Maktab yangiliklari

Maktabimiz öquvçilarining yutuqlari

Maktabimizning xalq çolğulari yönalişi öquvçilari Abdusamatova Maxsuma, Abdulazizova Zaxro, Musayeva Durdona va Rahmanova Gulbonu «Marhabo talantlar–2026» Respublika tanlovining «Xalq çolğulari» yönalişi böyiça final bosqiçida iştirok etib, yuksak natijalarga erişdilar! Öquvçilarimiz tanlovning I darajali diplomlar bilan taqdirlanib, öz iste’dod va mahoratlarini namoyon etdilar!

Uşbu yutuqlarga öqituvçilar Nigina Xolmirzayeva, Nozima Abdumajidova va Umida Xursanova, jörnavozlar Larisa Madarina va Temurbek Uçqunov munosib hissa qöşdilar. Barça öquvçilarimiz va ustozlarimizni uşbu quvonçli yutuqlar bilan çin qalbdan tabriklaymiz! Kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar, omad va yangi marralar tilaymiz!

Ğalabalar bardavom bölsin!