1989-yil 21-oktyabr kuni “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, özbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bölgan ona tilimiz özining qonuniy maqomi va himoyasiga ega böldi.
Uşbu kunlarda mamlakatimizning barça hududlarida Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilingani keng nişonlanmoqda. Xuddi şunday tadbir joriy yilning 20-oktayabr kuni Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani 120-sonli umumta’lim maktabida bölib ötdi. Tadbirda 20-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi öquvçilari faol iştirok etişdi.