Ertaklar – bu nafaqat kiçiklarning öyin-kulgi manbai, balki ularda katta ma’naviy ahamiyat va tarbiyaviy xusisuyatlar mavjud. Ertaklar, ayniqsa, yaxşi va yomon, haqiqat va yolğon, adolat va zulm kabi qarama-qarşi tuşunçalarni bolalar ongiga singdiradi. Ular orqali nafaqat qalnbi tarbiyalaş, balki haqiqatni izlaş, yaxşilikka xizmat qiliş va yomonlikdan saqlanişni örganamiz. Ertaklar, aslida, har birimizni yaxşilikka, insoniylikka va adolatga yetaklovçi qudratli vosita hisoblanadi.
Tasviriy san’atda ertak qahramonlarini çiziş keng ommalaşgan. Öquvçilarning uşbu yönalişga bölgan qiziqişlarini rağbatlantiriş maqsadida joriy yilning 25-mart kuni “Ideal Polygraph” MÇJ va “PIR” naşriyoti hamda Toşkent şahar Madaniyat boşqarmasi bilan hamkorlikda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi örni va ta’sirini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-6000-son farmoni ijrosini ta’minlaş hamda özbek tasviriy san’atini yanda rivojlantiriş, yoşlarda milliy va jahon xalq ertaklariga bölgan e‘tiborini yanada kuçaytiriş, yoşlarni tasviriy san’at va kitob rassomçiligiga qiziqişlarini oşiriş maqsadida “Ertaklar yaxşilikka yetaklar” nomli ijodiy rasmlar tanlovi ötkazildi.
Maktabimiz öquvçilari uşbu tanlovda faol iştirok etişdi. Gorbunova Liliya 2-örinni egalladi, Umarova Şodiya va Nazarova Asliyadiplom bilan taqdirlandi.
Öqituvçilar: V.R.Tumankov, Y.A.Tumankova, G.T.Xayitova.
Iqtidorli öquvçilarimizni uşbu yutuqlari bilan tabriklaymiz. Kelgusida ulkan ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!