Xalqimizda “Ustoz – otangdek uluğ”, degan hikmat bor. Ha, otaday uluğ deb nisbat beriluvçi inson, bu – ustozdir. Zero, ota-ona farzandni voyaga yetkazadi, ustoz esa unib-ösişi, kamolatga erişişi, ilm-ma’rifat çöqqilarini zabt etişiga kömaklaşadi. Öz umri, qalb qöri, aql-idroki, tajribasi va bilimini sarf etadi.
Öqituvçi zimmasiga hayot talablariga töla javob beradigan va öz zamoniga munosib kişilarni tarbiyalaşdek ma’suliyatli vazifa yuklatilgan. Quyoş öz nuri bilan butun tabiat, borliqni jonlantirgani kabi, öqituvçi, murabbiy ham bor mahorati, ilmi bilan öquvçi-yoşlar qalbini ilm ziyosi bilan töldirişga ahd qilgan buyuk kasb egasidir. Hayot gözalligi, turmuş farovonligi, insonlar odobliligi, qolaversa, istiqbolimiz muallim mehnati bilan bevosita boğliq.
Har yili oktyabr oyining birinçi sanasi – Öqituvçi va murabbiylar kuni butun yurtimiz böylab keng nişonlonadi. Şu munosabat bilan joriy yilning 29-sentyabr kuni Mirzo Uluğbek tumani 20-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida bayram konsert tadbiri b‘lib ötdi. Tadbir yakunida kasb bayrami munosabati bilan ta’lim sohasini rivojlantiriş, çuqur bilimga ega malakali kadrlarni tayyorlaş işlariga qöşgan munosib uluşi, iqtidorli, soğlom va barkamol avlodni tarbiyalaşdagi ulkan xizmatlari uçun bir guruh öqituvçilar BMSM ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.