Joriy yilning 28-aprel kuni maktab xor jamoalarining hisobot konserti bölib ötdi. Mazkur tadbir öquvçilarning vokal-xor yönalişida yil davomida erişgan yutuqlarini namoyiş etiş, jamoaviy ijro madaniyatini rivojlantiriş hamda musiqa san’atiga bölgan qiziqişni yanada oşiriş maqsadida taşkil etildi.
Konsert dasturida kiçik va katta yoşdagi xor jamoalari, öğil bolalar xor jamoasi tomonidan turli janrdagi asarlar ijro etildi. Jumladan, özbek va jahon kompozitorlarining kuy-qöşiqlari, xalq qöşiqlari hamda zamonaviy asarlar jörnavozlik bilan, uyğun va jozibali tarzda kuylab berildi. Har bir çiqiş tinglovçilarda katta taassurot qoldirib, olqişlarga sazovor böldi.
Tadbir davomida xor jamoalarining sahna madaniyati, ovozlar uyğunligi va ijro mahorati alohida e’tiborga molik böldi. Öquvçilarning jamoa bölib işlaş könikmalari, musiqani çuqur his etib kuylaşlari ularning ustozlari tomonidan olib borilgan samarali mehnat natijasi ekanini körsatdi.
Hisobot konserti yakunida faol iştirok etgan öquvçilar e’tirof etilib, ularga kelgusida yanada katta yutuqlarga erişiş tilandi. Uşbu tadbir maktab hayotida muhim örin tutib, yoş avlodni san’atga, ayniqsa xor ijroçiligiga bölgan mehrini mustahkamlaşga xizmat qildi.