Maktab yangiliklari

Hisobot konserti bölib ötdi

2026-yil 27-aprel kuni 20-son bolalar musiqa va san’at maktabining konsert zalida özbek xalq çolğulari hamda an’anaviy xonandalik bölimlarining hisobot konserti bölib ötdi. Mazkur tadbir öquvçilarning yil davomida egallagan bilim va könikmalarini namoyiş etiş, milliy musiqa san’atimizga bölgan mehr va qiziqişni yanada oşiriş maqsadida taşkil etildi.

Konsert dasturida öquvçilar tomonidan ijro etilgan kuylar, şuningdek, an’anaviy xonandalik yönalişida maqom va xalq qöşiqlari yuksak mahorat bilan ijro etildi. Har bir çiqiş tomoşabinlar tomonidan iliq kutib olinib, uzoq davom etgan olqişlarga sazovor böldi.

Tadbir davomida ustoz-murabbiylarning mehnati, öquvçilarning izlanişlari va san’atga bölgan muhabbati yaqqol namoyon böldi. Ayniqsa, yoş ijroçilarning sahnadagi erkinligi, ijro madaniyati va milliy an’analarga sodiqligi e’tiborga molik böldi.

Uşbu konsert nafaqat hisobot, balki milliy qadriyatlarimizni tarğib etuvçi, yoş avlodni san’atga oşno etuvçi muhim madaniy tadbirlardan biri sifatida barçada unutilmas taassurot qoldirdi.