Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi 112-sonli Qarori ijrosi böyiça joriy yilning 18-mart kuni Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani 20-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Toşkent viloyati Madaniyat boşqarmasi tasarrufidagi Toşkent viloyati ixtisoslaştirilgan madaniyat maktabi “Xalq çolğulari ijroçiligi” bölimining “Döstlik taronalari” deb nomlangan konserti bölib ötdi. Dasturda Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani 20-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining özbek xalq çolğulari öqituvçisi Xolmirzayeva Nigina rahbarligidagi “Savt” dutorçi qizlar ansambli, çang sinfi öqituvçisi Xilola Rizboyeva, an’anaviy xonandalik öquvçisi Samiya Alişerova, fortepiano bölimi öquvçisi Dinara Bakirova, torli va damli çolğular bolimi skripka sinfi öqituvçisi Andrey Kuznetsov faol iştirok etişdi. Konsert dasturiga mehmon sifatida 256-umumta’lim maktabi öqituvçi va öquvçilari ham taklif qilindi. Konsert dasturida jahon va özbek kompozitorlarining eng sara asarlari ijro qilindi.