Maktab yangiliklari

Til — millat közgusi

Joriy yilning 20-oktyabr kuni 20-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til — millat közgusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi.

Tadbirning asosiy maqsadi öquvçilar qalbida ona tiliga bölgan mehr va hurmat tuyğularini yanada mustahkamlaş, ularni milliy qadriyatlarimizni e’zozlaşga hamda özbek tilining boy tarixi, betakror jozibasi va ma’naviy ahamiyatini çuqur anglaşga undaşdan iborat böldi.

Tadbir davomida ona tilimizning millatimiz hayoti va ma’naviyatidagi örni, uning asrlar davomida sayqallanib, bugungi kungaça özining boyligi va gözalligini saqlab kelayotgani haqida söz yuritildi. Özbek tili xalqimizning milliy özligi, tarixi, urf-odatlari va bebaho ma’naviy merosini özida mujassam etgan muhim qadriyat ekanligi alohida ta’kidlandi.

Şuningdek, yoş avlodni ona tilimizda ravon va töğri sözlaşga, adabiy til me’yorlariga rioya qilişga, uning sofligini asraşga hamda kundalik hayotda til madaniyatiga e’tiborli bölişga çorlaş masalalariga urğu berildi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar öquvçilarning milliy özlikni anglaş tuyğusini rivojlantiriş, ona tiliga bölgan hurmatini oşiriş va ularni ajdodlarimizdan meros bölib qolgan bebaho qadriyatlarni asrab-avaylaş ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ona tilimiz — millatimiz faxri, ma’naviyatimiz közgusi va kelajagimiz poydevoridir!