Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqil davlatimizning boş qomusi bölib, respublikamizda qabul qilinayotgan qonun va qonun osti hujjatlari Konstitutsiya asosida şakllantiriladi va hayotga tadbiq etiladi. Diyorimiz mustaqillikka erişgaç, milliy istiqlol haqidagi azaliy orzu-umidlarimiz amalga oşdi. Natijada asriy qadriyatlarimiz tiklandi va rivojlanib bormoqda. Madaniyatimiz, dinimiz özining tabiiy-tarixiy, milliy, diniy asoslariga qaytmoqda. Ayniqsa ma’naviy merosni örganiş, ajdodlarimiz qoldirib ketgan turli sohalardagi asarlarni ommalaştiriş, ona tili va dinimiz rivojlanişi uçun şaroit yaratildi.
2025-yil 5-dekabr kuni Mirzo Uluğbek tumani 20-son bolalar musiqa va san’at maktabida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik va adolat garovi!” mavzusida madaniy-ma‘rifiy tadbir ötkazildi. Tadbirda maktabimiz öqituvçi va öquvçilari tomonidan şe‘r, kuy-qöşiq, raqslar ijro etildi. Tasviriy san‘at bölimi öquvçilari körgazma taşkil etib, öz ijodiy mahoratlarini namoyiş qilişdi.