Joriy yilning 24-aprel kuni maktab öquvçilari uçun Özbekiston davlat konservatoriyasi talabalar simfonik orkestri tomonidan konsert dasturi uyuştirildi. Mazkur tadbir yoşlarning musiqa san’atiga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, ularni professional ijroçilik namunalari bilan yaqindan taniştiriş maqsadida taşkil etildi.
Konsert davomida simfonik orkestr tomonidan özbek va jahon kompozitorlarining sara asarlari jonli ijroda, yuqori saviyada namoyiş etildi. Orkestr ijrosidagi kuylarning boy tembrlari, uyğunligi va badiiy talqini tinglovçilarga çuqur estetik zavq bağişladi. Har bir asar öziga xos ruhda ijro etilib, tomoşabinlar tomonidan katta qiziqiş va olqişlar bilan kutib olindi.
Tadbir öquvçilar uçun katta taassurot qoldirdi. Ular simfonik orkestr ijrosini bevosita tinglaş orqali musiqa san’atining keng imkoniyatlarini his etdilar, professional sahna madaniyati va ijroçilik mahoratidan ilhom oldilar.
Mazkur konsert nafaqat madaniy hordiq, balki öquvçilar uçun amaliy saboq bölib, ularning san’atga bölgan mehrini yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.