Maktab yangiliklari

Toşkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilindi

Joriy yilning 21-avgust kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Toşkent şahrida madaniyat va san’at sohasida amalga oşirilayotgan işlar, sohadagi islohotlarning ijrosi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan soha vakillari iştirokida yiğiliş ötkazdi.

Yiğilişda taşkiliy masalalar bilan bir qatorda, Toşkent şahrida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantiriş, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini soha xodimlariga yetkaziş hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş masalalari atrofliça muhokama qilindi.

Yiğilişda Toşkent şahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari Azizxon Şovkatov, Madaniyat vazirligi markaziy apparati rahbarlari, şuningdek, Toşkent şahrida madaniyat va san’at sohasiga mas’ul rahbar va xodimlar iştirok etdi.

Yiğilişda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov sohada sönggi yillarda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarga töxtalib, bu borada Prezidentimiz tomonidan madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor alohida ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Xususan, 2026-yil 21-apreldagi 150-son qaror hamda 2-iyunda qabul qilingan 103-son Farmon asosida sohada mutlaqo yangi yondaşuvlar joriy etilayotgani qayd etildi.

Mazkur hujjatlar doirasida madaniyat markazlari faoliyati transformatsiya qilingani, sohaga tadbirkorlarni jalb etiş maqsadida qator imtiyozlar joriy etilgani, madaniyat, san’at va adabiyot yönalişlarida 21 ta ijodiy birlaşma faoliyati yölga qöyilgani ta’kidlandi.

huningdek, bolalar musiqa maktablari öqituvçilarining oylik iş haqi umumta’lim maktablari öqituvçilari maoşiga tenglaştirilgani, sohada 16 ta ixtisoslaştirilgan maktab-internat va 3 ta oliy maktab taşkil etilgani, ijodkor yoşlar hamda ustozlarni moliyaviy rağbatlantirişning aniq mexanizmlari yaratilgani, uy-joy, ijara haqi, davolaniş va tibbiy suğurta masalalarida qator imtiyozlar belgilangani qayd etildi.

Vazir, şu bilan birga, sohada amalga oşirilayotgan islohotlardan samarali foydalaniş va ularni amaliyotga töğri tatbiq etiş har bir rahbar va xodimning asosiy vazifasi ekanini ta’kidladi.

Yiğilişda Toşkent şahrida sohadagi islohotlarga munosabat va ularning ijrosi yetarli darajada emasligi tanqidiy-tahliliy nuqtayi nazardan muhokama qilindi.

Vazir 150-son qaror va 103-son Farmon mazmun-mohiyatini har bir soha xodimi çuqur bilişi, ularda belgilangan vazifalarni töliq anglaşi va amaliyotga samarali tatbiq etişi zarurligini qayd etdi.

Şuningdek, Toşkent şahrida belgilangan islohotlarni sifatli va samarali amalga oşiriş, mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş hamda sohada yangi bosqiçni ta’minlaş maqsadida kadrlar masalasi körib çiqildi.

Taşkiliy masalalar doirasida Baxromov Bekzod Baxrom öğli Toşkent şahar madaniyat boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. Şuningdek, xalqimizning sevimli söz ustasi Israilov Şukurullo Axmadkuloviç Toşkent şahar madaniyat boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Yiğiliş yakunida Toşkent şahri yil yakuniga qadar barça yönalişlar böyiça namunali körsatkiçlarga erişişi şartligi ta’kidlandi. Buning uçun poytaxtda barça imkoniyat va resurslar yetarli ekani qayd etilib, belgilangan vazifalarni sifatli bajariş borasida yangi tayinlangan rahbarlar va soha vakillariga işonç bildirildi.

Madaniyat va san’at sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarni poytaxtda samarali tatbiq etiş, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni sözsiz va sifatli bajariş hamda Toşkent şahrini sohada namuna körsatuvçi hududga aylantiriş yiğilişning asosiy maqsadi sifatida belgilab olindi.