Maktab yangiliklari

Respublika Avgust kengaşi bölib ötdi

Joriy yilning 15-avgust kuni Toşkent şahridagi “Turkiston” konsert zalida Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalari uçun ilk marotaba kengaytirilgan avgust kengaşi bölib ötdi.

Tadbir Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi taşabbusi bilan taşkil etilib, unda 800 nafarga yaqin soha vakillari iştirok etdi. Jumladan, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinçi örinbosari Avazxon Tadjixanov, Ta’limni rivojlantiriş respublika ilmiy-metodik markazi direktori Yuliya Risyukova, vazirlik huzuridagi Madaniyat ta’limi markazi direktori Alişer Djamaldinov, hududiy bölinmalar vakillari, oliy ta’lim muassasalari professor-öqituvçilari, maktab direktor va öqituvçilari, şuningdek, respublikaning barça hududlaridan kelgan soha mutaxassislari qatnaşdi.

Avgust kengaşining Respublika öquv-seminari davomida iştirokçilarga Madaniyat ta’limi markazi tomonidan amalga oşirilgan işlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar, Bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslaştirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlari hamda oliy ta lim muassasalari örtasida özaro integratsiyasi, Ixtisoslaştirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlaridagi mavjud tizimli muammolar va ularning yeçimlari böyiça takliflar, Bolalar musiqa va san’at maktablaridagi mavjud tizimli muammolar va ularning yeçimlari böyiça takliflar kabi mavzular yuzasidan ma’ruzalar qilinib, yangiliklardan xabardor etildi.

Seminar davomida, 2024-2025-öquv yilida yuqori natijaga erişgan 30 nafardan ortiq ta’lim muassasalari rahbarlarining taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Şuningdek, avgust kengaşi davomida madaniyat vazirining tegişli buyruği bilan Şerali Jörayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi direktori lavozimiga tayinlangan Mirmuxsin Ğapurov majlis iştirokçilariga taniştirildi.

Avgust kengaşi iştirokçilari kunning ikkinçi yarmida R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan musiqa maktabi va V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan musiqa maktabida şöbalarga bölinib, soha yuzasidan yangiliklar va ma’lumotlardan boxabar etildi.

Avgust konferensiyasi
Avgust konferensiyasi
Avgust konferensiyasi
Avgust konferensiyasi
Avgust konferensiyasi
Avgust konferensiyasi