Maktab yangiliklari

Xotira va qadrlaş kuniga bağişlangan tadbir bölib ötdi

Bolalar musiqa va san’at maktabida 9-may — Xotira va qadrlaş kuniga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy konsert dasturi bölib ötdi. Tadbirda öquvçilar tomonidan Vatanga muhabbat, tinçlik, jasorat va inson qadri uluğlangan kuy-qöşiqlar ijro etildi. Şuningdek, sahna körinişlari hamda şe’riy çiqişlar tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Konsert davomida Ikkinçi jahon uruşi yillarida xalqimiz körsatgan matonat, front ortida fidokorona mehnat qilgan insonlarning jasorati haqida söz yuritildi. Öquvçilarga yurt tinçligi va bugungi osoyişta hayot qanday buyuk qurbonliklar evaziga qölga kiritilgani haqida tuşunçalar berildi.

Tadbir davomida maktab foyesida tasviriy san’at bölimi öquvçilarining Xotira va qadrlaş kuniga bağişlangan rasmlar körgazmasi taşkil etildi.

Xotira va qadrlaş kuni — bu nafaqat uruş qatnaşçilarini yod etiş, balki el-yurt ravnaqi yölida xizmat qilgan, bugungi kunda ham xalq hurmatiga sazovor bölgan insonlarni e’zozlaş kunidir. Uşbu sana yoş avlod qalbida ajdodlarga hurmat, vatanparvarlik va minnatdorlik tuyğularini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida ustozlar, faxriylar hamda mehmonlarga öquvçilarning ijodiy çiqişlari uçun minnatdorlik bildirildi.