Joriy yilning 27-yanvar kuni maktabimizda jahon musiqa san’ati namoyandalari — buyuk kompozitorlar Iogann Sebastyan Bax va Georg Fridrix Gendel ijodiga bağişlangan konsert dasturi bölib ötdi.
Tadbir davomida öquvçilar tomonidan mazkur kompozitorlarning maşhur asarlaridan namunalar ijro etildi. Har bir çiqişdan avval kompozitorlar hayoti va ijodiy merosi haqida qisqaça ma’lumotlar berilib, ularning jahon musiqa madaniyatidagi örni alohida ta’kidlandi.
Konsertni taşkil etişda yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanildi. Xususan, interaktiv taqdimotlar, multimedia vositalari hamda tahliliy yondaşuv asosida öquvçilarning mustaqil fikrlaşi va ijodiy faolligini oşirişga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa tadbirning mazmunan boy va ta’sirçan ötişiga xizmat qildi.
Mazkur konsert öquvçilarning mumtoz musiqa merosiga bölgan qiziqişini yanada kuçaytirib, ularning estetik didini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etdi.