Davlatimiz bayroği yurtimizda hukm surayotgan tinçlik-osoyiştalik, obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka, biz erişayotgan bemisl yutuqlar va kelajakka bölgan mustahkam işonç ramzidir. Şu bois ham u qalbimizga tuganmas iftixor, milliy ğurur tuyğularini bağişlaydi. «Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida»gi qonunda Davlat bayroğini asrab-avaylaş tartib-qoidalari mustahkamlab qöyilgan. Vatan bayroğini közga tötiyo qilib, uni asraş har birimizning burçimizdir.
18-noyabr kuni tinç va osoyişta hayotimiz, yoruğ kelajagimiz timsoli boʼlgan “Davlat bayroği töğrisida”gi qonun qabul qilingan kun munosabati bilan Mirzo Uluğbek tumani 20-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostida bayram tadbiri ötkazildi. Öquvçilar dablatimiz bayroğini tarannum etuvçi kuy va qöşiqlar tarannum etişdi.