2026-yil 21-oktyabr kuni Mirzo Uluğbek tumani 20-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi öquvçilari hamda 120-sonli umumta’lim maktabi hamkorligida “Til — millatning bebaho merosi” şiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi.
Tadbirning asosiy maqsadi öquvçilar qalbida ona tiliga muhabbat va hurmat tuyğularini mustahkamlaş, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalaş hamda özbek tilining boyligi, gözalligi va ma’naviy hayotimizdagi beqiyos örnini keng tarğib etişdan iborat böldi.
Tadbir davomida ona tilimizning millatimiz tarixi, madaniyati va ma’naviy merosini avloddan avlodga yetkazişdagi ahamiyati alohida e’tirof etildi. Öquvçilarga tilni asrab-avaylaş, uni hurmat qiliş, töğri va ravon sözlaş hamda kundalik hayotda nutq madaniyatiga rioya etiş har bir insonning muhim vazifasi ekanligi ta’kidlandi.
Ikki ta’lim muassasasi hamkorligida taşkil etilgan uşbu tadbir öquvçilar uçun öz iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etiş, ijodiy tajriba almaşiş hamda özaro döstlik riştalarini mustahkamlaş uçun ham yaxşi imkoniyat böldi. Bunday hamkorlikdagi tadbirlar yoşlarning dunyoqaraşini kengaytiriş, ularning ma’naviy kamolotini qöllab-quvvatlaş va ta’lim muassasalari örtasidagi ijodiy aloqalarni rivojlantirişga xizmat qiladi.
Ona tilimizni e’zozlaş, uning sofligini saqlaş va kelajak avlodga bezavol yetkaziş barçamizning şarafli burçimizdir.