Til – millatning ruhi, uning özligini va madaniy merosini aks ettiruvçi eng uluğ boylikdir. 21-oktabr kuni Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana sifatida mamlakatimizning har bir göşasida alohida hurmat bilan nişonlanadi. Uşbu kunda ona tilimizning beqiyos qadri, xalqimizning özligini va tarixini ifodalaşdagi örni yana bir bor yodga olinadi.
Har bir millatning kelajagi uning ona tiliga bölgan mehr va ehtiromi bilan çambarças boğliqdir. Özbek tili bugungi kunda nafaqat yurtimizda, balki dunyo miqyosida e'tirof etilayotgan, sevib örganilayotgan tillardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Yurtimizdan uzoqda yaşayotgan özbek farzandlari ham ona tilimizni sevib örganayotgani quvonarli hol.
Joriy yilning 20-oktyabr kuni maktabimizning kiçik majlislar zalida Davlat tili kuniga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tadbir bölib ötdi. Tadbirda maktab direktori Ş. Djalolova davlat tilini jamiyatda tutgan örni, uni örganiş va tarğibot qiliş borasida maktab jamoasi oldida turgan vazifalar töxtalib ötdi.