Poytaxtimizning sölim göşasi — “Navröz” boğida milliy qadriyatlarimizni keng tarğib qiliş, ularni asrab-avaylaş va yoş avlodga yetkaziş maqsadida “Toşkent şahrida — milliy qadriyatlar” şiori ostida katta bayram tadbiri bölib ötdi.
Tadbirni Toşkent şahar hokimi örinbosari Şahnoza Sultanova oçib berib, milliy qadriyatlarimizni saqlaş va rivojlantirişning muhim ahamiyatini ta’kidladi.
Bayram dasturidan joy olgan tadbirlar:
xalq sayllari — şodiyona va bayramona muhit;
milliy liboslar körgazmasi — özbekona urf-odatlar ifodasi;
teatrlaştirilgan tomoşalar — tarix va qadriyatlar uyğunligi;
konsert dasturlari — milliy kuy-qöşiqlar va raqslar;
milliy taomlar körgazmasi — özbek oşxonasining boyligi;
hunarmandçilik yarmarkasi — xalqimizning bebaho merosi;
madaniyat markazlari körgazmalari — tarixiy va etnografik ekspozitsiyalar.
Tadbir davomida xalq hunarmandlari özlarining noyob asarlari, badiiy havaskorlik jamoalari özlarining sahna çiqişlari, raqqosalar, sozandalar va qöşiqçilar esa özlarining mahorati bilan bayramga özgaça şukuh bağişladi.
Bayram doirasida eng yaxşi milliy qadriyatlar muhitini yarata olgan tuman, eng yaxşi milliy taomlar tayyorlagan tuman, eng yaxşi milliy öyinlar, eng yaxşi badiiy havaskorlik jamoalari kabi turli nominatsiyalar böyiça ğoliblar aniqlandi va taqdirlandi.
Milliy qadriyatlarimizni keng tarğib qiliş, ularni asrab-avaylaş va kelgusi avlodlarga yetkaziş barçamizning burçimizdir!
Tadbirda Şayxontohur tumani 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi faoli iştirok etişdi.