yanada kuçaytiriş, tizimdagi mavjud muammolar va ularning yeçimlariga doir takliflar muhokama qilinib, sohadagi eng dolzarb yangiliklar iştirokçilar e’tiboriga havola etildi.
Tadbir davomida Davlat stipendiyasiga sazovor bölgan talabgorlarga “Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasining sohibi” guvohnomasi tantanali ravişda topşirildi hamda 2025/2026-öquv yilida yuqori natijaga erişgan ta’lim taşkilotlari rahbarlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Kengaş doirasida bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantiriş, ta’lim taşkilotlari faoliyati samaradorligini oşiriş, ta’lim sifatini yuksaltiriş, pedagog xodimlarni moddiy rağbatlantiriş, boşqaruv tizimini takomillaştiriş, xususiy sektor iştirokini kengaytiriş hamda ijodiy birlaşmalar faoliyatini yölga qöyişga qaratilgan islohotlar va yaratilayotgan keng imkoniyatlar e’tirof etildi.
Kunning ikkinçi yarmida, kengaş iştirokçilari 4 ta şöbaga bölinib, yangi öquv yiliga puxta tayyorgarlik köriş, ta’lim sifati va öquv-tarbiya jarayonini yanada takomillaştiriş, iqtidorli öquvçi-talabalar bilan işlaş tizimini rivojlantiriş, pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkaziş va malakasini oşiriş jarayonlarini samarali taşkil etiş, şuningdek, madaniyat va san’at ta’limi sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tuşuntirişga bağişlangan ma’ruzalar tinglanadi.
Söng, yangi öquv yilida ta’lim tizimining sifatini oşiriş, ijodiy muhitni mustahkamlaş, madaniyat va san’at sohasida zamonaviy yondaşuvlarni joriy etişga qaratilgan amaliy çoralar belgilanadi.
Ma’lumot örnida, bugungi kunda vazirlik tizimida 9 ta oliy ta’lim taşkiloti va ularning filiallari, 2 ta kadrlarni qayta tayyorlaş va malaka oşiriş markazlari, 3 ta oliy maktab, 28 ta ixtisoslaştirilgan san’at va madaniyat maktabi hamda maktab-internatlari va 326 ta bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyat yuritmoqda. Uşbu taşkilotlarda jami 105 ming nafardan ortiq öquvçi va talabalarga 18 mingdan ziyod pedagog va professor-öqituvçilar ta’lim berib kelmoqda.