Joriy yilning 24-sentabr kuni Toşkentda “Turk madaniyatidan yaproqlar” körgazmasi taşkil etildi. Madaniy dastur doirasida Yunus Emre Instituti tomonidan taşkil etilgan körgazma Turkiya va Özbekiston örtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlaşga qaratilgan tadbirlar qatorida ötkazilgan. Şu dasturda turk adabiyotining özbek tiliga tarjima qilingan asarlari ham namoyiş etilgan.
Mazkur tadbir Özbekiston va Turkiya örtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarni yanada rivojlantiriş, ikki xalqning boy madaniy merosi, san’ati va adabiyotini keng tarğib etişga qaratilgan madaniy dasturlar doirasida taşkil etildi. “Turk madaniyatidan yaproqlar” körgazmasi Yunus Emre Instituti tomonidan tayyorlangan bölib, unda turk madaniyati va adabiyotiga oid materiallar namoyiş etildi. Tadbir doirasida zamonaviy va mumtoz turk adabiyotining özbek tiliga tarjima qilingan asarlari ham keng jamoatçilikka taniştirildi.
Körgazmada “Savt” dutorçi qizlar ansamblining iştiroki tadbirga öziga xos milliy ruh va badiiy joziba bağişladi. Özbek milliy çolğularidan biri bölgan dutor ijrosining xalqaro madaniy tadbirda yangraşi milliy musiqa san’atimizning betakrorligini namoyon etiş bilan birga, turli xalqlar madaniyati örtasidagi muştaraklik va ijodiy yaqinlikni aks ettirdi.
Ayniqsa, yoş ijroçilarning bunday nufuzli madaniy tadbirlarda iştirok etişi ularning sahna tajribasini oşiriş, ijodiy dunyoqaraşini kengaytiriş hamda milliy musiqa san’atiga bölgan qiziqişini yanada mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda madaniyat va san’at sohasidagi xalqaro tadbirlar xalqlar örtasidagi döstlik va özaro hurmatni mustahkamlaşning muhim vositalaridan biri bölib xizmat qilmoqda. “Savt” ansamblining mazkur tadbirdagi iştiroki ham yoş avlod vakillarining san’at orqali madaniyatlararo muloqotga qöşayotgan munosib hissalaridan biri böldi.
20-son Bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi uçun bunday tadbirlarda öquvçilarning iştirok etişi nafaqat ijodiy yutuq, balki yoş iste’dodlarni qöllab-quvvatlaş, ularni milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalaş va san’atimizni keng tarğib etiş yölidagi muhim qadamlardan biridir.