Mustaqillik - har bir xalqning azaliy va muqaddas bayrami. Şuning uçun bu bayram barça ozod, erkin, tenglar içida teng bölib, jahon hamjamiyatida öz qonuniy örniga ega bölgan xalqlar tomonidan eng uluğ milliy bayram sifatida nişonlanadi. Ayni şu kunlarda erişilgan yutuqlar sarhisob qilinib, kelajak sari dadil odimlar belgilanadi, davlatimizning oliy mukofotlari topşiriladi. Milliy özligimizni qay darajada anglaganimizga yana bir bor nazar taşlanadi. Respublikamizning barça hududlarida istiqlol ayyomi kötarinki kayfiyatda keng miqyosda nişonlanadi. Mustaqillikning 33 yilligi Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanida ham keng nişonlandi. Joriy yilning 30-avgust kuni tumanning asosiy bayram tadbirlari “Bir bölsak-yagona xalqmiz, birlaşsak- Vatanmiz“ esgu ğoyasi ostida Markaziy parkda bölib ötdi. Bayram tadbirida maktabimizning xoregrafiya bölimi öquvçilari öz raqslari bilan hammaga bayramona kayfiyat ulaşişdi.