Maktab yangiliklari

Maktabimizda Vatan himoyaçilari kuni nişonlandi

Joriy yilning 15-yanvar kuni maktabimizda Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy konsert dasturi hamda tematik körgazma taşkil etildi.

Tadbir davomida öquvçilar tomonidan Vatanga muhabbat, sadoqat va jasoratni tarannum etuvçi kuy-qöşiqlar, şe’rlar hamda sahna körinişlari namoyiş etildi. Çiqişlarda yurtimiz tinçligi va osoyiştaligini himoya qilayotgan mard va fidoyi harbiylarimizning şarafli mehnati alohida e’tirof etildi.

Şuningdek, maktab öquvçilari tomonidan tayyorlangan rasmlar, ijodiy işlar va qöl mehnati namunalari körgazmasi taşkil qilindi. Körgazmada Vatan, tinçlik va harbiylar jasoratini aks ettiruvçi asarlar namoyiş etildi.

Mazkur tadbir öquvçilarda vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş, milliy ğurur va yurtga sadoqat ruhini oşirişga xizmat qildi.

14-yanvar
14-yanvar
14-yanvar
14-yanvar
14-yanvar
14-yanvar
14-yanvar
14-yanvar
14-yanvar